Qaxorova Tursinoy Ulug‘bek qizining 
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya haqida
E’LON

I.Umumiy ma’lumotlar.
     Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Tibbiy ta’lim jarayonida 3D interaktiv didaktik materiallardan foydalanish metodikasini takomillashtirish texnologiyalari (ingliz tili o‘qitish misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
 Dissertatsiya mavzu ro‘yhatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8210
 Ilmiy rahbar: Obidova Gulmira Kuzibaevna, dotsent, pedagogika fanlari doktori (DSc)
 Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
       IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti. PhD.04/02.07.2024.Tib.122.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi tashkil etilgan bir martalik ilmiy kengash.
 Rasmiy opponentlar: Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, professor
Abbasova Nargiza Kabilovna  pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori  (PhD)
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti
 Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
 II. Tadqiqotning maqsadi
tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida 3D didaktik o‘quv dasturlari orqali ingliz tilida o‘qish, tinglash, yozish va so‘zlash ko‘nikmalarini online va offline rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
 III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
tibbiyot oliy o‘quv yurtlari ingliz tili mashg‘ulotlarida talabalarning 3D didaktik materiallar orqali bilim olishlarini rivojlantirishning diagnostikasi til bilish indikatorlari hamda ingliz tilini o‘rganish bosqichlaridagi kommunikativlik, motivatsion, improvizatsion so‘zlashuv faoliyatidagi ko‘nikmalarining amaliyotdagi mutanosibligini tizimli baholash asosida takomillashtirilgan;
tibbiy ta'limda talabalarning kasbiy layoqatlari, soʻzlashish va yozma nutq koʻnikmalarini rivojlantirish, mutaxasisslik fanlarini adaptivligi, funksional aspektlarini asoslashga qaratilgan metodik shart-sharoitlari va didaktik manbalarini intensivligi asosida takomillashtirilgan;
onlayn va offlayn o‘qitishda tibbiy terminlar qo‘llanilgan matnlar, interaktiv topshiriqlar, mashqlar, reseptiv nutqni ifoda etuvchi vaziyatlarni o‘qish va yozma muloqot jarayonida ichki integratsiyasini hisobga olish asosida talabalarda tibbiyotga oid terminlarni o‘rgatishda o‘qish va yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonlari anatamik terminlarni vizuallashtirish orqali takomillashtirilgan;
ingliz tili mashgʻulotlarida tibbiy muloqot kompetensiyasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan, bir vaqtning oʻzida oʻqish, tinglash, qoʻshimcha til oʻrganishda reseptiv nutq koʻnikmalarini rivojlantirishga imkon beruvchi hamda individual xucusiyatlari,  mutaxassislik fanlarining integrasion mazmuni oʻrtasidagi reproduktiv aloqadorligiga koʻra motiv va qiziqishlarini diagnoz qilishga yoʻnaltirilgan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan;

   IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi

Tibbiy ta’lim jarayonida 3D interaktiv didaktik materiallardan foydalanish metodikasini takomillashtirishga doir natijalar asosida:
tibbiyot oliy o‘quv yurtlari ingliz tili mashg‘ulotlarida talabalarning 3D didaktik materiallar orqali til bilish indikatorlari hamda ingliz tilini o‘rganish bosqichlaridagi kommunikativlik, motivatsion, improvizatsion so‘zlashuv faoliyatidagi ko‘nikmalarining tizimli baholash jarayonlari “English in medicine” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2022- yil   17-martdagi 106-739 sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarda kommunikativlik, motivatsion, improvizatsion so‘zlashuv faoliyatidagi ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
tibbiy ta'limda talabalarning kasbiy layoqatlari, soʻzlashish va yozma nutq koʻnikmalarini rivojlantirish, mutaxasisslik fanlarini adaptivligi, funksional aspektlarini asoslashga qaratilgan metodik shart-sharoitlari va didaktik manbalarini intensivligini takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar “English in medicine” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2022- yil   17-martdagi 106-741 sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarda tibbiyotga oid ingliz tilidagi ma’lumotlarni,  sohaga tegishli matnlarni o‘qish va yozish ko‘nikmalari rivojlantirish jarayonlariga leksik yo‘naltirilgan mashqlar tizimini tatbiq etish mexanizmlari ishlab chiqilgan;
 Tibbiyot ta’lim talabalarini til o‘rganishdagi faolligini rivojlantirish modeli belgilangan mezonlarning faktorli tahlili hamda kasbiy layoqatlari, amaliy kasbiy bilimlarni aniqlashtirish zamonaviy bilimlarni intensivligini hisobga olish, kombinatsiyalash hamda interfaol ta’lim metodlarini mutaxassislik hamda ingliz tili fanlari bilan boyitib borish texnologiyalari qo‘llashga doir takliflar bildirilgan bo‘lib, natijada  tibbiy ta’lim talabalarining mutaxassisliklari doirasida xorijiy tillarni o‘rganish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish