Amini Aziz Ahmadning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I.Umumiy ma’lumotlar.
«Shimoliy Afg‘oniston  o‘zbek shevalarining dehqonchilik leksikasi: tizimi, semantikasi va leksikgrafik talqini» 
10.00.00 – O‘zbek tili (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3048
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich,  filologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi 
PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, dotsent Azimov Inomjon Mamasodiqovich, filologiya fanlari doktori, professor Jabborov Xo‘jamurod Jabborovich.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Shimoliy Afg‘oniston o‘zbek shevalariga taalluqli dehqonchilik leksemalarining tizimi, semantikasi va leksikografiyasi haqida ma’lumot berish hamda o‘zbek tilshunoslari va bu borada ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilarni mazkur leksik birliklar bilan tanishtirishdir. Shu asosda o‘zbek tilshunosligi mutaxassislariga Shimoliy Afg‘onistonning o‘zbek shevalaridagi dehqonchilik leksikasi haqida kengroq ma’lumotga ega bo‘lishiga yordam berish. Shuningdek, Shimoliy Afg‘oniston va O‘zbekiston Respublikasida qo‘llaniladigan dehqonchilikka oid atamalarni o‘zaro qiyoslash.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Shimoliy Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘zbek shevalaridagi dehqonchilik leksikasining tarixiy taraqqiyot bosqichlari va tarixiy-badiiy manbalardagi ifodasi qiyosiy-lingvistik yondashuv orqali o‘rganilib, arab, fors, tojik, pashtu tillarining ta’siri darajasi aniqlangan;
shimoliy Afg‘oniston o‘zbek shevalaridagi dehqonchilik leksikasining ma’nodoshlik (sinonimiya), ko‘pma’nolilik (polisemantik) va etimologik xususiyatlari o‘zbek, fors-tojik, pashtu tillari bilan bog‘liqlikda birlamchi manbalar tahlili va amaliy kuzatuvlar asosida asoslangan;
shevalardagi barqaror birikmalarning shakllanishiga jug‘rofiy, diniy, etnomadaniy hamda polilingvizm omillari qay darajada ta’sir ko‘rsatgani lingvokulturologik yondashuv asosida ochib berilgan;
shevaga xos birliklarni to‘plash va lug‘at yaratishning til xilma-xilligini saqlash, avlodlarga etkazish va zamonaviy o‘zbek adabiy tilini boyitish imkoniyati sifatida muhim ahamiyatga egaligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli hududlarda yashovchi o‘zbeklar nutqidagi dehqonchilikka oid mahsulot nomlari, asbob nomlarining nomlanish jarayonidagi ikki mamlakat xalqlari o‘rtasida dehqonchilik bilan aloqador bo‘lgan atamalarning bir-biridan yasalish, tuzilish va qo‘llanilishiga ko‘ra farqli ekanligiga oid natijalaridan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 
A-OT-2019-10. “O‘zbek tilida neyming: meʼyoriy-huquqiy asoslarini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 15-maydagi 
№ 01/10-945-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek shevalari nutqidagi dehqonchilik leksikasining O‘zbekiston hududidan tashqarisida qo‘llanilish darajasi va imkoniyatini tahlil qilish va tavsiflash, materiallarni boyitish imkonini bergan; 
Shimoliy Afg‘oniston o‘zbek shevalari vakillari nutqidagi dehqonchilik leksikasida uchraydigan ma’nodoshlik va ko‘pma’nolilik xususiyatlari etimologik jihatidan o‘zbek, fors-tojik tillari bilan aralash ekanligi ko‘ra farqli ekanligiga doir natija va xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi PZ-2020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasi” ni yaratish amaliy grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 15-maydagi 01/10-946-son ma’lumotnomasi). Natijada, turkiy tillarda dehqonchilik leksikasi hodisasi haqidagi nazariy qarashlarni dalillash uchun keltirilgan misollarning ilmiy asoslarga egaligi ta’minlangan; 
Shimoliy Afg‘oniston o‘zbek shevalaridagi dehqonchilik sohasiga oid leksik birliklarning o‘zbek tili dehqonchilik leksikasi bilan tarixiy-badiiy manbalarda berilishi, tarixiy taraqqiyot bosqichi jarayonlari jihatidan o‘xshash, turli tillar ta’siri (arab, fors, pushtu), og‘zaki nutqda qo‘llanishiga ko‘ra farqli ekanligiga oid natija va xulosalardan PZ-20170927147 “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 
15-maydagi 01/10-944-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek tili turli shevalaridagi dehqonchilik leksikasining yozma manbalar tadqiqi asosida tavsiflash imkoniyati ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish