Mirzabekov Ibroximjon Adxamjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Belbog‘li kurash bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy va texnik tayyorgarligini mashqlantiruvchi vositalarning integratsiyasi asosida oshirish”, 13.00.04 - Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped4630.
Ilmiy rahbar: Safarova Dilbar Djamalovna biologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Dadaboev Odiljon Jaloliddinovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Artiqov Zoxid Sobirjonovich pedagogika fanlari doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi belbog‘li kurashchilarning vazn toifalarini inobatga olgan holda mashg‘ulot vositalarini integratsiya qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
belbog‘li kurashchilarning vazn toifalarini inobatga olgan holda jismoniy va morfofunksional tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini informativ funksional diagnostika usullari orqali aniq chegarani o‘rnatish hisobiga kislorodni maksimal o‘zlashtirish holatini yaxshilash imkoniyatlari oshirilgan;
belbog‘li kurash bilan shug‘ullanuvchilarda “sportga bo‘lgan iqtidorning” nasliy belgilar bilan bog‘liqligi ahamiyatini aniqlashda, genetik izlanishlar natijasi yuqori malakali sportchilarda HLA antigenlarining ishonarli darajada past chastota bilan uchrashi aniqlangan;
belbog‘li kurashchilarning jismoniy tayyorgarlik holatini aniqlash uchun kurashchilarning mashqlanganlik darajasini besh ballik me’yoriy baholash shkalasidan foydalanish orqali engil, o‘rta, og‘ir vazn toifalari uchun tabaqalashtirilgan mezon ishlab chiqish hisobiga sport turlarini integratsiya qilish imkoniyatlari kengaytirilgan;
har xil vazn toifasida ixtisoslashgan belbog‘li kurashchilarning sport-texnik ko‘rsatkichlarining o‘sish samaradorligini musobaqa faoliyati davomiyligi bo‘yicha bajarilgan texnik-taktik harakatlarning oddiy va murakkab turlari kesimida aniqlash hisobiga kurashchilarni integral tayyorlash imkoniyatlari oshirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. belbog‘li kurashchilarning vazn toifalarini inobatga olgan holda mashg‘ulot vositalarini integratsiya qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
belbog‘li kurashchilarning vazn toifalarini inobatga olgan holda jismoniy va morfofunksional tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini informativ funksional diagnostika usullari orqali aniq chegarani o‘rnatish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Kurashchilarning tayyorgarlik turlari (Belbog‘li kurash)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-may dagi 232-sonli buyrug‘iga asoslangan №232-332 raqamli guvohnoma). Natijada, 5 daqiqa davomida o‘zgaruvchan sur’atda manekenni tashlashlar o‘rtacha 16,51 % ga yaxshilangan;
belbog‘li kurash bilan shug‘ullanuvchilarda “sportga bo‘lgan iqtidorning” nasliy belgilar bilan bog‘liqligi ahamiyatini aniqlashda, genetik izlanishlar natijasi yuqori malakali sportchilarda HLA antigenlarining ishonarli darajasi Andijon olimpiya va paraolimpiya sport turlariga tayyorlash markaz belbog‘li kurashchilarning mashg‘ulotiga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024-yil 2-dekabrdagi 03-16/12273-son ma’lumotnomasi). Natijada, maxsus chidamlilik 12,1 % va maxsus jismoniy tayyorgarligi 13,2 % ga yuqori ekanligi aniqlangan;
belbog‘li kurashchilarning jismoniy tayyorgarlik holatini aniqlash uchun kurashchilarning mashqlanganlik darajasini besh ballik me’yoriy baholash shkalasidan foydalanish orqali engil, o‘rta, og‘ir vazn toifalari uchun tabaqalashtirilgan mezonlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar Namangan olimpiya va paraolimpiya sport turlariga tayyorlash markaz belbog‘li kurashchilarning mashg‘ulot jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024-yil 2-dekabrdagi 03-16/12273-son ma’lumotnomasi). Natijada, belbog‘li kurashchilarning tayyorgarligida besh marta orqadan oshirib tashlash testi 15,55 % ga va “ko‘prik holatida kompleks mashqlar” testida 14,37 % ga yaxshilangan;
har xil vazn toifasida ixtisoslashgan belbog‘li kurashchilarning sport-texnik ko‘rsatkichlarining o‘sish samaradorligini musobaqa faoliyati davomiyligi bo‘yicha bajarilgan texnik-taktik harakatlarning oddiy va murakkab turlari kesimida aniqlash bo‘yicha takliflar Chiroqchi tumani sport maktabi belbog‘li kurashchilarning mashg‘ulot jarayoniga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024-yil 2-dekabrdagi 03-16/12273-son ma’lumotnomasi). Tajribaning ikkinchi bosqichida gavda kuchi ko‘rsatkichi 18,02 % ga va sonni yozuvchi mushaklar kuchi 16,53 % ga o‘sgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish