Muxitdinova Iroda Ravshanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Harbiy xizmatchilarda COVID-19 dan keyingi tos-son bo‘g‘imining degenerativ-distrofik kasalliklarida lipidlar almashinuvining holati», 21.02.23 – Harbiy tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib34.
Ilmiy rahbar: Bayjanov Allabergan Kadirovich, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar nomi), IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi, DSc.04/04.07.2023.Tib.171.01.
Rasmiy opponentlar: Xidoyatova Muxlisa Raxmatillaevna, tibbiyot fanlari doktori; Kayumov Abduraxmon Abdumavlyanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Harbiy xizmatchilarda COVID-19 dan keyingi koksartroz va son suyagi boshchasining osteonekrozida lipid almashinuvining holatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
koronovirus infeksiyasi jigar xujayralari ya’ni gepatotsitlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etishi natijasida zichligi yuqori bo‘lgan lipoprotoid tarkibi bo‘lgan al`fa lipoproteidlipaza fermentini tanqisligi, lipidlar peroksidlanish jarayonining jadallashuvi natijasida qon plazmasida dislipidemiya jarayoni rivojlanishi hisobiga, yallig‘langan qon tomir devorlarida atereosklerotik jarayonini tezlashishi bilan son suyagi boshchasining osteonekrozi, koksartroz sababi aniqlangan;
SARS-CoV-2 virusning yog‘ almashinuvi ko‘rsatkichlari bo‘lgan – trigliseridlar, past va juda past zichlikdagi lipoproteinlar hamda aterogenlik koeffisientini o‘zgarishi hisobiga va harbiy xizmatchi bemorlarda COVID-19dan keyin koksartroz va son suyagi boshchasining osteonekrozi rivojlanishi va zo‘rayib borishida muhim patogenetik ahamiyati aniqlangan;
harbiy xizmatchilarda COVID-19dan keyingi koksartroz va osteonekroz rivojlanishi va zo‘rayib borishida SARS-CoV-2 virusning lipoprotoid profiliga salbiy ta’sir ko‘rsatish natijasida IIb-IV aterogen koeffisent hisobidan koksartroz va osteonekrozning og‘ir kechishini prognozlashda diagnostik markerlar sifatida rivojlanish oldini olish tartibining o‘rni asoslangan;
SARS-CoV-2 virusi sababli COVID-19dan keyingi koksartroz va osteonekrozda organizmda lipid peroksidlanishning kuchayishi va unga qarshi himoya zaxirasining pasayishi bois, antioksidant marker – seruloplazminning faollashuv suyak to‘qimasiga destruktiv ta’sir ko‘rsatuvchi erkin radikallanish jadalashish hisobiga kelib chiqishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi Ilmiy Kengashining 2024 yil 5 apreldagi 3-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: koronovirus infeksiyasi jigar xujayralari ya’ni gepatotsitlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etishi natijasida zichligi yuqori bo‘lgan lipoproteid tarkibi bo‘lgan al`fa lipoprotoidlipaza fermentini tanqisligi, lipidlar peroksidlanish jarayonining jadallashuvi natijasida qon plazmasida dislipidemiya jarayoni rivojlanishi hisobiga, yallig‘langan qon tomir devorlarida atereosklerotik jarayonini tezlashishi bilan son suyagi boshchasining osteonekrozi, koksartroz sababi aniqlangan; ilmiy yangilikning ahamiyati: koksartroz va osteonekrozda yog‘lar metabolizmining buzilishi giperxolesterinemiya, YuZL-XSning pasayishi va past va JPZL-XS ko‘tarilishi, XAKning oshishi bilan namoyon bo‘ldi. Trigliseridlarning oshishi o‘zaro guruhlar orasida ham va nazorat guruhiga nisbatan ham yuqori bo‘ldi. Lipid metabolizmini aniqlash kasalliklarni erta tashxislashga imkon beradi; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: tadqiqot natijalari koksartroz va osteonekrozda lipid metabolizmini o‘rganish orqali kasallikni erta tashxislashga qaratilgan bo‘lib, tadqiqot O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-sonli Markaziy konsultativ-diagnostik poliklinikasi va Markaziy harbiy klinik gospitalida joriy qilindi; ijtimoiy samaradorligi: koksartroz va osteonekroz harbiy xizmatchilarda xizmat faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, aksariyat nogironlikka sabab bo‘ladigan patologiyalardandir. Lipid metabolizmini aniqlash ushbu kasalliklarni erta tashxislashga imkon yaratgan; iqtisodiy samaradorligi: harbiy xizmatchilarda yog‘lar almashinuvi ko‘rsatkichlarini aniqlashning iqtisodiy xarajatlari bu kasalliklarni davolashdan kelib chiqadigan iqtisodiy yo‘qotishlarni sezilarli darajada kamaytiradi: bir bemorga ushbu kasalliklarni davolashga 4690000 so‘m talab qilinsa, kasallikni oldini olish maqsadida lipid almashinuvi ko‘rsatkichlarini tekshirish uchun esa 310200 so‘m sarflanadi; xulosa: harbiy xizmatchilarda COVID-19dan keyingi koksartroz va osteonekrozni lipid almashinuvi ko‘rsatkichlari asosida laborator tashxislash va prognozlash bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Harbiy tibbiyot Akademiyasi Ilmiy Kengashining 2024 yil 05 apreldagi 3-sonli bayonnomasi). Natijalar lipid metabolizmi ko‘rsatkichlari orqali bemorlarda koksartroz va osteonekrozni erta tashxislashga imkon beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: SARS-CoV-2 virusning yog‘ almashinuvi ko‘rsatkichlari bo‘lgan – trigliseridlar, past va juda past zichlikdagi lipoproteinlar hamda aterogenlik koeffisientini o‘zgarishi hisobiga va harbiy xizmatchi bemorlarda COVID-19dan keyin koksartroz va son suyagi boshchasining osteonekrozi rivojlanishi va zo‘rayib borishida muhim patogenetik ahamiyati aniqlangan; ilmiy yangilikning ahamiyati: sog‘lom kishilarda me’yoriy lipoproteinemiya 75,9%, uning tiplari 24,1% holatda qayd etildi. IV-tip nazorat guruhiga nisbatan 3,9 barobar baland bo‘ldi. II-b-tip osteonekrozda 21,8% aniqlanib, sog‘lom kishilarga nisbatan 5,6 barobar va koksartrozga nisbatan 2,7 marta yuqori bo‘ldi. Demak, lipid metabolizmining buzilishi bilan tos-son bo‘g‘imi kasalliklari rivojlanishi o‘rtasida bog‘liqlik mavjud bo‘lib, bu ushbu patologik jarayonlarning patogenezini anglashga yordam beradi; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-sonli Markaziy konsul`tativ-diagnostik poliklinikasi va Markaziy harbiy klinik gospitalida koksartroz va osteonekroz bilan og‘rigan bemorlarda giperlipoproteinemiya tiplarining diagnostik ahamiyati o‘rganilgan; ijtimoiy samaradorligi: koksartroz va osteonekrozda IV-tip giperlipoproteinemiyaning oshishi va II-b-tipning osteonekrozda koksartrozga nisbatan yuqori bo‘lishi kuzatiladi. Ushbu ko‘rsatkichlarni aniqlash kasallik zo‘rayishini oldini olishga imkon beradi; iqtisodiy samaradorligi: giperlipoproteinemiya tiplarini aniqlash va kasallik zo‘rayishini oldini olish ularni statsionar davolashdan kelib chiqadigan iqtisodiy xarajatlarni ancha kamaytiradi. Giperlipoproteinemiya tiplarini aniqlash mablag‘ talab qilmaydi, ushbu kasalliklarni statsionarda davolash esa 4690000 so‘mni tashkil qiladi; xulosa: mavjud ilmiy manbalarga asosan, giperlipoproteinemiyaning IV-tipi tos-son bo‘g‘imining degenerativ-distrofik kasalliklarining zo‘rayishini belgilaydigan ko‘rsatkichlardan bo‘lib, kasallikning aksariyat hollarda nogironlik bilan tugashini ko‘rsatadi. Lipoprotteinemiya ko‘rsatkichlarini aniqlash va kasallikni oldini olishni tashkil qilish orqali kasalliklar asoratlarini oldini olish mumkin. «Harbiy xizmatchilarda COVID-19dan keyingi koksartroz va son suyagi boshchasi osteonekrozini lipid almashinuvi ko‘rsatkichlari asosida laborator tashxislash va prognozlash algoritmi» ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Harbiy tibbiyot Akademiyasi Ilmiy Kengashining 2024 yil 05 apreldagi 3-son bayonnomasi ma’lumotnomasi);
uchinchi ilmiy yangilik: harbiy xizmatchilarda COVID-19dan keyingi koksartroz va osteonekroz rivojlanishi va zo‘rayib borishida SARS-CoV-2 virusning lipoprotoid profiliga salbiy ta’sir ko‘rsatish natijasida IIb-IV aterogen koeffisent hisobidan koksartroz va osteonekrozning og‘ir kechishini prognozlashda diagnostik markerlar sifatida rivojlanish oldini olish tartibining o‘rni asoslangan; ilmiy yangilikning ahamiyati: lipid peroksidlanish ko‘rsatkichi malondialdegid miqdorini aniqlash usullari oson va katta mablag‘ talab qilmaydigan usul bo‘lib, immunologik tekshiruv mavjud bo‘lgan barcha muassasalarda amaliyotda tadbiq qilish mumkin. Harbiy xizmatchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tganda ushbu ko‘rsatkichni o‘tkazish koksartroz va osteonekroz rivojlanishi bo‘yicha xavf guruhlarini aniqlash imkonini beradi; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: malondialdegidning koksartrozda ko‘rsatkichi nazorat guruhidagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,1 marta, osteonekrozda esa 1,6 barobar yuqori darajada qayd etildi. Osteonekrozda bu ko‘rsatkich koksartrozga nisbatan 1,5 marta yuqori bo‘ldi. MDAni aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-sonli Markaziy konsultativ-diagnostik poliklinikasi va Toshkent shahar Markaziy harbiy klinik gospitalida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Harbiy tibbiyot Akademiyasi Ilmiy Kengashining 2024 yil 05 apreldagi 3-sonli bayonnomasi); ijtimoiy samaradorligi: harbiy xizmatchilarda koksartroz va osteonekroz zo‘rayishining sabablaridan biri lipid peroksidlanishning kuchayishidir. MDAni aniqlash orqali kasallik zo‘rayishini prognozlash va oldini olish bemorlar hayot sifatini yaxshilaydi; iqtisodiy samaradorligi: harbiy xizmatchilarda profilaktik ko‘rikda MDAni aniqlash uchun bir kishiga 100000 so‘m sarflansa, ushbu kasalliklarni statsionar sharoitda asoratlangan turlarini davolash uchun 1 kishiga 4690000 so‘m sarflanadi; xulosa: harbiy xizmatchilarda koksartroz va osteonekroz bo‘yicha xavf guruhlarini aniqlash maqsadida lipid peroksidlanishni aniqlash yuqori samarali uslublardan hisoblanib, amaliyotga tadbiq qilingan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: SARS-CoV-2 virusi sababli COVID-19dan keyingi koksartroz va osteonekrozda organizmda lipid peroksidlanishning kuchayishi va unga qarshi himoya zaxirasining pasayishi bois, antioksidant marker – seruloplazminning faollashuv suyak to‘qimasiga destruktiv ta’sir ko‘rsatuvchi erkin radikallanish jadalashish hisobiga kelib chiqishi isbotlangan; ilmiy yangilikning ahamiyati: COVID-19dan keyingi koksartrozda seruloplazmin nazorat guruhidagi ko‘rsatkichga ko‘ra 24,9% oshganligi qayd etildi (mos ravishda 52,6±2,43 mg/dl va 42,1±1,05 mg/dl). Bu kasalliklarda seruloplazminni aniqlash samarali bo‘lib, antioksidant himoya tizimini faollashtirish hisobiga ushbu kasalliklar zo‘rayishining oldini olish imkonini beradi; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: tos-son bo‘g‘imining distrofik va degenerativ kasalliklarida seruloplazminni aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-sonli Markaziy konsultativ-diagnostik poliklinikasi va Markaziy harbiy klinik gospitalida kasallik zo‘rayib borishini oldini olish maqsadida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Harbiy tibbiyot Akademiyasi Ilmiy Kengashining 2024 yil 05 apreldagi 3-sonli bayonnomasi); ijtimoiy samaradorligi: Koksartroz va osteonekroz bilan og‘rigan harbiy xizmatchilarda antioksidan himoya lipidlar radikallanishini bostira olmasligi bois, kasallikning zo‘rayib borish xavfi yuqori bo‘ladi. Ushbu ko‘rsatkichlarni aniqlash orqali kasalliklar zo‘rayishi va asoratlari rivojlanish xavfini oldini olish imkoniyati yaratildi, bu harbiy xizmatchilarning hayot sifatini yaxshilaydi; iqtisodiy samaradorligi: koksartroz va osteonekroz aniqlangan harbiy xizmatchilarda lipid almashinuvini aniqlash orqali kasallik erta tashxislanib, ularning zo‘rayishining oldi olinadi va sarf-xarajatlar tejab qolinadi. Ushbu samarali laborator tashxislash tizimini amaliyotga joriy etish tufayli bitta bemorni statsionarda davolanishi uchun tejaladigan iqtisodiy samaradorlik 4690000 so‘mni tashkil qiladi.