Yuldashova Muattarxon Pulatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysi ayrim suvhavzalari algoflorasining bioxilma-xilligi va ekologiyasi», 03.00.10 – Ekologiya, 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/V158.
Ilmiy maslahatchi: Alimjanova Xolisxon Alimjanovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/27.02.2020.B01.15.
Rasmiy opponentlar: Raximova Tashxanim, biologiya fanlari doktori, professor; Ismailxodjaev Baxodirxo‘ja Sharipxo‘jaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Maxkamov Trobjon Xusanboevich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi suv havzalarining algoflorasi bioxilma-xilligi, ularni ekologiyasini o‘rganish va suvining ekologiya-sanitariya holatini baholashda indikator-saprob turlarning ahamiyatini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ushbu suv havzalaridan jami 636 tur va tur xillari hamda ularning taksonomik tahliliga ko‘ra 636 ta tur va tur xillari 119 turkum, 50 oila, 23 tartib, 15 sinf, 7 bo‘limga mansubligi, Farg‘ona vodiysi suv havzalaridagi 88 tur Ozbekiston suv havzalari algoflorasi aniqlangan;
bo‘limlar ichida turlar bioxilma-xilligi jixatidan yetakchi o‘rinlarni Bacillariophyta (414), Cyanophyta (113) va Chlorophyta (58) egallashi aniqlangan hamda turlarning umumiy taksonomik ro‘yhatlari shakllantirilgan;
Farg‘ona vodiysi hududlari bo‘yicha umumiy algoflora tarkibining yil mavsumlari davomidagi o‘zgarishlari kuzatilgan va turlar sonining bahorda 231 tur, yozda 251 tur, kuzda 241 tur, qishda 186 tur va tur xillari aniqlangan; Algoflora tarkibining yil mavsumlaridagi ekologik omillarga va suvo‘tlarining o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor algoflora tarkibidagi ekologik guruhlari aniqlangan bo‘lib hayotiy shakliga ko‘ra fitoplanktonlar (450) tur va tur xillari, fitobentoslar (191), fakultativ (276) va perifitonlar (112); haroratga nisbatan evriterm (137), stenoterm (499); tuzga nisbatan evrigalin (180), stenogalin  (456); geografik tarqalishga ko‘ra evribiontlar (49), stenobiontlar (587); tashqi omillar bosimiga chidamliligi va yashovchanligiga ko‘ra progressiv (504) va regressiv (132) guruhlarga ajratilgan;
o‘rganilayotgan suv havzalaridagi suv o‘tlari florasidan aniqlangan saprofit turlarining suvni ekologik sanitariya holatini baholashdagi ahamiyati asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysi suv havzalari algoflorasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
algoflora tarkibidan aniqlangan 136 tur indikator-saprob suvo‘tlari ro‘yxati, suvning ifloslanishini belgilovchi sifat va miqdoriy xususiyatlari Farg‘ona viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 20 iyuldagi 03-03/3-2954-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Farg‘ona vodiysidagi 13 dan ziyod suv havzalari algoflorasining turlar tarkibi va ularning biologik xilma - xilligi bo‘yicha olingan ma’lumotlar  O‘zbekiston suv ekologiyasi mikroorganizmlar bioxilma-xilligining umumiy ro‘yxatini tuzish, Farg‘ona vodiysi suv havzalarininf sifat bionazoratini amalga oshirish va atrof-muhit muhofazasini nazorat qilish imkonini bergan;
Farg‘ona vodiysi suv havzalaridan yig‘ilgan algologik namunalar hamda ularning doimiy preparatlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutining «Suv havzalari suvo‘tlar florasi» noyob obektlar kolleksiyasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 24 iyuldagi 4/1255-1552-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kolleksiyaning «O‘zbekiston suv havzalari suvo‘tlar florasi» fondini boyitgan va suvo‘tlar florasini inventarizatsiyalash, suvo‘tlarining yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda undan foydalanishda muhim bo‘lgan turlarning toza kulturalarini ajratib olish imkonini bergan;
636 tur va tur xillaridan iborat suvo‘tlar ro‘yxati Farg‘ona davlat Universiteti qoshidagi “IIITQTIICh” unitar korxonada joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 6 iyuldagi 4/17-4/4-3342-sonli ma’lumot-nomasi). Natijada, suv havzalari gidrobiontlari bilan bir qatorda uchraydigan baliqlar uchun ozuqabob organizmlarning ro‘yxatini tuzish, ularning ekologik xususiyatlari hamda suv havzalarining organik moddalar bilan ifloslanish darajasiga oid ma’lumotlarni tahlil etish imkonini bergan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish