Kurbonov Salohiddin Ziyadullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahalliy barqarorlashtiruvchi qo‘shimcha asosida polimer-chaqiq tosh-mastikali asfaltbeton qoplamalarini ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini oshirish”, 05.09.02 - “Geotexnika” (YO‘llar, yo‘llarni raqamlashtirish va yo‘l harakati xavfsizligi. YO‘l telematikasi yo‘nalishlari bo‘yicha) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5162
Ilmiy rahbar: texnika fanlari nomzodi, professor Karabaev Abdijabbar Melievich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, PhD.15/31.08.2022.T.73.05
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Qosimov Ibrohim Irkinovich (Toshkent arxitektura-qurilish universiteti); texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor v.b. Amirov Tursoat Jummaevich (Toshkent davlat transport universiteti).
Yetakchi tashkilot: Samarqand arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mahalliy barqarorlashtiruvchi qo‘shimcha va uning asosida polimer chaqiq tosh-mastikali asfaltbeton qorishma tarkibini ishlab chiqish, undan qurilgan qoplamalarning ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini oshirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polimer-chaqiq tosh-mastikali asfaltbeton qorishma tarkibida modifikatsiyalangan bazalt tolasi, sellyuloza tolasi va polimer bitum bilan o‘zaro ta’sirida dispers bog‘lanishli struktura hosil qilish mexanizmi aniqlangan;
polimer-chaqiq tosh-mastikali asfaltbeton qoplamali yo‘l to‘shamasi konstruksiyasining elastiklik moduli va qatlam qalinligiga hamda g‘ildirak izi chuqurligiga bog‘liq holda prognozlash ifodalari taklif qilingan;
polimer-chaqiq tosh-mastikali asfaltbeton tarkibida poliuretan bilan modifikatsiyalangan bazalt tolasi va polimer bitum qo‘shilishidan plastik deformatsiyalanish kamayishi asosida qoplamaning siljishga qarshiligi oshishi aniqlangan;
polimer-chaqiq tosh-mastikali asfaltbetonning plastik deformatsiyasi ta’sirida hosil bo‘ladigan g‘ildirak izi chuqurligini qoplama harorati, qatlam qalinligi va g‘ildirak izi egri chizig‘ining qiyaligiga o'zaro bog‘liqligi asosida baholash aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Mahalliy barqarorlashtiruvchi qo‘shimcha asosida PChMA qoplamalarning ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy barqarorlashtiruvchi qo‘shimcha asosidagi PChMA qoplamasining ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2024 yil 15 avgustdagi 78-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2024-yil 4-noyabrdagi, 03-4176-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, PChMA ning siljishdagi yopishishi 25 %, uzoq muddatli suvga chidamliligi qiymatlari 19 % ga oshirilgan, yoriqbardoshliligi 31 % va qoplamaning g‘ildirak izi chuqurligi 255 % ga kamayganligi aniqlangan;
poliuretan bilan ishlov berilgan bazalt tolasi, sellyuloza tolasi va polimer bitum bilan tanlangan tarkib asosida struktura hosil qiluvchi, keskin kontitental iqlimga chidamli va energiya tejamkor mahalliy barqarorlashtiruvchi qo‘shimchali PChMA qorishmasini yotqizish texnologiyasi M39b Toshkent halqa avtomobil yo‘lining 35-36 km qismida joylashgan yo‘l o‘tkazgich ustki qatlamida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2024-yil 4-noyabrdagi, 03-4176-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, import qo‘shimchalar asosidagi PChMA qoplamadan mahalliy barqarorlashtiruvchi qo‘shimcha asosidagi PChMA qoplamaga o‘zgartirilganda 3 294 124 891 so‘m iqtisodiy samaradorlikga erishilgan;
PChMA qoplamasining elastiklik moduli va yo‘l to‘shamasi konstruksiyasi qatlam qalinliklari orqali g‘ildirak izi chuqurligini baholashning prognozlashtirish modeli yaratilgan. Natijada, PChMA qoplamasining g‘ildirak izi chuqurligi ko‘pi bilan 3 mm, g‘ildirak izi egri chizig‘ining qiyaligi 0,10 mm/1000 sikldan oshmasligi aniqlangan va qoplamaning siljishga qarshiligi, yoriqbardoshliligi, uzoq muddatli suvga chidamliligi yaxshilanishi hisobiga avtomobil yo‘llarining xizmat ko‘rsatish muddatini 8-10 yilga oshirishga erishilgan.