Abzalova Nodira Akmalevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Scutellaria Iscanderi L. dorivor o‘simligini o‘rganish va uning asosida tindirma texnologiyasini ishlab chiqish», 15.00.01 - Dori texnologiyasi; 15.00.02 – Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Far95.
Ilmiy rahbar: Ismailova Moxinur Gafurovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Nemat Kayumovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Sagdullaev Baxodir Taxirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» Davlat muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Scutellaria Iscanderi L. o‘tini farmakognostik aniqlash va standartlash, shuningdek uning asosida olingan tindirma  texnologiyasini ishlab chiqish va sifat me’yorlarini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Scutellaria Iscanderi L. maydalangan va maydalanmagan xomashyosining mikroskopik tahlili o‘tkazilgan va xos bo‘lgan diagnostik ahamiyatga ega belgilari aniqlangan, tarqibidagi og‘ir metallar miqdori belgilangan me’yordan oshmasligi isbotlangan;
Scutellaria Iscanderi L. xomashyosi tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi modda – flavonoidlarning to‘planish dinamikasi aniqlangan va gullash davrida maksimal darajada bo‘lishi isbotlangan;
Scutellaria Iscanderi L. o‘tidan flavonoidlar yig‘indisini perkolyasiya usulida ekstraksiya qilish uchun maqbul sharoitlar aniqlangan va tindirma olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
Scutellaria Iscanderi L. xomashyosi va uning asosidagi tindirmaning  element tarkibi aniqlanib, yuqori biologik qiymatga egaligi hamda makro- va mikroelementlarning qimmatli manbai ekanligi isbotlangan;
Scutellaria Iscanderi L. o‘ti va uning asosidagi tindirma me’yoriy hujjatlarda keltirilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha standartlangan, me’yorlar belgilangan va MH talablarga muvofiqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Scutellaria Iscanderi L. dorivor o‘simligi asosida tindirma texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Scutellaria Iscanderi L. o‘ti uchun korxona farmakopeya maqolasi (KFM-42 O‘z-15842845-3731-2019) «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» DUK tomonidan tasdiqlangan va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (DV/M 02848/11/19-sonli guvohnoma). Natijada, o‘simlik tabiatiga ega sedativ va gipotenziv ta’sirga ega mahalliy dori vositalari assortimentini kengaytirish imkonini bergan;
Scutellaria Iscanderi L. tindirmasi uchun korxonaning farmakopeya maqolasi (KFM O‘z-42-04610617-3732-2019) «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» DUK tomonidan tasdiqlangan va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (DV/M 02831/11/19-sonli guvohnoma).Natijada, qo‘llash uchun qulay, samarali va bezarar dori vositasini ishlab chiqish imkonini bergan;
Scutellaria Iscanderi L. tindirmasi uchun tajriba sanoat reglamenti O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (OPR 04610617-3732-2019). Mazkur hujjatning tasdiqlanishi natijasida sedativ va gipotenziv dori vositasi uchun me’yoriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilishi va ro‘yxatga olinishi ta’minlangan;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida Scutellaria Iscanderi L. tindirmasining spesifik farmakologik faolligi hamda o‘tkir zaharli emasligi isbotlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada ishonchli faollikga ega bezarar dori vositalarini ishlab chiqarish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish