Boqiev Xushrud Xushvaqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilarning ilmiy-innovatsion faoliyatini loyihaviy yondashuv asosida rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: ¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬_________________________
Ilmiy rahbar: Turaev Sirojiddin Juraqobilovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Shahrisabz davlat pedagogika inistituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Pazilova Meruert Ermekbaevna pedagogika fanlari doktori, Pirniyazov Iskender Qudiyarovish pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilarning ilmiy-innovatsion faoliyatini loyihaviy yondashuv asosida rivojlantirishdan iborat.
III Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professor-o‘qituvchilarning kommikativ tashabbusini mafkuraviy, motivatsion, xulq-atvor, hissiy-sub’ektiv komponentlarini rivojlantirish orqali ilmiy-innovatsion faoliyatini loyihaviy yondashuv asosida takomillashtirishning mazmunli-muvofiqlashtirvchi va sub’ektiv-mazmuniy pedagogik shart-sharoitlari rivojlantirilgan;
oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ilmiy-innovatsion faoliyatini loyihaviy yondashuv asosida rivojlantirishni fizik, matematik va mantiqiy-semiotik modellariga xos texnologik modeli maqsaddan natijaga yo‘naltirilgan bashoratlash imkonini beruvchi hamda algoritmik ketma-ketlikni ta’minlovchi komponentlar uzviyligida takomillashtirilgan;
oliy ta’limda kafedra professor-o‘qituvchilarni ta’lim olishning konseptual, texnologik, baholovchi-nazorat kabi funksional xususiyatlarini o‘zlashtirish natijasida maxsus kurslarini integrasion raqamli-mobillashtirish va dasturiy ta’minot ishlab chiqish orqali ilmiy ishlar va innovatsiyalarni tijoratlashtirishga o‘rgatishning pedagogik texnologiyasi takomillashtirilgan;
kafedra professor-o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatiga xos sifatlarini hamda intellektual-madaniyatli, ijodiy, tashabbuskor, oliy ta’lim muassasasi strategik maqsadlariga erishishini ta’minlashga qaratilgan ilmiy-innovatsion tayyorgarligining reproduktiv, produktiv, ijodiy darajalarini baholashning motivatsion, kognitiv, faoliyatli va refleksiv mezonlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida kafedra professor-o‘qituvchilarning ilmiy-innovatsion faoliyatini loyihaviy yondashuv asosida rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
pedagogika oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarida ilmiy-metodik tayyorgarligini boshqarishning texnologik modeli maqsadli, mazmunli, jarayoniy va tashxislovchi-natijaviy komponentlar uzviyligida tizimli, shaxsga yo‘naltirilgan va androgogik yondashuvlar hamda maqsadlilik, ochiqlik, faoliyatlilik, insonparvarlik, optimallik tamoyillari asosida takomillashtirishga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2021 yil 26 fevraldagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limda kafedralar faoliyati to‘g‘risidagi Nizom” da ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 10 sentyabrdagi 4/17-4/4-14534-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur takliflar kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy-metodik tayyorgarligini boshqarishning tashkiliy-pedagogik, pedagogik-psixologik, uslubiy-didaktik shart-sharoitlar raqamli ta’lim texnologiyalariga ustuvorlik berish, uslubiy-didaktik ta’minotni malaka oshirish tizimiga mazmunan muvofiqlashtirish asosida ta’minlashga oid tavsiyalardan Qarshi davlat universitetining “AIF 2/17 O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonini tashkil etishda yangi texnologiyalar” mavzusidagi grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2024 yil 20 iyuldagi 03/2130-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur takliflar oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilarining ilmiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
malaka oshirish institutlari va oliy ta’lim hamkorligida loyihaviy yondashuv asosida kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy-metodik tayyorgarligini boshqarish texnologiyasini takomillashtirish, kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy-metodik tayyorgarligini rivojlanganlik darajalarini baholash vositalari masofaviy ta’limning raqamli ta’lim muhiti ishtirokchilarining ilmiy-metodik faoliyatini kompleks baholash mezonlarini takomillashtirishga doir takliflar “Oila pedagogikasi” va “Chiziqli algebra” nomli o‘quv qo‘llanmalar mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 10 sentyabrdagi 4/17-4/4-14534-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur takliflar kafedra kafedra professor o‘qituvchilarining ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlanishiga xizmat qilgan..