Kamolova Lobar Yagmurovnaning
falsafa  doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.   Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali pielonefrit bilan og‘rigan bolalarda stomatologik holat va ularda kariesni davolashni takomillashtirish», 14.00.21- Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3874.
Ilmiy rahbar: Shadieva Shodiya Shuxratovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03.
Rasmiy opponentlar: Saidov Akbar Axadovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Kopeskiy Igor` Sergeevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi)
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali pielonefrit bilan kasallangan bolalarda  asosiy stomatologik kasalliklarni o‘rganish, baholash va ularda karies profilaktikasini takomillashtirishdan iborat.
III.   Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali pielonefrit bilan og‘rigan bolalarda organizmdagi klinik-funsional, biokimyoviy ko‘rsatkichlar va og‘iz bo‘shlig‘ida asosiy stomatologik kasalliklarning klinik alomatlari o‘zaro bog‘liqligi asoslangan; 
surunkali pielonefrit bilan og‘rigan bolalarda og‘iz suyuqligi ko‘rsatkichlarida biofizik o‘zgarishlar, og‘iz bo‘shlig‘ida gigiena darajasi va parodont yumshoq to‘qimalarida yallig‘lanish reaksiyasi asosida tishlar kariesi rivojlanishining asosiy xavf omili ekanligi aniqlangan; 
ilk bor surunkali pielonefrit bilan og‘rigan bolalarda chuqur ftorlash bilan birga reminerallashtiruvchi terapiyaning yuqori profilaktik samaradorligi aniqlangan;
surunkali pielonefrit bilan og‘rigan bolalarda stomatologik kasalliklarni davolash va profilaktika qilish kompleksi tarkibiga kirgan nazoratli tish yuvish, og‘iz bo‘shlig‘i gigienasiga rioya qilish, gigiena vositalarini tanlab berish, stomatolog qabuliga har chorakda bir marta tashrif buyurish tadbirlarining ijobiy samarasi isbotlangan hamda bemor bolalarda davolovchi-profilaktik algoritmi  takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024  yil 26 avgustdagi 05/53-son xulosasisiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: surunkali pielonefrit bilan og‘rigan bolalarda organizmdagi klinik-funksional, biokimyoviy ko‘rsatkichlar va og‘iz bo‘shlig‘ida asosiy stomatologik kasalliklarning klinik alomatlari o‘zaro bog‘liqligi asoslangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati shundan iboratki, olingan xulosalar va takliflar o‘ziga xos nazariy ahamiyatga ega bo‘lib, ular surunkali pielonefrit bilan og‘rigan bolalarda organizmdagi bioximik tekshiruv natijalari qondagi makro va mikro elementlar miqdorining o‘zgarganini, shunga mos ravishda karies intensivlik darajasini o‘rganishga imkon beradi.  Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (28.06.2024 y.; №61), Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (01.07.2024 y.; №01-33) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Olingan natijalar curunkali pielonefrit mavjud bemor bolalarda erta tashxiclash va davolashga imkon berdi. Yuqoridagi davolash ucullari ushbu kontingentdagi bemorlarda klinik-laborator yordamni tashkil qilish hamda kacalliklarning acoratlarini oldini olish uchun xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali pielonefrit bilan og‘rigan bemor bolalarda karies kasalligini davo-profilaktika kilish maksadida tavsiya etilayotgan kompleks davolash usuli “Fluorex+biokal`siy tish pastasi” yordamida o‘tkazilgan chuqur ftorlash va remineralizatsiya terapiyaning yuqori iqtisodiy samaradorligi aniklandi. Stomatologik davo-muolajalarini o‘tkazish jarayonida har 1 nafar bemorga sarflangan mablag‘ning 250000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa mablag‘ tejalishi, mukammallashtirilgan tashxislash jarayonini ta’minladi. Davo muddatini esa 5 kunga qisqartirdi. Xulosa: Curunkali pielonefritga chalingan bemor bolalarda parodont kacalliklari cog‘lom bolalarga nicbatan 1.2 marta ko‘p uchrashi, co‘lak bezlarining fiziologik funksiyalarining buzilib, og‘iz bo‘shlig‘i gigiena darajacining pacayishidan va og‘iz bo‘shlig‘ida o‘zini-o‘zi tozalash jarayonlarining cucayishidan guvohlik qiladi. 
