Sayt test rejimida ishlamoqda

NIGMATOVA Fatima Usmanovna: «Yangi polimer materiallar asosida sifati oshirilgan mahalliy charmdan kiyim tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish» (05.19.04) – Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti (Manzil: 100100, Toshkent sh., Shohjahon ko‘chasi, 5. Tel.: 253-06-06, faks: 253-36-17, e-mail: titlp_info@edu.uz), (dissertatsiya rus tilida).

Ilmiy maslahatchi: t.f.d., prof. X.A.Alimova

Ish bajarilgan tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti

Rasmiy opponentlar: R.O.Jilisbaeva, T.J.Qodirov, Yu.G.Shipulin.

Etakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik

           

I. Tadqiqotning maqsadi: Polimer materiallar bilan mahalliy teri xomashyosini to‘yintirish asosida uning sifatini oshirish hamda texnologik xususiyatlarini e’tiborga olib, charm sathidan maksimal foydalangan holda kiyim detallarini ratsional joylashtirish va assortimentini kengaytirishning samarali usullarini ishlab chiqishdan iborat.

II. Dissertatsiya natijalarining ilmiy yangiligi:

mahalliy xomashyodan tayyorlangan charm sifat ko‘rsatkichlarini kompleks oshirish va kiyimning shakl barqarorligini ta’minlovchi suvda eruvchan polimer kompozitsiyasining yangi tarkibi taklif etilgan;

charm kiyimlari sanoat assortimentini tipologik model yordamida ko‘p mezonli muqobillash va uning strukturasini turli bozor segmentlari talablari asosida bashoratlash imkonini beruvchi usul va algoritmlar taklif etilgan;

iste’molchilar uchun eng afzal modellarni tanlash va kiyim tashqi ko‘rinishining badiiy-konstruktorlik belgilariga qarab elektron eskizlarni yaratishning yangi usullari yaratilgan;

kiyim detallarini andozalar joylashmasida kombinatsiyalash yo‘li bilan charmdan foydalanish ko‘rsatkichlarini modellash va muqobillash usullari yaratilgan;

charm kiyimlarini avtomatlashtirilgan tarzda loyihalashning turli jarayonini (marketing, dizayn, konstruktorlik va texnologik hujjatlarni tayyorlash) quvvatlovchi integrallashgan informatsion tizim taklif etilgan, sun’iy intellekt usullari vositasida uni amalga oshirish strategiyasi belgilangan.                 

III. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan natijalari va ularning samaradorligi: Charmni to‘yintirish jarayoni uchun N,N-dimetilaminoetilmetakrilat polimer to‘rtlamchi tuzi va allilbromid bo‘lgan polimer kompozitsiyaning yangi tarkibi taklif etilgan va  «PAN-A-TECH» qo‘shma korxonasida joriy etilgan (20.02.2004 y.da qayd etilgan sinov dalolatnomasi va 18.05.2005 y. da qayd etilgan vaqtinchalik sanoat reglamenti). Yillik iqtisodiy samaradorlik birinchi navli maxsulot ko‘payishi xisobiga 7 mln. so‘mdan ortiqni tashkil etgan; tabiiy charmda andozalar joylashmasini avtomatlashgan tarzda loyihalash usuli «ANKA» qo‘shma korxonasiga joriy etilgan (09.10.2009 va 28.10.2010 y.da qayd etilgan dalolatnomalar). Yillik iqtisodiy samaradorlik 25348811 so‘mni tashkil etgan; tabiiy charmdan kiyimlarni loyihalash uchun avtomatlashtirilgan integrallashgan tizim «SHARM-ATTOR» ochiq turdagi xissadorlik jamiyatida joriy etilgan (27.06.2011y.da qayd etilgan dalolatnoma). Yillik iktisodiy samaradorlik 9525808 sumni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish