Mamatkulova Nilufar Boyzoq qizining
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi):“Bo‘lajak mutaxasisslarning nutq madaniyatini rivojlantirish metodikasi(filologiya yo ’nalishi misolida”, 13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2023.1.PhD/Ped.4581
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Nasibaxon Juraevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat unversiteti
IK faoliyat ko‘rstayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Xasanov Sharobiddin Azomovich Ismoilov Temurbek Islomovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti .
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi filologiya yo‘nalishidagi bo‘lajak mutaxassislarning nutq madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan metodikani ishlab chiqish va uning samaradorligini tahlil qilishdir
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
filologiya kontekstida kelajakdagi mutaxassislarning nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida an’anaviy va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni integratsiyalash prinsipi asosida yangi metodologik model ishlab chiqilgan;
nutq madaniyatini o‘qitish jarayonida innovatsion raqamli texnologiyalar hamda portfolioga yo‘naltirilgan yondashuvni joriy etish uchun pedagogik texnologiyalar (proekt metod, aloqa tizimi texnologiyasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, munozara, rollik o‘yinlar, keys-stadi, geymifikatsiya, mikro o‘qish va boshqalar) interaktiv integratsiya qilindi;
o‘quv jarayonida nutq madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha taklif etilgan metodikalarni tajribaviy sinovdan o‘tkazish, empirik ma’lumotlarni jamlash va tahlil qilish orqali samaradorlikni baholash mezonlari takomillashtirildi;
talabalarning nutq xatti-harakatlari va kasbiy aloqalarini tahlil qilish, shuningdek ularning fikrlari hamda tajribalarini o‘rganish asosida nutq madaniyatini shakllantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. filologiya yo‘nalishidagi bo‘lajak mutaxassislar uchun nutq madaniyatini rivojlantirish metodikasi yuzasidan olingan natijalar asosida:
filologiya kontekstida kelajakdagi mutaxassislarning nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida an’anaviy va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni integratsiyalash prinsipi asosida yangi metodologik modelini taklif qilishga oid tavsiyalardan “Kasbi pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirildi (Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 29 maydagi 232-son buyrug‘i asosida berilgan 232-245 raqamli ashr ruxsatnomasi). Natijada, filologik kontekstda kelajak mutaxassislarining nutq madaniyatini o‘qitishda kompetensiyaga asoslangan, an’anaviy va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni uyg‘unlashtiruvchi integratsiyalashgan metodologik model taklif qilindi;
nutq madaniyatini o‘qitish jarayonida innovatsion raqamli texnologiyalar hamda portfolioga yo‘naltirilgan yondashuvni joriy etish uchun pedagogik texnologiyalar (proekt metod, aloqa tizimi texnologiyasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, munozara, rollik o‘yinlar, keys-stadi, geymifikatsiya, mikro o‘qish va boshqalar) interaktiv integratsiya qilindi va ishlab chiqilgan tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan “English Access Microscholarship Program” loyihasini amalga oshirishda va uning o‘quv jarayonida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 14-yanvardagi 110/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, nutq madaniyatini o‘qitish jarayonida innovatsion raqamli texnologiyalar hamda interaktiv metodlarni integratsiyalash orqali o‘quv jarayonining metodik modeli takomillashtirildi;
o‘quv jarayonida nutq madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha taklif etilgan metodikalarni tajribaviy sinovdan o‘tkazish, empirik ma’lumotlarni jamlash va tahlil qilish orqali samaradorlikni baholash mezonlarini takomillashtirish orqali “Kasbi pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 29 maydagi 232-son buyrug‘i asosida berilgan 232-245 raqamli ashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘quv jarayonida nutq madaniyatini rivojlantirish metodikalarini eksperimental sinovdan o‘tkazish va ilmiy-tadqiqot natijalarini tahlil qilish asosida samaradorlik darajasini aniqlash mezonlari takomillashtirildi;
talabalarning nutq xatti-harakatlari va kasbiy aloqalarini tahlil qilish, shuningdek ularning fikrlari hamda tajribalarini o‘rganish asosida nutq madaniyatini shakllantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi va bu taklif va tavsiyalardan “Kasbi pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilib (Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 29 maydagi 232-son buyrug‘i asosida berilgan 232-245 raqamli ashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning yutuqlarini ob’ektiv baholash maqsadida nutq xatti-harakatlari va kasbiy aloqalarni tahlil qilish, shuningdek, ularning fikr hamda tajribalarini o‘rganish asosida nutq madaniyatini shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.