Asronova Moxigul Musaboevnaning
Filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi
himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xususiy diskurs individualligini ta’minlovchi lisoniy vositalar (o‘zbek va ingliz tillari misolida)” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (Filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.2.DSc/Fil830.
Ilmiy rahbar: Shaxobitdinova Shoxida Xoshimovna filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Raupova Laylo Rahimovna filologiya fanlari doktori, professor; Hamroeva Shahloxon Mirdjanovna filologiya fanlari doktori, professor; Axmedova Mehrinigor Bahodirovna filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillarida xususiy diskurs indvidualligini ta’minlovchi lisoniy vositalarning lingvistik tadqiqidan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xususiy diskurslarning individualligini aniqlashning ma’lumotlarni yig‘ish, matn tahlili, individual xususiyatlarni aniqlash, qiyosiy tahlil, sharh va xulosa bosqichlari aniqlangan;
diskurs individualligini ifodalovchi o‘ziga xos leksika, frazeologik birlik, atamalar, stilistik vositalar va lisoniy vositalardan foydalanishda namoyon bo‘luvchi leksika xususiyatlar; gaplarning tuzilishi, ularning uzunligi, murakkabligi va murakkab qurilmalarning qo‘llanilishida ko‘rinadigan sintaktik xususiyatlar; nutqning individualligi muhokama qilinadigan mavzular, muammolarni ko‘rib chiqishga yondashish xususiyatlari mavzu va mazmun xususiyatlari; so‘zlovchining aytilgan gapga munosabati, uning emotsional holati, fikr ifodasiga bo‘lgan ishonchi va har bir shaxsga xos bo‘lgan boshqa jihatlarni bildiruvchi meta-sharhlar, signallar va belgilardan foydalanishdan iborat metakommunikativ vositalardan foydalanish tizimi ochib berilgan;
institusional diskurslarda diskurs indvidualligini ko‘rsatuvchi ingliz tilida yaqqolligi statistik tahlillar orqali aniqlangan: ingliz tibbiy ilmiy diskursda diskursning xususiyligini ko‘rsatuvchi birliklar 24,4 foizni tashkil etishi, matndagi so‘zlarning 49,2 foizi matn semantikasi uchun ahamiyatga egaligi, o‘zbek tilida esa tibbiy diskursda tibbiy termin va leksemalarga ishora qiluvchi leksik vositalar miqdori 4-40 foizni tashkil etishi, ularning ham katta qismi xalqaro atamalar ekanligi ochib berilgan;
o‘zbek va ingliz tillari siyosiy diskursida umumiste’mol leksikaga oid so‘zlar hamda siyosiy terminlar mazkur diskursning individualligini ifodalashi, matnlarda yuqori chastotaga ega so‘zlar siyosiy diskursning semantik yadrosiga mansub bo‘lmasligi, aksincha, quyi chastotali so‘zlar siyosiy diskursni yorqin ifodalovchi birlik bo‘lishi mumkinligi isbotlangan;
o‘zbek va ingliz tillari rasmiy iqtisodiy diskursga oid matnlar leksik tarkibini tahlil qilish orqali, mazkur matnlarda iqtisodiy diskurs indlividuallligini ta’minlovchi leksik birliklar birinchidan, iqtisodiy diskursga oid terminlar sodda (bir so‘zdan iborat), oddiy birikma hamda murakkab birikma tuzilishiga ega bo‘lishi, ikkinchidan, rasmiy iqtisodiy diskursga oid terminlar hosil bo‘lishi va kelib chiqishiga ko‘ra sof terminlar hamda umumiste’mol leksikadan ma’nosi maxsuslashish orqali hosil bo‘lgan terminlar guruhiga ajralishi, uchinchidan, rasmiy iqtisodiy diskursga oid terminlar semantik tarkibiga ko‘ra, narsa-predmet, shaxs, o‘rin-joy, jarayon hamda belgini atab kelishi umumiy xususiyatlarga egaligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillarida xususiy diskurs indvidualligini ta’minlovchi lisoniy vositalar tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
dissertatsiyasining diskurs individualligini ifodalovchi o‘ziga xos leksika, frazeologik birlik, atamalar, stilistik vositalar va lisoniy vositalardan foydalanishda namoyon bo‘luvchi leksik xususiyatlar; gaplarning tuzilishi, ularning uzunligi, murakkabligi va murakkab qurilmalarning qo‘llanilishida ko‘rinadigan sintaktik xususiyatlar; nutqning individualligi muhokama qilinadigan mavzular, muammolarni ko‘rib chiqishga yondashish xususiyatlari mavzu va mazmun xususiyatlari; so‘zlovchining aytilgan gapga munosabati, uning emotsional holati, fikr ifodasiga bo‘lgan ishonchi va har bir shaxsga xos bolgan boshqa jihatlarni bildiruvchi meta-sharhlar, signallar va belgilardan foydalanishdan iborat metakommunikativ vositalardan foydalanish tizimiga doir tavsiyalar ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish merologiyasini ishlab chiqishga doir ilmiy natijalari va materiallaridan Andijon davlat universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan "OT- F1-18. Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish" davlat-fundamental-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2024-yil 1-noyabr 39-04-882-son ma’lumotnomasi). Natijada nutgdagi xususiy diskurslarning semantik ko‘lami va nutqiy voqelanish xususiyatlari ochib berilgan;
