Yunusova Ra’no G‘aybullaevnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida
E’LON

I.    Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tibbiy ta’limda biofizika fanini loyihalash asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5282
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharofovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti huzuridagi PhD.04/02.07.2024.Tib.122.02 raqamli Ilmiy kengash.  
Rasmiy opponentlar: Imanaxunova Iroda Xuseynovna pedagogika fanlari doktori, dotsent, Jo‘raev Husniddin Oltinboevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida biofizikani loyihalash texnologiyalari asosida o‘qitish jarayonini takomillashtirish metodikasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
-    tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida biofizikani o‘qitishning fundamental va kasbiy bilimlarni birlashtirishga, amaliy yo‘nalganlik va axborotlilik tamoyillariga asoslangan uslubiy tizimini yaratishning didaktik imkoniyatlari kengaytirilgan; 
-    tibbiyot oliy ta’lim muasssasalarining o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda loyihalash texnologiyalaridan  foydalanib, biofizikani o‘qitishning tuzilmaviy didaktik modeli mazmunli, tashkiliy, jarayonli, mezon va natijaviy bloklarining uzviyligi asosida takomillashtirilgan;
-    tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida biofizika fanini o‘qitishda mutaxassislik fanlari bilan bog‘liq mavzular kesimida axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali “Tibbiyot mutaxassislarini o‘qitishdagi loyihalashlar” nomli internet sahifasini ochish orqali aniqlashtirilgan;  
-    tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida biofizikani o‘qitishda avtomatlashtirilgan vizual loyihaviy topshiriqlar, interaktiv o‘quv-texnik mobil texnologiyalar va dasturiy vositalarni qo‘llash imkonini beruvchi integral baholash mezonlarini kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
IV.    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida biofizikani o‘qitish metodikasini loyihalash texnologiyalari asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:  
-    tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida biofizikani o‘qitishning fundamental va kasbiy bilimlarni birlashtirishga, amaliy yo‘nalganlik va axborotlilik tamoyillariga asoslangan uslubiy tizimini yaratishning didaktik imkoniyatlarini aniqlashtirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar va nazariy ma’lumotlar “Tibbiy va biologik fizika fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari to‘plami” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil “29” fevral 02-28/4313-son ma’lumotnomasi). Natijada, tibbiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida biofizika fanini o‘qitish bo‘yicha metodik ta’minotni amaliy integratsiyalash orqali o‘quv jarayoni takomillashtirilgan; 
-    tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda, biofizikani loyihalash texnologiyalardan  foydalanib, o‘qitishning tuzilmaviy didaktik modeli asosida talabalarda individuallik, tashabbuskorlik, kreativlik, mustaqil fikrlash sifatlarini rivojlantirish “Bingo“ o‘yini, “To‘rt pog‘ona”, “Loyiha” ta’lim metodlari orqali takomillashtirishga oid nazariy g‘oyalar “Tibbiy va biologik biofizika fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari to‘plami” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil “29” fevral 02-28/4313-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori malakali kadrlar tayyorlashning o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
-    tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida biofizikani o‘qitishda mutaxassislik fanlar bilan bog‘liq mavzular kesimida axborot texnologiyalarni qo‘llashda avtomatlashtirilgan vizual loyihaviy topshiriqlar, interaktiv o‘quv-texnik mobil texnologiyalar va dasturiy vositalarni qo‘llash metodikasiga oid takliflardan “Matematik fizikaning holatlar to‘plami cheksiz bo‘lgan modellari termodinamikasi“ nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil “29” fevral 02-28/4313-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur loyiha tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida biofizikani o‘qitish sifatini va talabalarning motivatsion faoliyatini oshirishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish