Qodirov Olim Odilovichning
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Refleksiv yondashuv asosida o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasi (5-6- sinflarda ingliz tili fani misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped2171
Ilmiy rahbar: Artikova Muhayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon davlat chet tillari instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12. 2022.Fil.156.01. raqamli ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Sarimsakova Dilafruz Muhamadjonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dosent; Azimova Ziyodaxon Ergashevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillari instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi refleksiv yondashuv asosida o‘quvchilarning ingliz tilida  kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirisdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy  yangiligi quyidagilardan iborat:
refleksiv yondashuv asosida o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish tuzilmasi va komponentlari milliy va jahon tajribalari uyg‘unligiga asoslangan refleksiv baholash komponentlarining kommunikativ kompetensiyalarning individual, jamoaviy, ilmiy-nazariy, umumlashgan shakllarini tarbiyaviy, kreativ, baholovchi funksiyalar bilan bevosita va bilvosita aloqadorligini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
5-6-sinf o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish jarayonining algoritmik bosqichlari refleksiv yondashuvning imkoniyatlarini kengaytirish, o‘quv materiallarini innovatsion tamoyili asosida strukturalash, ingliz tili darslarida matnlar ustida ishlashning praksiologik darajasi barqarorligini    ta’minlashga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
refleksiv yondashuv asosida o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik-metodik jarayonning mazmuni va modeli didaktik vaziyatlarni yaratish, motivatsiyani hosil qilish, kommunikativ faoliyatni tashkil etishga doir metodik jarayonlarning samaradorligi asoslangan;
5-6-sinf o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishning metodik shart-sharoitlari refleksiv mashq va o‘yinlarga asoslangan didaktik tizimini mustaqil o‘qish jarayonida tizimli qo‘llash, madaniyatlararo dialogga kirishishning adaptiv darajalarini belgilash asosida takomillashtirilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Refleksiv yondashuv asosida o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
refleksiv yondashuv asosida o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish tuzilmasi va komponentlari milliy va jahon tajribalari uyg‘unligiga asoslangan refleksiv baholash komponentlarining kommunikativ kompetensiyalarning individual, jamoaviy, ilmiy-nazariy, umumlashgan shakllarini tarbiyaviy, kreativ, baholovchi funksiyalar bilan bevosita va bilvosita aloqadorligini hisobga olish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar uchun”, “Bolalar va biz” dasturlar senariyasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasi tomonidan 2024-yil 25-apreldagi 04-36-555 son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning ingliz tilida kommunikativ kompetensiyasi mazmuni refleksiv tavsifdagi o‘quv materiallari takomillashtirishga xizmat qilgan. 
5-6-sinf o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish jarayonining algoritmik bosqichlari refleksiv yondashuvning imkoniyatlarini kengaytirish, o‘quv materiallarini innovatsion tamoyili asosida strukturalash, ingliz tili darslarida matnlar ustida ishlashning praksiologik darajasi barqarorligini ta’minlashga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir ilmiy taklif va tavsiyalardan Qarshi davlat universitetida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan SIZ-800-21-GR-3181 “Reinforsing English Language competence at the Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 04/1249-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasidagi samaradorligi ortishiga erishilgan;
refleksiv yondashuv asosida o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning mazmuni va modeli didaktik vaziyatlarni yaratish, motivatsiyani hosil qilish, kommunikativ faoliyatni tashkil etish, o‘quvchilarda mustaqil fikrlashga asoslangan kreativlikni shakllantirishga doir metodik jarayonlarning samaradorligini asoslashga doir takliflardan oumumta’lim maktablarining 5-6 sinflarida ingliz tili darslarida tajriba sinov ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi ta’lim markazi 01/11-1-268-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tili darslarida refleksiv yondashuv asosida o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan topsiriqlardan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish