Ismoilova Shodiyaxon Xusanboy qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tilini o‘rganish jarayonida talabalarda interferentiv kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya metodikasi va nazariyasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7829.
Ilmiy rahbar: Kadirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.09.2024.Fil/Ped.05.09 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ahmedova Laylo Tolibjonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Sarimsoqov Xurshid Abdumalikovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari institutini.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz tilini o‘rganish jarayonida talabalarda interferentiv kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
til o‘rganuvchilarining lingvopsixologik holati uchinchi til o‘rganayotgan talabalarda mavjud til ko‘nikmalariga asoslangan til tajribasi, tillar strukturasidan umumiy xabardorlik omillari yuzasidan tahlillar natijasi asosida, uchinchi til o‘qitish tizimi ikkinchi til metodik yondashuvlari turlaridan farqlanganlik jihatlari aniqlashtirilgan;
uchtillilik muhitida talabalarning asosiy nutqiy me’yorlarni tushunish ko‘nikmalarida fonetik nomutanosibliklarga oid interferentiv kompetensiyaning rivojlanganlik darajasining samarali mashqlar tizimi integrativ yondashuv orqali takomillashtirilgan;
birinchi xorijiy til ko‘nikmalarining ikkinchi xorijiy tilga ijobiy ta’siri tilning genetik omili-qardoshlik va noqardoshlik xususiyatlaridan kelib chiqib saralangan so‘zlar - kognatlar asosida aniqlashtirilgan hamda muvofiq topshiriqlar tizimi shakillantirilgan;
til tabiati, o‘ziga xos xususiyatlari, tilning kundalik hayotda foydalanish strukturasi va til qo‘llanilishidagi asosiy tafovutlarning ko‘ptilli muhitdagi ko‘rinishi tavsiflangan va turli madaniy kontekstlariga tegishli lingvistik harakatlarni amalga oshirish qobiliyatini rivojlantiruvchi metodik yondashuvlar ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarida ingliz tilini uchinchi til sifatida o‘rganish jarayonida interferentiv kompetensiyani rivojlantirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
til o‘rganuvchilarning lingvopsixologik holati uchinchi til o‘rganayotgan talabalarda mavjud til ko‘nikmalariga asoslangan til tajribasi, tillar strukturasidan umumiy xabardorlik omillari yuzasidan tahlillar natijasi asosida, uchinchi til o‘qitish tizimi ikkinchi til metodik yondashuvlarini rivojlantirishga doir takliflari “Mannual for EFL learners” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 429 - sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada ikkinchi chet tili sifatida Ingliz tilini o‘rganayotgan talabalarning tillararo interferentiv kompetensiyalarini rivojlantirish imkoni yanada oshirildi;
uchtillilik muhitida talabalarning asosiy nutqiy me’yorlarni tushunish ko‘nikmalarida fonetik nomutanosibliklarga oid interferentiv kompetensiyani rivojlantirishga qaratilgan mashqlar tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflari “Mannual for EFL learners” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 429 - sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, interferentiv kompetensiyani integrativ yondashuv asosida rivojlantirishga doir mashqlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilgan;
birinchi xorijiy til ko‘nikmalarining ikkinchi xorijiy tilga ijobiy ta’siri tilning genetik omili-qardoshlik va noqardoshlik xususiyatlaridan kelib chiqib saralangan so‘zlar - kognatlar asosida aniqlashtirishga doir takliflaridan “Yoshlar vaqti”, “Ochiq muloqot”, “Biz bilgan va bilmagan olam” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2024 - yil 11- iyundagi 325 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada, birinchi xorijiy til ko‘nikmalarining ikkinchi xorijiy tilga ijobiy ta’siri hamda tilning genetik omili-qardoshlik va noqardoshlik xususiyatlarini bilish imkoniyatlari kengaygan.