Ashurova Lola Norboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Saponaria officinalis, S. griffithiana va Dipsacus azureus o‘simliklarini kimyoviy tahlil qilish”, 02.00.10 - Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/K82.
Ilmiy rahbar: Ramazonov Nurmurod Sheralievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: Nishanbaev Sabir Zaripbaevich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Abdulladjanova Nodira Gulomjonovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samaqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  O‘zbekiston florasida o‘suvchi Saponaria officinalis, Saponaria griffithiana va Dipsacus azureus turkum o‘simliklari metabolitlarini ajratib olish, ularning kimyoviy tuzilishlari hamda biologik faolliklarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba Saponaria va Dipsacus turkumlariga mansub S. officinalis S. griffithiana hamda D. azureus o‘simliklarining kimyoviy tarkibi o‘rganilib, uning natijasida jami 12 ta metabolitlar ajratilgan va identifikasiya qilinib, tuzilishlari aniqlangan;
Saponaria officinalis o‘simligidan saponinlar sinfiga mansub, – 3β,16α-digidroksi-23-okso-oleanan-28,13β-olid va vitasteroidlar sinfiga mansub 5β,6β-epoksi-20α,24β,25α-trigidrosi-1,3-dioksovita-2-enolid yangi moddalar ajratib olingan, ularning tuzilishlari fizik-kimyoviy tadqiqot usullari yordamida isbotlangan;
ilk bor S. officinalis o‘simligi er ustki qismidan yangi moddalar bilan bir qatorda 4 ta birikma grasillin, 5α-gidroksilaksogenin, hederagenin, pinitollar identifikasiya qilingan;
birinchi marotaba S.officinalis va S. griffithiana o‘simliklari efir moylari komponentlari tarkibi tadqiq qilinib, ular tarkibida mos ravishda 38 va 32 ta birikmalar identifikasiya qilingan hamda efir moylari tarkibida ilk bor 1-(2-furil) etanol mavjudligi aniqlangan;
farmakologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, D. azureus o‘simligi yer ustki qismi saponinlari yig‘indisi yuqori gipoglimik va gipoxolisterinemik ta’sirga ega ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Saponaria va Dipsacus turkumlariga mansub o‘simliklarni kimyoviy tarkibini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
S. officinalis o‘simligidan ajratib olingan yangi sapolid va 5β,6β-epoksi-20α,24β,25α-trigidrosi-1,3-dioksovita-2-enolid birikmalarining kimyoviy tuzilishlari va fizik-kimyoviy xususiyatlari aniqlangan. Natijada yangi birikmalarga o‘xshash moddalarning tuzilishi va xususiyatlarini tavsiflash imkonini bergan.
O‘simlik moddalari kimyosi instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining № F-FA-2021-496 raqamli «Tabiiy birikmalar va ularning sintetik hosilalaridan maqsadli molekulyar yo‘naltirilgan sitostatiklar ishlab chiqish» fundamental loyihasi doirasida olib borilgan tadqiqotlarda Saponaria turkum o‘simliklaridan ajratib olingan bir qator moddalar bakteriya va zamburug‘larga qarshi faolligi aniglangan. Bunda, mazkur o‘simlik birikmalari Staphylococcus aureus va Bacillus subtilis gram-musbat bakteriyalarning o‘sishini ingibirlashi aniqlangan (O‘zR Fanlar akademiyasining 2024 yilning 8-iyuldagi № 4/1255-1544-son ma’lumotnomasi). Natijada Saponaria turkum o‘simliklaridan Staphylococcus aureus va Bacillus subtilis turdagi mikroorganizmlarga qarshi faollikka ega bo‘lgan birikmalarni topish imkoni yaratilgan.
Saponaria va Dipsacus turkumlari o‘simliklarning kimyoviy tarkibi va biologik faolliklarini tadbiq qilish natijalaridan xorijiy olimlar tomonidan bir nechta impakt faktori yuqori jurnallarda Jurnal of Drug Delivery Science and Technology https://doi.org/10.1016/j.jddst.2024.105382, 2024, IF-4,5; Natural Product Research https:/doi.org/10.1080/14786419.2024.2358525, 2024, IF-1,9; Ximiya rastitelnogo sirya, doi.10.14258/jcprm.20240112489, 2024, IF-0,77; Chemistry of Natural Compounds, doi.org/10.1007/s10600-022-03679-w, 2022, IF-0,83; chop etilgan ilmiy ishlarda o‘simliklardan ajratib olingan ikkilamchi metobolitlarni kimyoviy va miqdoriy jihatdan tavsiflashda, shuningdek mikrob, zamburug‘larga qarshi, sitotoksik faolliklarni tavsiflashda foydalanilgan. Natijalar Saponaria va Dipsacus turkum o‘simliklarining kimyoviy tarkibi va biologik faolliklari to‘g‘risida ma’lumotlar olish imkonini bergan:
Saponinlar kimyosi, biologik faolliklari hamda qo‘llanilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar 6 bobli “Saponini” nomli hammualliflikda monografiya chop etilgan. Ushbu monografiya mahalliy universitet hamda institutlarda keng qo‘llanilib, yosh olimlar va tadqiqotchilarga saponinlar to‘g‘risida ma’lumotlar olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish