Qulmamatova Xurshida Abduxamidovnaning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarga texnologiya fanini o‘qitishda amaliy topshiriqlarni bajarish ko‘nikmalarini rivojlantirish (umumta’lim maktablarining 9- sinfi misolida)”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan B2023.1. PhD/Ped 4498
Ilmiy rahbar: Imanov Baxtiyor Berdievich pedagogika pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03 raqamli Ilmiy kengash asosida bir martalik Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Husniddin Oltinboevich pedagogika fanlari doktori, professor, Himmataliev Do‘stnazar Omonovich pedagogika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvshilariga texnologiya fanidan amaliy topshiriqlarni bajarish ko‘nikmalarini darsda va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda rivojlantirishning metodik asoslarini ishlab shiqish.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘quvchilarga texnologiya fanini o‘qitishda amaliy topshiriqlar mazmuni kognitiv faoliyatni tashkil etishning motivatsion, refliksiv, aksiologik, ijtimoiy yo‘nalganlik komponentlariga hamda rivojlantiruvchi ta’lim modellarining ko‘p darajalilik, differensiallik, individuallik ko‘rinishlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda amaliy topshiriqlarni bajarish ko ’nikmalarini rivojlantirish jarayoni funksional modelining jarayonli komponenti texnologiya fanini o‘qitish mazmuniga ilmiylik, tizimlilik, integrativlik, faoliyatga yo‘naltirilganlik tamoyillarini adekvat moslashtirish asosida aniqlashtirishgan;
texnologiya fanidan o‘quvchilarda amaliy topshiriqlarni bajarish ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayoni maqsadli, pedagogik-jarayonli, tadqiqot natijasi komponentlari o‘quvchilarning amaliy topshiriqlarni ijodiy hal qilish, natijasini baholash ko‘nikmasini tarkib toptirishning senergetik tamoyillari orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda amaliy topshiriqlarni bajarish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi texnologiya fani asosida o‘quv jarayonining intensivligini oshirishga yo‘naltirilgan yaxlit tushuna olish, kognitiv, affektiv, psixomotor bilish, ijodiy faoliyatga yo‘nalgan metodlarning amaldagi usullar bilan integratsiyasini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvshilarining texnologiya darslarida amaliy topshiriqlarni bajarish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi bo‘yisha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarga texnologiya fanini o‘qitishda amaliy topshiriqlar mazmuni kognitiv faoliyatni tashkil etishning motivatsion, refliksiv, aksiologik, ijtimoiy yo‘nalganlik komponentlariga hamda rivojlantiruvchi ta’lim modellarining ko‘p darajalilik, differensiallik, individuallik ko‘rinishlariga ustuvorlik berish asosida rivojlantirishga oid takliflar ta’lim tizimida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-dekabrdagi 406-son “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining DSlarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi qarorning me’yoriy-huquqiy asosida ishlab shiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgasha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2024-yil 28-martdagi 01/11/-10-78-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur taklif va tavsiyalardan “Texnologiya” fani mazmunini modernizatsiyalash asosida takomillashtirilgan o‘quv dasturlari, darsliklar, metodik qo‘llanmalarni mazmuniga singdirilgan;
o‘quvchilarda amaliy topshiriqlarni bajarish ko ’nikmalarini rivojlantirish jarayoni funksional modelining jarayonli komponenti texnologiya fanini o‘qitish mazmuniga ilmiylik, tizimlilik, integrativlik, faoliyatga yo‘naltirilganlik tamoyillarini adekvat moslashtirish asosida aniqlashtirishgan. Texnologiya fanidan o‘quvchilarda amaliy topshiriqlarni bajarish ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayoni maqsadli, pedagogik-jarayonli, tadqiqot natijasi komponentlari o‘quvchilarning amaliy topshiriqlarni ijodiy hal qilish, natijasini baholash ko‘nikmasini tarkib toptirishning senergetik tamoyillari orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” DMda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 5-dekabrdagi 04-36-1259-sonli ma’lumotnomasi). Natijaga ko‘ra, mazkur yondashuv va natijalar o‘quvshilarning amaliy topshiriqlarni bajaraish ko‘nikmalarini rivojlantirishning sifatlari va samaradorligini ta’minlash;
o‘quvchilarda amaliy topshiriqlarni bajarish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi texnologiya fani asosida o‘quv jarayonining intensivligini oshirishga yo‘naltirilgan yaxlit tushuna olish, kognitiv, affektiv, psixomotor bilish, ijodiy faoliyatga yo‘nalgan metodlarning amaldagi usullar bilan integratsiyasini ta’minlash orqali takomillashtirishga oid takliflar 6011300-Texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalari, o‘qituvshilar va maktab o‘quvshilar ushun “Texnologiya ta’limi praktikumi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan ( O‘zbekiston Respublikasi Maktabgasha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2024-yil 28-martdagi 01/11-10-78-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Texnologiya” fanini o‘qitish va o‘quvshilarning amaliy topshiriqlarni bajarish ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligining ortishiga erishilgan.