dissertatsiyasining o‘zbek va ingliz tili sud diskursida xususiy diskurslarning individualligini aniqlashning ma’lumotlarni yig‘ish, matn tahlili, individual xususiyatlarni aniqlash, qiyosiy tahlil, sharh va xulosa bosqichlari aniqlanganligi, quyi chastotali so‘zlar sud diskursini yorqin ifodalovchi birlik bo‘lishiga doir ilmiy natijalari va materiallaridan Andijon davlat universitetida 2018-2020-yillarda bajarilgan “PZ-20170926286. O‘zbek sud amaliy lingvistikasi tadqiqi” davlat amaliy-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2024-yil 1-noyabr 39-04-884-son ma’lumotnomasi). Natijada sud diskursi tavsifida qo‘llaniluvchi ayrim til birliklarining diskursiv jihatlari ochib berilgan;
dissertatsiyasining rasmiy iqtisodiy diskursga oid matnlar leksik tarkibini tahlil qilish orqali, mazkur mantlarda iqtisodiy diskurs individuallligini ta’minlovchi leksik birliklar birinchidan, iqisodiy diskursga oid terminlar sodda (bir so‘zdan iborat), oddiy birikma hamda murakkab birikma tuzilishiga ega bo‘lishi, ikkinchidan, rasmiy iqtisodiy diskursga oid terminlar hosil bolishi va kelib chiqishiga ko‘ra sof terminlar hamda umumiste’mol leksikadan ma’nosi maxsuslashish orqali hosil bo‘lgan terminlar guruhiga ajralishi, uchinchidan, rasmiy iqtisodiy diskursga oid terminlar semantik tarkibiga ko‘ra, narsa-predmet, shaxs, o‘rin-joy, jarayon hamda belgini atab kelishi umumiy xususiyatlarga egaligi aniqlanganligiga doir materiallari va natijalaridan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2020-2023-yillarda amalga oshirilgan AM-FZ-201908172. “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti OO‘MTVning 2024-yil 1-noyabr №04/1-3115-son ma’lumotnomasi). Natijada xususiy diskursni belgilovchi ayrim til birliklarining diskursiv jihatlari ochib berilgan;
dissertatsiyasining o‘zbek va ingliz tili siyosiy diskursida umumiste’mol leksikaga oid so‘zlar hamda siyosiy terminlar mazkur diskursning individualligini ifodalashi, manlarda yuqori chastotaga ega so‘zlar siyosiy diskursning semantik yadrosiga mansub bo‘lmasligi, aksincha, quyi chastotali so‘zlar siyosiy diskursni yorqin ifodalovchi birlik bolishi kabilarga doir ilmiy natijalari va materiallaridan Andijon davlat universitetida 2022-2023 yillarda bajarilgan “Nº IL-402104213. O‘zbek tilida elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” davlat innovatsion-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2024-yil 1-noyabr 39-04-883-son ma’lumotnomasi). Natijada diskurs tavsifida qo‘llaniluvchi ayrim birliklarining o‘ziga xosliklari ochib berilgan;
dissertatsiyasining diskurs individualligini ifodalovchi o‘ziga xos leksika, frazeologik birlik, atamalar, stilistik vositalar va lisoniy vositalardan foydalanishda namoyon bo‘luvchi leksika xususiyatlar; gaplarning tuzilishi, ularning uzunligi, murakkabligi va murakkab qurilmalaring qo‘llanilishida ko‘rinadigan sintaktik xususiyatlar; nutqning individualligi muhokama qilinadigan mavzular, muammolarni ko‘rib chiqishga yondashish xususiyatlari mavzu va mazmun xususiyatlari; so‘zlovchining aytilgan gapga munosabati, uning emotsional holati, fikr ifodasiga bo‘lgan ishonchi va har bir shaxsga xos bo‘lgan boshqa jihatlarni bildiruvchi meta-sharhlar, signallar va belgilardan foydalanishdan iborat metakommunikativ vositalar tizimli tahlil natijalari va materiallaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqgiyot”, “Fan ufqlari” nomli eshittirishlarning 2024-yil yanvar va fevral oylaridagi sonlarida tadqiqot yuzasidan suhbatlar bo‘lib o‘tdi. (“Oʻzbekiston” Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 4-noyabrdagi 04-36-1164-son ma’lumotnomasi) Natijada xususiy diskurs indvidualligini ta’minlovchi lisoniy vositalar, nutqning diskursiv jihatlarini ochib beruvchi muhim manba sifatida tatbiq etildi.