Kurbanova Mohinur Xabib qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarda ziyorat turizmini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy jihatlari (Buxoro viloyati misolida)”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4293
Ilmiy rahbar: Ibragimov Nutfillo Salimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.72.05
Rasmiy opponentlar: Qodirov Azizjon Anvarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent, Xalilov Sirojiddin Sherali o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Hududlarda, xususan, Buxoro viloyatida ziyorat turizmini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy jihatlari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Jahon Musulmon Sayohati Indeksining ACES 3.0” metodikasiga Muslim Travel Guide (musulmonlar uchun sayohat qo‘llanmalari), mobil ilovalar, diqqatga sazovor joylar, mahalliy va xalqaro turistik tashriflar kabi kichik mezonlarni kiritish orqali “O‘zbekiston islomiy ziyorat turizm indeksi”ni baholash taklifi ishlab chiqilgan;
Buxoro viloyati Kogon va Romitan tumanlarining ziyorat turizm imkoniyatlari gorizontal diversifikatsiya asosida “Holy Bukhara Pilgrimage Ring” nomli ziyorat turizm turistik marshrutini joriy qilish orqali hududning turistik salohiyatini kengaytirish taklifi ishlab chiqilgan;
viloyatlararo “Haq”, “G‘arbiy”, “Sharqiy”, “Janubiy”, “Markaziy” kabi yo‘llarni kiritish orqali “Abu Hafs Kabir Buxoriy Yo‘li” nomli ziyorat turizm marshruti loyihasi ishlab chiqilgan;
ziyorat turizmiga ta’sir etuvchi omillarni iqtisodiy baholash orqali Buxoro viloyati ziyoratgohlari daromadlarining 2029-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududlarda ziyorat turizmini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy jihatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
“Jahon Musulmon Sayohati Indeksining ACES 3.0” metodikasiga Muslim Travel Guide (musulmonlar uchun sayohat qo‘llanmalari), mobil ilovalar, diqqatga sazovor joylar, mahalliy va xalqaro turistik tashriflar kabi kichik mezonlarni kiritish orqali “O‘zbekiston islomiy ziyorat turizm indeksi”ni baholash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi “Turizm yo‘nalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-238-sonli qarorining 1-ilovasi 1-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 31-yanvardagi 03-10-17-904-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston hududlarining islomiy ziyorat turizm indeksini baholash imkoniyati yaratilgan;
Buxoro viloyati Kogon va Romitan tumanlarining ziyorat turizm imkoniyatlari gorizontal diversifikatsiya asosida “Holy Bukhara Pilgrimage Ring” nomli ziyorat turizm turistik marshrutini joriy qilish orqali hududning turistik salohiyatini kengaytirish bo‘yicha taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-135-sonli qarorining 8-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 31-yanvardagi 03-10-17-904-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Romitan va Kogon tumanlarining turistik salohiyatini oshirish bo‘yicha 2024-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi”ga Kogon tumanining Xo‘ja Bahouddin Naqshband, Xo‘ja Sayyid Amir Kulol, Xo‘ja Ka’bul Axbor Vali hamda Romitan tumanining Xo‘ja Ali Romitaniy, Xo‘ja Muhammad Boboyi Samosiy, Xo‘ja Zafaron, Xo‘ja Ubbon ziyoratgohlarida ziyorat turizmni rivojlantirish maqsadida “Holy Bukhara Pilgrimage Ring” turistik marshrutni ishlab chiqish taklifi kiritilishida asos bo‘lgan;
viloyatlararo “Haq”, “G‘arbiy”, “Sharqiy”, “Janubiy”, “Markaziy” kabi yo‘llarni kiritish orqali “Abu Hafs Kabir Buxoriy Yo‘li” nomli ziyorat turizm marshruti loyihasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi ““O‘zbekiston - 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-sonli farmoni 1-ilovasining 1.3-bo‘limi 26-bandi, hamda 2-bo‘limi 58-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 31-yanvardagi 03-10-17-904-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, respublikaning 68 ta ziyoratgohini birlashtiradigan 5 ta asosiy yo‘llardan tashkil topgan “Abu Hafs Kabir Yo‘li” ziyorat turizm marshrutini turoperatorlar orqali tijoratlashtirish imkoniyati yaratilgan;
ziyorat turizmiga ta’sir etuvchi omillarni iqtisodiy baholash orqali Buxoro viloyati ziyoratgohlari daromadlarining 2029-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-135-sonli qarorning chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 31-yanvardagi 03-10-17-904-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Buxoro viloyatining ziyoratgohlari daromadining 2025-2029-yillar davomida o‘rtacha o‘sishi 14,3 foiz diapazonga teng bo‘lgan maqsadli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.