Musaev Akmal Xolmo‘min o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Suzish vositalari orqali imkoniyati cheklangan talabalarni sog‘lomlashtirish uslubiyatini takomillashtirish”, 13.00.04 - Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.(PhD)/Ped4631.
Ilmiy rahbar: Ikramov Baxrom Farxodovich p.f.b.f.d. (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich biologiya fanlari doktori, professor; Abdiev Sherzod Abduraxmonovich p.f.b.f.d. (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jismoniy tarbiya va sport faoliyatiga ixtisoslashmagan oliy ta’lim muassasalarining imkoniyati cheklangan talabalarini suzish vositalari orqali sog‘lomlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
imkoniyati cheklangan talabalarning salomatlik darajasini yaxshilashga ijobiy ta’sir etuvchi omillarni inobatga olgan holda yillik sog‘lomlashtirish makrotsiklida tayyorgarlik jarayonlarini bosqichlarga bo‘lib (suvdagi o‘yinlar hamda akvaerobika) mashqlarining yo‘naltirilganligi, vazifasi hamda vositalarini o‘zida aks ettiruvchi dasturiy-uslubiy ko‘rsatmani qo‘llash hisobiga ortiqcha vazndan halos bo‘lish imkoniyati kengaytirilgan;
imkoniyati cheklangan talabalarning harakatlanish qobiliyati imkoniyatlarini oshirishda suzish vositalarining akvaerobika (klassik, gidromassaj, akvapover) turlarini o‘zida namoyon etuvchi mashqlar majmuasini darsdan tashqari mashg‘ulot jarayonlarida integral qo‘llash hisobiga funksional imkoniyatlari oshirilgan;
qo‘l va oyoq sohasida nuqsoni bor talabalarni sog‘lomlashtirish darajasini oshirish maqsadida suvdagi o‘yinlar, murakkablik darjasiga ko‘ra ratsion taqsimlangan suzish elementlari majmuasidan foydalanish hisobiga tana bo‘g‘imlarida harakatlarni reabilitatsiya qilish imkoniyati kengaytirilgan;
imkoniyati cheklangan talabalarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar, akvaerobika, suvdagi o‘yin turlariga asoslangan dasturlarni qo‘llash samaradorligini aniqlashda, tabaqalashtirilgan ball tizimida baholash hisobiga salomatlik darajasini oshirish imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. Suzish vositalari orqali imkoniyati cheklangan talabalarni sog‘lomlashtirish metodikasi bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
imkoniyati cheklangan talabalarning salomatlik darajasini yaxshilashga ijobiy ta’sir etuvchi omillarni inobatga olgan holda yillik sog‘lomlashtirish makrotsiklida tayyorgarlik jarayonlarini bosqichlarga bo‘lib (suvdagi o‘yinlar hamda akvaerobika) mashqlarining yo‘naltirilganligi, vazifasi hamda vositalarini o‘zida aks ettiruvchi dasturiy-uslubiy ko‘rsatmani qo‘llash bo‘yicha takliflar Toshkent davlat agrar universitetida tahsil oluvchi talabalarning o‘quv faoliyatiga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 29-oktyabrdagi 03-16/10829-son ma’lumotnomasi). Natijada, tana massa indeksi ko‘rsatkichi 10,6 % ga, o‘pkaning tiriklik sig‘imi 8,5 % ga, qondagi glyukoza konsentratsiya ko‘rsatkichi 8,1 % ga o‘sgan;
imkoniyati cheklangan talabalarning harakatlanish qobiliyati imkoniyatlarini oshirishda suzish vositalarining akvaerobika (klassik, gidromassaj, akvapover) turlarini o‘zida namoyon etuvchi mashqlar majmuasini darsdan tashqari mashg‘ulot jarayonlarida integral qo‘llash bo‘yicha takliflar Namangan davlat pedagogika instituti imkoniyati cheklangan talalabalarining o‘quv faoliyatiga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 29-oktyabrdagi 03-16/10829-son ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘l sohasida nuqsoni bor talabalarning jismoniy holatini baholab beruvchi egiluvchanlik ko‘rsatkichi 7,1 % ga, dinamik kuch ko‘rsatkichi 10 % ga, tezkor chidamlilik ko‘rsatkichi 8,1 % ga, tezkor kuch chidamliligi ko‘rsatkichi 7,2 % ga, umumiy chidamlilik ko‘rsatkichi 8,8 % ga yaxshilangan;
qo‘l va oyoq sohasida nuqsoni bor talabalarni sog‘lomlashtirish darajasini oshirish maqsadida suvdagi o‘yinlar, murakkablik darjasiga ko‘ra ratsion taqsimlangan suzish elementlari majmuasidan foydalanish bo‘yicha takliflar Guliston davlat universitetida tahsil oluvchi imkoniyati cheklangan talabalar o‘quv faoliyatiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil
29-oktyabrdagi 03-16/10829-son ma’lumotnomasi). Natijada, oyoq sohasida nuqsoni bor talabalarning tana bo‘g‘imlari harakatlarini reabilitatsiya qilgan holda talabalarning jismoniy holatini baholab beruvchi egiluvchanlik ko‘rsatkichi 8 % ga, dinamik kuch ko‘rsatkichi 7,1 % ga, tezkorlik ko‘rsatkichi 7,8 % ga, tezkor chidamlilik ko‘rsatkichi 7,9 % ga yaxshilangan;
imkoniyati cheklangan talabalarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar, akvaerobika, suvdagi o‘yin turlariga asoslangan dasturlarni qo‘llash samaradorligini aniqlashda, tabaqalashtirilgan ball tizimida baholash bo‘yicha takliflar Namangan davlat pedagogika institutidagi imkoniyati cheklangan talabalar mashg‘ulot jarayoniga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 29-oktyabrdagi 03-16/10829-son ma’lumotnomasi). Natijada, oyoq sohasida nuqsoni bor talabalarning jismoniy xususiyatlarini hisobga olgan holda talabalarning jismoniy holatini baholab beruvchi tezkor-kuch chidamlilik ko‘rsatkichi 8,8 % ga, umumiy chidamlilik ko‘rsatkichi 9,8 % ga oshgan.