Djampulatova Nigora Maxmudovna falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I.Umumiy ma’lumotlar.
“Ingliz tilida talabalarning kommunikativ kompetentligini takomillashtirishda kouching yondashuvdan foydalanish metodikasi” 
13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili), (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8167
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Isakulova Nilufar Jonikulovna,  pedagogika fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi 
PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor Xoshimova Dildoraxon Urinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor Maxsudova Xilola Ferdinantovna. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika inistituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz tilida talabalarning kommunikativ kompetentligini kouching yondashuvdan foydalanish metodikasi asosida takomillashtirish. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kouching yondashuviga ustuvorlik berish asosida ingliz tilida talabalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning motivatsion-maqsadli,  tashkiliy-faoliyatli kabi kouching texnologiyasi bosqichlari takomillashtirilgan;
ingliz tilida talabalar kommunikativ kompetentligini rivojlantirish modelining maqsadli, metodologik, tashkiliy, mazmunli va natijaviy bloklari mazmuniga GROW, role-play, reporting, picture describing, discussion, interviews, debate kabi kommunikativ metodlar integratsiyalashuvi takomillashtirilgan;
talabalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish metodikasi diskurs yondashuvi orqali muloqot qilish, tanqidiy fikrlash, kollaboratsiya, kreativ fikrlashdan iborat kommunikativ  ko‘nikimalarini takomillashtirishga oid tavsiyalar berilgan;
ingliz tilini o‘rganayotgan talabalarda  kommunikativ kompetensiyani takomillashtirishda  kouching yondashuv bo‘yicha metodlar aniqlangan, shuningdek, olib borilgan pedagogik tajriba-sinov ishlari tahlil etilgan va umumlashtirilgan, ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilida talabalarning kommunikativ kompetentligini takomillashtirishda kouching yondashuvdan foydalanish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz tilida talabalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning modelini maqsadli, metodologik, tashkiliy, mazmunli va natijaviy bloklar mazmuniga kouching yondashuvning GROW, role-play, reporting, picture describing, discussion, interviews, debate kabi kommunikativ metodlari komponentalarini integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar “English for musicology Studens” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Termiz davlat universiteti rektorining 2023-yil 24-iyuldagi 252-MX-PO‘ sonli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarning ingliz tilida kommunikativ kompetentligini kochung modelini ishlab chiqish imkonini kengaytirgan;
kouching yondashuviga ustuvorlik berish asosida ingliz tilida talabalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning motivatsion-maqsadli,  tashkiliy-faoliyatli kabi kouching texnologiyasi bosqichlari takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar 60230100 – Filologiya ta’lim yo‘nalishi malaka talablari mazmuniga singdirilgan.  (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 28-oktyabrdagi 02/01-01/-97-son ma’lumotnomasi).  Natijada, ingliz tilida talabalarning kommunikativ kompetentligini kouching konteksida takomillashtirishning mazmuni va mohiyati boyitilgan;
talabalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish metodikasi diskurs yondashuvi orqali muloqot qilish, tanqidiy fikrlash, kollaboratsiya, kreativ fikrlashdan iborat kommunikativ  ko‘nikimalarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Termiz davlat universitetida 617309-EPP-1-2020-1-SK-EPPKA2-CBHE-JP raqamli “Markaziy Osiyoda bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash uchun qulay muhit yaratish orqali universitet talabalari o‘rtasida innovatsion yondashuvlar, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2024-yil 21-sentyabrdagi 06/12-3392-sanli ma’lumotnomasi) Natijada, kommunikativ kompetensiya tushunchasi va uning turlari, kouching yondashuv va uning mazmun-mohiyatini aniqlash va didaktik-natijadorlik infratuzilmasini shakllantirishga erishilgan.
ingliz tilida kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish xususiyatlarini falsafiy, pedagogik, sotsiolingvistik va ingliz tilini o‘qitish metodikasi tushunchalari mazmuniga kouching yondoshuvi komponentalarini singdirish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanalining “Madaniy ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 17-dekabrdagi 04-36-1312-son ma’lumotnomasi). Natijada, kommunikativ kompetensiya tushunchasi va uning turlari, kouching yondashuv va uning mazmun mohiyatini aniqlash, ingliz tilida kommunikativ qiyinchiliklarni bartaraf etish yo‘llari yanada takomillashtirilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish