Nazarova Shaxnoza Xasanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gipertoniya kasalligi bulgan bemorlarda dental implantatsiyaning kullanilishini asoslash», 14.00.21-Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib Tib2504.
Ilmiy rahbar: Pulatova Barno Juraxonovna,tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01 ilmiy kengash. Rasmiy opponentlar: Boymurodov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yusupov Ruslan Dokkaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston Davlat Tibbiyot Universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarda tish implantatsiyasi operatsiyasidan keyin yuzaga keladigan asoratlarning oldini olish va prognoz qilish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gipertenziya I-II bosqich I darajada yuqori zichlikdagi lipoproteinlarning qiymatlari 3,93±1,17 mmol/l ga, gipertenziya I-II bosqich II darajada esa 4,21±1,09 mmol/l ga teng ekanligi aniqlandi, shuningdek past zichlikdagi lipoprotein ko‘rsatgichlari mos ravishda 4,89±1,12 mmol/l va 5,28±1,25 ga teng bo‘lib, bunda tish implantatsiyasi uchun tayyorlangan gipertoniya bilan og‘rigan bemorlarda jag‘ suyagi to‘qimalarining ossteointegratsiya jarayoni 96,1% teng samaradorligi aniqlangan;
gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarda operatsiyadan oldingi va operatsiyadan keyingi davrda kuzatilgan premedikatsiya va ossteointegratsiya jarayonini kooreksiyasidan foydalangan xolda implantatsiyani rad etish va suyak to‘qimalarning rezorbsiyaga uchragan operatsiyadan keyingi asoratlar xavfi 20 % xollarda kamayishi isbotlangan;
I va II darajali gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarda qon oqimi tezligi 0,73 ± 0,023 sm / sek ga sekinlashganda, implantatsiya to‘shagi sohasida osteointegratsiya jarayonning 16% ga nazorat guruhidan yomonlashuvi kuzatilgan va ushbu kiymatda tish implantatsiyasidan voz kechish kerakligi aniqlangan;
gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarda tish implantatsiyasi paytida ossein-gidroksiapatit kompleksini profilaktik rejimda qo‘llash bilan birgalikda monitoring qilingan premedikatsiyaning tavsiya etilgan sxemasi osseointegratsiyaning klinik samaradorligini 96,1% gacha oshirganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ikkilamchi adentiya va gipertenziya mavjud bemorlarda tashxislash, davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent davlat stomatologiya institutining 2024 yil 08 iyuldagi 2-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: gipertenziya I-II bosqich I darajada yuqori zichlikdagi lipoproteinlarning qiymatlari 3,93±1,17 mmol/l ga, gipertenziya I-II bosqich II darajada esa 4,21±1,09 mmol/l ga teng ekanligi aniqlandi, shuningdek past zichlikdagi lipoprotein ko‘rsatgichlari mos ravishda 4,89±1,12 mmol/l va 5,28±1,25 ga teng bo‘lib, bunda tish implantatsiyasi uchun tayyorlangan gipertoniya bilan og‘rigan bemorlarda jag‘ suyagi to‘qimalarining ossteointegratsiya jarayoni 96,1% samaradorlik natijalariga asosan isbotlangan va olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi Kattalar Yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limida (Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasining 2024 yil 13 maydagi № 33-son buyrug‘i va Chilonzor tumanidagi “Beauty Dent” MChJ stomatologiya klinikasi (2024 yil 3 maydagi №25-sonli buyrug‘iga binoan muassasalarning amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: gipertenziya chalingan ikkilamchi adentiyali bemorlarda jag‘ suyaklar to‘qimalarining patologik o‘zgarishlarni tashxislash va davolashda ishlab chiqilgan algoritmning qo‘llanishi, ularga ko‘rsatilayotgan malakali tibbiy yordamdan, xususan amalga oshirilgan jarrohlik aralashuvi natijasining samaradorligidan, keng ma’noda mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimidan qoniqish hissining paydo bo‘lishiga, bemorning zamonaviy tibbiyotga, tibbiyot xodimlariga bo‘lgan qarashlarini ijobiy tomonga o‘zgartiribgina qolmay, uning jamiyatga to‘laqonli qaytishiga, hayot sifatining yaxshilanishiga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gipertenziyada tish qatoridagi nuqsonlari mavjud bemorlarni tashxislash va davolash jarayonida to‘g‘ri tashxis qo‘yish va jarrohlik amaliyotiga to‘g‘ri tayyorlash bemorning davolash muassasalariga qatnovlari sonini 2 barobar kamaytiradi va asoratlarni qisqartirish hisobiga qaytadan jarrohlik amaliyotini amalga oshirishni oldini oladi, iqtisodiy samara mablag‘ hisobida o‘rtacha 4100000 so‘mni tashkil etdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarda operatsiyadan oldingi va operatsiyadan keyingi davrda kuzatilgan premedikatsiya va ossteointegratsiya jarayonini kooreksiyasidan foydalangan xolda implantatsiyani rad etish va suyak to‘qimalarning rezorbsiyaga uchragan operatsiyadan keyingi asoratlar xavfi 20 % xollarda kamayishi imkon berishi va tahlil natijalariga asoslanib, isbotlangan va olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan,Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi Kattalar Yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limida (Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasining 2024 yil 13 maydagi № 33-son buyrug‘i va Chilonzor tumanidagi “Beauty Dent” MChJ stomatologiya klinikasi (2024 yil 3 maydagi №25-sonli buyrug‘iga binoan muassasalarning amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tatbiq natijasida davolanish muddati qisqardi, an’anaviy davolash usullariga xos bo‘lgan asoratlarni oldi olindi, qo‘shimcha davolash bilan bog‘liq bo‘lgan noqulayliklar bartaraf etildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarda suyak to‘qimalar patologik o‘zgarishi va ikklamchi adentiya mavjud 1 nafar bemor uchun jarrohlik va korreksion terapiya usulining joriy qilinishi hisobiga qayta o‘tkaziladigan jarrohlik amaliyoti darajasini 23% dan 3,2% ga kamaytirish hisobiga 4100000 so‘m iqtisod qilinadi (tajribaga ko‘ra 23% bemorlarda boshqa jarrohlik taktika operatsiyasi amalga oshirildi), bemorlar hayot sifatini yaxshilash va bemorlarni statsionarda davolanish muddatlarini qisqartirishi xisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishildi.
uchinchi ilmiy yangilik: I va II darajali gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarda qon oqimi tezligi 0,73 ± 0,023 sm/sek ga sekinlashganda, implantatsiya to‘shagi sohasida osteointegratsiya jarayonning 16% ga nazorat guruhidan yomonlashuvi kuzatilgan va ushbu kiymatda tish implantatsiyasidan voz kechish kerakligi aniqlangan va olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi Kattalar Yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limida (Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasining 2024 yil 13 maydagi № 33-son buyrug‘i va Chilonzor tumanidagi “Beauty Dent” MChJ stomatologiya klinikasi (2024 yil 3 maydagi №25-sonli buyrug‘i)ga binoan muassasalarning amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: jag‘lar estetik va funksional jihatdan tiklanishi bemorning ishga layoqatsizligini kamaytirishi, jamoada ijtimoiy aloqalarning tiklanishi, bemorning ruhiy holatiga ta’siri va bemor og‘iz bo‘shligida va nutqidagi nuqson sababli shakllangan komplekslarning bartaraf etilishi orqali ijtimoiy hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorlik aniqlashda xar bir bemorning reabilitatsiya davrini qisqartirish, qo‘llanilayotgan davolash usulining tannarxi, sarflangan vaqt va bir qatnov uchun ketgan vaqtlarning o‘rtacha arifmetik qiymati bo‘yicha amalga oshirildi. Davolashning operatsiyadan oldingi va keyingi bosqichlarida biokimiyo markerlar (kalsitonin, paratgormon asosida tashhislash, shu toifadagi usullaridan foydalanish ushbu patologiyali bemorlarda o‘tkaziladigan jarrohlik aralashuvlarini rejalashtirish va davolash natijalarini baholash uchun qulay sharoit yaratib beradi. Shu tufayli, bemorlarning davolash muassasalariga qatnovi 2 barobar kamayadi. Tavsiya etilgan davolash usulini qo‘llash davo samaradorligini 2-2,5 martagacha oshirish hamda kamida 2450000 so‘m tejashga imkon berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarda tish implantatsiyasi paytida ossein-gidroksiapatit kompleksini profilaktik rejimda qo‘llash bilan birgalikda monitoring qilingan premedikatsiyaning tavsiya etilgan sxemasi osseointegratsiyaning klinik samaradorligini 96,1% gacha oshirganligi, xamda zarurligi aniqlangan va olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi Kattalar Yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limida (Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasining 2024 yil 13 maydagi № 33-son buyrug‘i va Chilonzor tumanidagi “Beauty Dent” MChJ stomatologiya klinikasi (2024 yil 3 maydagi №25-sonli buyrug‘i)ga binoan muassasalarning amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gipertenziyaga chalingan ikkilamchi adentiyali bemorlarda jag‘ suyaklar to‘qimalarining patologik o‘zgarishlarni tashxislash va davolashda ishlab chiqilgan algoritmning qo‘llanishi, uning jamiyatga to‘laqonli qaytishiga, hayot sifatining yaxshilanishiga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gipertenziyada tish qatoridagi nuqsonlari mavjud bemorlarni tashxislash va davolash jarayonida to‘g‘ri tashxis qo‘yish va jarrohlik amaliyotiga to‘g‘ri tayyorlash bemorning davolash muassasalariga qatnovlari sonini 2 barobar kamaytiradi va asoratlarni qisqartirish hisobiga qaytadan jarrohlik amaliyotini amalga oshirishni oldini oladi, ortiqcha harajatlarni kamaytiradi. Iqtisodiy samarani hisoblashda, an’anaviy bilan taklif etilgan davolash usuli uchun sarflanadigan xarajatlar kiyosiy solishtirilib, to‘liq tan narxining o‘rtacha arifmetik qiymati bo‘yicha amalga oshirildi. Shuningdek, taklif etilgan davolash usuli gipertoniya kasalligi bulgan bemorlarda dental implantatsiyaning kullanilish muddatini o‘rtacha 2 haftaga qisqartirdi hamda kamida 2230000 so‘m tejalishiga olib keldi.