Sabirov Dilshod Shuxrat o‘glining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yallig‘lanishga qarshi «Netinfla» vositasining farmakologik xususiyatlarini o‘rganish», 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2023.3.PhD/Far109.
Ilmiy rahbar: Daminova Lola Turgunpulatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Allaeva Munira Jo‘rakulovna, biologiya fanlari doktori, professor; Islamova Jannat Ikramovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: G. glabra, A. filipendulina va Z. pedicellata dorivor o‘simliklaridan tarkib topgan «Netinfla» farmakologik vositasini farmakologik xususiyatlarini xamda bezararligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
G. glabra, A. filipendulina va Z. pedicellata dorivor o‘simliklarini turli kompozisiyalaridan olingan quruq ekstraktlarning farmakologik skriningi natijalari asosida optimal tarkibi aniqlangan;
«Netinfla» farmakologik vositasining yallig‘lanishga qarshi faolligi «Formalin» va «Gistamin» shishi hamda «Paxta granulomasi» modellarida aniqlangan va uning samaradorligi nosteroid yallig‘lanishga qarshi sintetik preparat «Diklofenak» dan kam emasligi isbotlangan;
«Pirogen issiqlik» modelida eksperimental xayvonlarda o‘tkazilgan tajribalarda «Netinfla» farmakologik vositasi xayvonlarning tana xaroratini pasaytirishi aniqlangan;
«Netinfla» yallig‘lanishga qarshi farmakologik vositasi «Quyruq termal immersiyasi» eksperimental modelida analgetik xususiyatga ega ekanligi isbotlangan;
«Netinfla» farmakologik vositasining R.K. Lim modeli asosida o‘tkirosti zaharliligini aniqlash natijalari bo‘yicha kumulyativ ta’sirini yo‘qligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yallig‘lanishga qarshi «Netinfla» vositasining farmakologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida «Netinfla» farmakologik vositasining yallig‘lanishga qarshi spesifik faolligi isbotlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-sonli xati). Natijada, mahalliy dorivor o‘simliklar asosida yangi dorivor substansiyani ishlab chiqarish imkonini bergan;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida «Netinfla» farmakologik vositasining og‘riq qoldiruvchi, antipiretik spesifik faolliklari aniqlangan hamda o‘tkir va o‘tkirosti zaharliligi, mahalliy-qitiqluvchi, allergik xususiyatlari yo‘qligi isbotlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-sonli xati). Natijada, yuqori samaradorlikga ega va bezarar dorivor substansiyalar assortimentini kengaytirish imkonini bergan;
«Netinfla» farmakologik vositasi uchun o‘tkazilgan farmakologik tadqiqot natijalari dori vositalarini ishlab chiqarish hamda klinik oldi tadqiqotlar o‘tkazuvchi markazlar va laboratoriyalar faoliyatiga tatbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik Kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/98-sonli xulosasi). Natijada, farmakologik laboratoriyalar faoliyatini yanada rivojlantirish imkonini bergan.