Kattaeva Feruza Shakirovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirishda badiiy adabiyotlardan foydalanish metodikasi” (Oliy ta’lim muassasalarining ingliz tili yo‘nalishi misolida), 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili). Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped1361
Ilmiy rahbar: Paluanova Xalifa Daribaevna, filologiya fanlari doktori, dotsen.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03 asosidagi bir martalik Ilmiy Kengash
Rasmiy opponentlar: Jumanazarov Umid Umirzakovich pedagogika fanlari doktori, (DSc) professor va ikkinchi rasmiy opponent, Shabbozova Dilfuza Ro‘ziqulovna pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarining ijtimoiu-madaniu kompetensiuasini rivojlantirishda badiiu adabiuotdan foydalanish metodikasini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiualar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
filolog talabalarning ijtimoiy-madaniy kognizantlik darajasi ta’limni divers perspektiv tashkil etish jarayonida ularning madaniy xabardorligini refleksiv darajada amalda qo‘llashga o‘rgatish orqali aniqlashtirilgan;
filolog talabalarining instrinsik motivatsiyasini chet tilning madaniy me’yorlarini saqlash hamda qiyoslash faktorlari asosida oshirish jarayonining empatiya, madaniy adaptivlik, analitik, ijtimoiy-madaniy diskursiv tahliliy komponentlari madaniy kommunikativ qobiliyatini rivojlantirishning nominativ tamoyillari orqali takomillashtirilgan;
ingliz va o‘zbek badiiy adabiyotlari vositasida talabalarining ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirishning klasterli modeli mazmun komponenti o‘quv-tarbiyaviy faoliyatga tilning kumulyativ, tanqidiy-munozarali, refleksiv bosqichlari bilan mutolaa madaniyatini shakllantirish tamoyillari kooperativ tashkil qilish asosida takomillashtirilgan;
OTM talabalarining ingliz va o‘zbek badiiy adabiyoti vositasida ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi “Tili o‘rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti” fani asosida seminar mahg‘ulotlarning kontroversial darajasini oshirishga yo‘naltirilgan kumulyativ suhbatli texnologiyalari “Reader respond approach” yondashuvi asosida optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarga tili o‘rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti fanini o‘qitish metodikasini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
filolog talabalarning ijtimoiy-madaniy kognizantlik darajasi ta’limni divers perspektiv tashkil etish jarayonida ularning madaniy xabardorligini refleksiv darajada amalda qo‘llashga o‘rgatish orqali integratsiyalashga oid taklif va tavsiyalar asosida “The history of American literature” nomli o‘quv-qo‘llanma (Termiz davlat universiteti rektorining 2023-yil 24-iyuldagi 252-MX sonli nashr guvohnomasi) ishlab chiqilgan va ta’lim jarayoniga joriy etilgan. Natijada mazkur o‘quv-qo‘llanmadan oliy ta’lim muassasasi filolog (5111400-Xorijiy til va adabiyoti) yo‘nalishi talabalariga “Tili o‘rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti” fanini o‘qitishda ingliz va o‘zbek madaniyatini taqqoslash orqali madaniyatlararo muloqot ko‘nikmasini rivojlantirishga xizmat qilgan.
filolog talabalarining instrinsik motivatsiyasini chet tilning madaniy me’yorlarini saqlash hamda qiyoslash faktorlari asosida oshirish jarayonining empatiya, madaniy adaptivlik, analitik, ijtimoiy-madaniy diskursiv tahliliy komponentlari madaniy kommunikativ qobiliyatini rivojlantirishning nominativ tamoyillari orqali takomillashtirish natijasida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan Termiz davlat universitetining «PAWER – Hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash» mavzusidagi grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Loyihani muvofiqlashtiruvchi Termiz davlat universiteti ma’lumotnomasi 2022-yil 29-sentyabr № 04/12-4607, Italiya. Erasmus+ 574099-EPP-1-2016-1-IT-EPPKA2-CBHE-SP PAWER). Natijada, tilni adabiyot vositasida o‘qitishda talabalarning mobillik va erkin fikrlasah ko‘nikmalari tolerant kognizant shaxs tarbiyasidagi ahamiyati “Reader respond” yondashuvi orqali isbotlandi.
ingliz va o‘zbek badiiy adabiyotlari vositasida talabalarining ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirishning klasterli modeli mazmun komponenti o‘quv-tarbiyaviy faoliyatga tilning kumulyativ, tanqidiy-munozarali, refleksiv bosqichlari bilan mutolaa madaniyatini shakllantirish tamoyillari kooperativ tashkil qilish asosida takomillashtirishga oid fikr-mulohazalardan O’zbekiston Milliu Teleradiokompaniuasi “Madaniuat va ma’rifat” teleradiokanali davlat muassasasida efirga uzatilgan “Milliu ta’lim” dasturida foudalanilgan (O’zbekiston Milliu Teleradiokomraniuasi “Madaniuat va ma’rifat” teleradiokanali davlat muassasasi 2023-uil 6-iuundagi O’z\Rv-23-07 son ma’lumotnomasi). Natijada, tilning ijtimoiy borliq va inson ma’naviyati bilan aloqasi, matn vositasida amalga oshirilishi orqali ijtimoiy-madaniy kompetensiyasi rivojlantirildi.
OTM talabalarining ingliz va o‘zbek badiiy adabiyoti vositasida ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi “Tili o‘rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti” fani asosida seminar mahg‘ulotlarning kontroversial darajasini oshirishga yo‘naltirilgan kumulyativ suhbatli texnologiyalari “Reader respond approach” yondashuvi asosida optimallashtirishga oid tavsiyalardan Termiz shaxar “Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy-ma’rifat markazining 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekistonda davlat va fuqorolik jamiyati bilan hamkorlikda ta’lim, o‘zaro muloqot va zaif guruhlarning radikallashishga qarshi barqarorligini oshirish orqali zo‘ravon ektremizmi oldini olishga ko‘maklashish” mavzusidagi xalqaro ilmiy tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilagan (“Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy-ma’rifat markazining 2023-yil 4-apreldagi №14 son ma’lumotnomasi). Natijada, 250 ta badiiy adabiyot jamlanmasidan “Mening shaxsiy burchagim” kutubxonasi tashkil etildi va talabalarning bo‘sh vaqtdan unumli fodalanishlarida mustaqil ta’lim ko‘nikmasi ahamiyati auditoriyadan tashqaridagi mashg‘ulotlar mazmuniga “Mercer” metodi tarkibidagi “think together” hamda “classroom talk” interfaol texnologiyalarini qo‘llash asosida rivojlantirishga erishilgan.