Quziev Sarvarbek Ilmiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tilini o‘qitishda kasbiy ko‘nikmalar orqali milliy virtual turizmni takomillashtirish metodikasi. (O‘zbekiston milliy madaniy merosi fanini o‘qitish misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya metodikasi va nazariyasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3570.
Ilmiy rahbar: Obidova Gulmira Kuzibaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.09.2024.Fil/Ped.05.09 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Iminaxunova Iroda Xuseynovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Mamadjanova Nozima Adxamovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz tilini o‘qitishda kasbiy ko‘nikmalarni orqali milliy virtual turizmni takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz tilini o‘qitishda kasbiy ko‘nikmalar orqali milliy virtual turizm bilan integratsiyalashning samaradorligi, madaniyatlararo kommunikatsiya bilan bog‘liq til ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari aniqlashtirildi;
ingliz tili mashg‘ulotlarida virtual sayoxat, onlayn platformalar, animatsion dasturlar, ausentik materiallar orqali talabalarning milliy virtual turizmni rivojlantirishning diagnostikasi til bilish indikatorlari hamda ingliz tilini o‘rganish bosqichlaridagi motivatsion, kommunikativlik, impravizatsion so‘zlashuv faoliyatidagi ko‘nikmalar “Grammatika-tarjima”, “Audiolingual”, “To‘g‘ridan - to‘g‘ri” metodlariga ustuvorligi asosida rivojlantilgan;
ingliz tili mashg‘ulotlarida madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan, qo‘shimcha til o‘rganish imkonini beruvchi hamda individual xususiyatlari, mutaxassislik fanlarining integrasion mazmuni o‘rtasidagi reproduktiv aloqadorligiga ko‘ra motiv va qiziqishlarini diagnoz qilishga yo‘naltirilgan “Virtplace” o‘quv platformasi ishlab chiqilgan;
ingliz tilini o‘qitishda kasbiy ko‘nikmalar orqali milliy virtual turizmni rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida o‘quv jarayonini takomillashtirishga mo'ljallangan metodik tavsiyalar va strategiyalar ishlab chiqildi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilini o‘qitishda kasbiy ko‘nikmalar orqali milliy virtual turizmni takomillashtirishdagi o‘rni va ilmiy natijalari asosida:
ingliz tilini o‘qitishda kasbiy ko‘nikmalar orqali milliy virtual turizm bilan integratsiyalashning samaradorligi, madaniyatlararo kommunikatsiya bilan bog‘liq til ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik imkmoniyatlari aniqlashtirilgan hamda “National and cultural heritaGES of Uzbekistan” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga kiritilgan.(O‘quv qo‘llanma OTFI vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-sonli buyrug‘i, 333-302 raqamli guvohnomasi). Natijada kasbiy ko‘nikmalar orqali milliy virtual turizmni til ko‘nikmalari orqali rivojlantirishning didaktik imkmoniyatlari oshishiga xizmat qilgan.
ingliz tili mashg‘ulotlarida virtual sayoxat, onlayn platformalar, animatsion dasturlar, ausentik materiallar orqali talabalarning milliy virtual turizmni rivojlantirishning diagnostikasi til bilish indikatorlari hamda ingliz tilini o‘rganish bosqichlaridagi motivatsion, kommunikativlik, impravizatsion so‘zlashuv faoliyatidagi ko‘nikmalar “Grammatika-tarjima”, “Audiolingual”, “To‘g‘ridan-to‘g‘ri” metodlari “National and cultural heritage of Uzbekistan” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. (O‘quv qo‘llanma OTFI vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-sonli buyrug‘i, 333-302 raqamli guvohnomasi). Natijada ingliz tili mashg‘ulotlarida virtual sayoxat, onlayn platformalar, animatsion dasturlar, ausentik materiallar “Grammatika-tarjima”, “Audiolingual”, “To‘g‘ridan-to‘g‘ri” metodlari orqali rivojlantirilgan.
ingliz tili mashg‘ulotlarida madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan, til o‘rganish imkonini beruvchi hamda individual xususiyatlari, mutaxassislik fanlarining integrasion mazmuni o‘rtasidagi reproduktiv aloqadorligiga ko‘ra motiv va qiziqishlarini diagnoz qilishga yo‘naltirilgan “Virtplace” veb-sayti, turizm sohasida ta’lim dasturini rivojlantirish, raqamli texnologiyalar va yangi avlod adabiyotlarini ishlab chiqishga doir ilmiy natijalardan 2022-2023 yillar “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari” mavzusidagi F3-2019081663 raqamli fundamental loyihani bajarishda samarali foydalanilgan. Natijada talabalarning kasbiy ko‘nikmalar orqali madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirishga erishilgan.