Shakarova Mexri Ulashovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda urologik jarrohlik muolajalarida kombinatsiyalangan spinal anesteziya», 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2968.
Ilmiy raxbar: Satvaldieva El`mira Abdusamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazida, DSc.04/01.02.2022.Tib.147.01.
Rasmiy opponentlar: Zabolotskiy Dmitriy Vladislavovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Alimov Anvar Valievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda spontan nafas saqlangan xolda tug‘ma nuqsonlar va siydik yo‘llari kasalliklaridagi xirurgik yo‘l bilan korreksiyasida bupivakain bilan spinal anesteziya o‘tkazilganda perioperatsion analgeziya va erta reabilitatsiya samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda travmatik urologik operatsiyalar uchun anesteziologik qo‘llanmaga neyroaksial blokada usulini joriy etish muvofiqligi ilmiy asoslangan va tug‘ma nuqsonlar va siydik-ayirish tizimi kasalliklari bo‘yicha operatsiya qilingan bolalarda spontan nafas olishda kombinatsiyalangan spinal anesteziya (KSA) usulining texnik samaradorligi va xavfsizligi ilmiy asoslangan;
rivojlangan tug‘ma nuqsonlar va siydik-ayirish tizimi kasalliklari bo‘yicha operatsiya qilingan bolalarda tezlashtirilgan tiklanish protokollarida (Fast-track sugery, Enhanced Recovery After Surgery) umumiy sedatsiya va saqlanib qolgan spontan nafas olish bilan birgalikda spinal anesteziya usulini qo‘llagan holda algoritmni ishlab chiqilgan;
KSA sharoitida spontan nafas olish saqlanib qolgan bemorlarda kislota-asos holatini, qon tarkibidagi gazlarni va kislorod holatini kuzatish perioperativ perfuziya ko‘rsatqichlari me’yorga kelishi asoslangan;
rivojlangan tug‘ma nuqsonlar va siydik-ayirish tizimi kasalliklari bo‘yicha operatsiyalar paytida bolalarda sedatsiya sharoitida spontan nafas olishda KSA usulining texnik samaradorligi va xavfsizligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda urologik operatsiyalarda kombinatsiyalangan spinal anesteziyani takomillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda travmatik urologik operatsiyalar uchun anesteziologik qo‘llanmaga neyroaksial blokada usulini joriy etish muvofiqligi ilmiy asoslangan va tug‘ma nuqsonlar va siydik-ayirish tizimi kasalliklari bo‘yicha operatsiya qilingan bolalarda spontan nafas olishda KSA usulining texnik samaradorligi va xavfsizligi ilmiy asoslangan. Jarrohlik stress reaksiyasining kardiovaskulyar, neyroendokrin tizimlarga, shuningdek qonning gaz tarkibiga va siydik tizimining nuqsonlari va kasalliklari bo‘yicha operatsiya qilingan bolalarda uning kislota-asos holatiga ta’sirini har tomonlama tahlil qilish asoratlarni rivojlanish xavfini kamaytiradi va davolanishning yakuniy natijalarini yaxshilashga yordam bergan. Tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan anesteziologik yondashuvi tibbiy amaliyotga joriy etilgan. Xususan, ushbu usul Farg‘ona viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tomonidan operasiya bo‘limi amaliyotida qo‘llanilgan (42-sonli buyruq, 24.04.2024.), shuningdek Sirdaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziy shifoxonasiga (4-73-sonli 13.05.2024-sonli buyruq) joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy texnik Kengashining 2025 yil yanvardagi №11 xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi. Ishlab chiqilgan yondashuv spontan nafas olish bilan KSA sharoitida bolalarni anesteziya bilan ta’minlashga mo‘ljallangan yondashuv umumiy farmakologik yukni kamaytirgan, opioidlarga bo‘lgan ehtiyojni va sun’iy o‘pka ventilyasiyasi bilan anesteziyadan foydalanishga ehtiyojni qolmagan, operatsiyadan keyingi tiklanishni yaxshilaydi, asoratlarini kamaytirgan. Iqtisodiy samaradorligi. Ushbu usulda anestetik va miorelaksantlar bilan majburiy intraoperativ yordam va o‘pkaning sun’iy ventilyasiyasidan foydalanishga ehtiyojning yo‘qligi etarli iqtisodiy samara beradi. Anesteziya yondashuvi apparatni tejaydigan texnologiya bo‘lib, kasalxonaga yotqizish vaqtini qisqartirish va anesteziya narxini pasaytirish imkonini beradi. KSA usuli yordamida anesteziyaning o‘rtacha narxi 324000 so‘mni, kombinasiyalangan umumiy anesteziya narxi esa 536000 so‘mni tashkil etdi. Kasalxonada qolish muddati: asosiy guruhda: 4,0±0,4 kun, taqqoslash guruhida: 5,7±0,2 kun. Asosiy guruhdagi har bir bemor uchun umumiy xarajat 2324000 so‘mni tashkil etgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: rivojlangan tug‘ma nuqsonlar va siydik-ayirish tizimi kasalliklari bo‘yicha operatsiya qilingan bolalarda tezlashtirilgan tiklanish protokollarida (Fast-track Surgery, Enhanced Recovery After Surgery) umumiy sedatsiya va saqlanib qolgan spontan nafas olish bilan birgalikda spinal anesteziya usulini qo‘llagan holda algoritmni ishlab chiqilgan. Fast-track surgery strategiyasining anesteziologik komponenti (F.T.S.) – Spinal anesteziya bupivakain 0,5% bilan spontan nafas olish saqlanib qolgan turli yoshdagi bolalarda uzoq muddatli ijobiy perioperativ analgeziyani ta’minlaydi, asoratlarning pasayishi, erta faollashishi va enteral ovqatlanishning erta boshlanishi tufayli operatsiyadan keyingi tiklanishni tezlashtiradi. Urologik aralashuvlarda spontan nafas olish sharoitida umumiy sedatsiya bilan SA usulini ishlab chiqish anesteziyaning samaradorligi va xavfsizligini oshirgan, bemorlarning narkozdan keyingi tez tiklanishi uchun sharoitlarni yaxshilash imkonini bergan. Tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan anesteziologik yondashuvi tibbiy amaliyotga joriy etilgan. Xususan, ushbu usul Farg‘ona viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tomonidan operasiya bo‘limi amaliyotida qo‘llanilgan (42-sonli buyruq, 24.04.2024.), shuningdek Sirdaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziy shifoxonasiga (4-73-sonli 13.05.2024-sonli buyruq) joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy texnik Kengashining 2025 yil yanvardagi №11 xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: urologik kasalliklar bo‘yicha operatsiya qilingan bolalarda umumiy sedatsiya va saqlanib qolgan spontan nafas olish bilan birgalikda spinal anesteziya usulidan foydalangan holda ishlab chiqilgan algoritm operatsiyadan keyin tiklanishni yaxshilaydi va reabilitatsiya vaqtini qisqartirgan. iqtisodiy samaradorligi: KSA samaradorligi va xavfsizligini har tomonlama tahlil qilish operatsiyadan keyingi bir qator asoratlarni oldini olgan, bu esa bemorlarning tibbiy muassasalarda qolish muddatini qisqartirgan. Asoratlar darajasi: asosiy guruhda: 4,8%, qiyosiy guruhda: 9,36%. Asosiy guruhda asoratlar darajasi 2 baravar past.
uchinchi ilmiy yangilik: KSA sharoitida spontan nafas olish saqlanib qolgan bemorlarda kislota-asos holatini, qonning gazlar tarkibini va kislorod holatini kuzatish perioperativ perfuziya ko‘rsatqichlari me’yorga kelishi asoslangan. Gipoksiya va/yoki kislorod holatining buzilishini o‘z vaqtida aniqlash imkoniyati oksigenatsiyani yaxshilash choralarini o‘z vaqtida boshlash imkon bergan. Tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan anesteziologik yondashuvi tibbiy amaliyotga joriy etilgan. Xususan, ushbu usul Farg‘ona viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tomonidan operasiya bo‘limi amaliyotida qo‘llanilgan (42-sonli buyruq, 24.04.2024.), shuningdek Sirdaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziy shifoxonasiga (4-73-sonli 13.05.2024-sonli buyruq) joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy texnik Kengashining 2025 yil yanvardagi №11 xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Bolalarda gipoksiya epizodlari yoki kislorod holati buzilishlarini intraoperativ o‘z vaqtida aniqlash oksigenatsiya natijalarini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z vaqtida boshlash imkonini bergan, va gipoksiyali organ-tizimli shikastlanishlarning oldini olishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi. Bemorlarda ham asosiy (spontan nafas olish), ham nazorat guruhlari (o‘pka sun’iy ventilyasiya apparati) tug‘ma nuqsonlar va siydik tizimining kasalliklarini jarrohlik yo‘li bilan tuzatish sharoitida kislota-asos holati va qon gazlarining barcha intraoperativ ko‘rsatkichlariga nisbatan barqaror bo‘lib, bu barcha bemorlarda ventilyasiyaning etarliligini tasdiqlaydi. Biroq, bunga turli yo‘llar bilan erishildi: nazorat guruhi an’anaviy sun’iy ventilyasiya qilingan opioid anesteziyadan foydalangan, bu esa katta resurslarni talab qilgan (xarajat asosiy guruhga qaraganda yuqori). Asosiy guruhda spontan nafas olish qo‘shimcha xarajatlar va resurslarni talab qilmaydi, bu yangi texnologiyaning yuqori samaradorligini tasdiqlangan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Rivojlangan tug‘ma nuqsonlar va siydik-ajratish tizimi kasalliklari bo‘yicha operatsiyalar paytida bolalarda sedatsiya sharoitida spontan nafas olishda KSA usulining texnik samaradorligi va xavfsizligi asoslangan. Tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan anesteziologik yondashuvi tibbiy amaliyotga joriy etilgan. Xususan, ushbu usul Farg‘ona viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tomonidan operasiya bo‘limi amaliyotida qo‘llanilgan (42-sonli buyruq, 24.04.2024.), shuningdek Sirdaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziy shifoxonasiga (4-73-sonli 13.05.2024-sonli buyruq) joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy texnik Kengashining 2025 yil yanvardagi №11 xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Bolalarda spontan nafas olishda spinal anesteziyaning umumiy sedatsiya bilan kombinatsiyalangan usulining texnik samaradorligi va xavfsizligi tug‘ma rivojlanish nuqsonlari va siydik ajratish tizimi kasalliklari bo‘yicha operatsiyalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar darajasini kamaytirish va bolalarning hayot sifati va salomatligini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: Kichik va katta yoshdagi bolalarda KSA texnikasi va algoritmini asoslash bilan anesteziologik yondashuvni qo‘llash operatsiyadan keyingi erta reabilitatsiyaga va bemorlarning kasalxonada bo‘lish vaqtini qisqartirishga yordam beradigan bir qator texnik asoratlarni kamaytirgan.