ikkinchi ilmiy yangilik surunkali pielonefrit bilan og‘rigan bolalarda og‘iz suyuqligi ko‘rsatkichlarida biofizik o‘zgarishlar, og‘iz bo‘shlig‘ida gigiena darajasi va parodont yumshoq to‘qimalarida yallig‘lanish reaksiyasi asosida tishlar kariesi rivojlanishining asosiy xavf omili ekanligi aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Olingan natijalarning tahlili SST pasayishi va uning qovushqoqligining ortishi so‘lakning tozalash funksiyasi sezilarli buzilishiga olib kelishidan guvohlik qiladi. Og‘iz bo‘shlig‘ida o‘zini-o‘zi tozalash jarayonini buzadi, tish karashi hosil bo‘lishi va to‘planishining tezligi ortishiga hamda og‘iz bo‘shlig‘ida patogen mikroflora ko‘payishiga olib keladi. Og‘iz suyuqligida pH ning o‘rganilishi, agar sog‘lom bolalarda me’yor 6,9 bo‘lganida, bemor bolalarda bu ko‘rsatkich etarlicha past ekanligini ko‘rsatdi.  Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (2179-2-208-TV/2024-son), Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (01.07.2024 y.; №01-33) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Olingan ma’lumotlarni tahlil qilib, surunkali pielonefrit bilan og‘rigan bemor bolalarning og‘iz bo‘shlig‘ida asosiy kasallik kechuvining og‘irligiga bog‘liq bo‘lgan, so‘lak bezlari sekretor funksiyasining miqdor va sifat ko‘rsatkichlari o‘zgarishi bilan sodir bo‘ladigan ishonchli mahalliy o‘zgarishlar kuzatilishi aniqlandi. Iqtisodiy samaradorligi: Surunkali pielonefrit bilan og‘rigan bemor bolalarda karies kasalligini davo-profilaktika kilish maksadida tavsiya etilayotgan kompleks davolash usuli “Fluorex+biokal`siy tish pastasi” yordamida o‘tkazilgan chuqur ftorlash va remineralizatsiya terapiyaning yuqori iqtisodiy samaradorligi aniklandi. Stomatologik davo-muolajalarini o‘tkazish jarayonida har 1 nafar bemorga sarflangan mablag‘ning 250000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa mablag‘ tejalishi, mukammallashtirilgan tashxislash jarayonini ta’minladi. Davo muddatini esa 5 kunga qisqartirdi. Xulosa. Bemor bolalarning og‘iz cuyuqligi qovushqoqligining ortib, rN muhitining kiclotali tomonga ciljishi ularda parodont kacalliklarini ortishiga cabab bo‘ladi. Shunday qilib, parodont kacalliklari Curunkali pielonefritning obctruktiv bo‘lmagan shakli bilan taqqoclaganda obctruktiv shakli bilan og‘rigan bolalarda ishonchli yuqori. 
uchinchi ilmiy yangilik ilk bor surunkali pielonefrit bilan og‘rigan bolalarda chuqur ftorlash bilan birga reminerallashtiruvchi terapiyaning yuqori profilaktik samaradorligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: surunkali pielonefrit bilan og‘rigan bolalarda chuqur ftorlash bilan birga reminerallashtiruvchi terapiya natijasida tishlarning kariesga chidamlilik darajasi oshganligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (28.06.2024 y.; №61), Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (01.07.2024 y.; №01-33) bilan amaliyotga joriy etildi.  Ijtimoiy samaradorligi: Remineralizatsiya uchun kompleks stomatologik yondashuvda qo‘llanilgan “biokal`siy” tish pastasi preparati, chuqur ftorlash uchun “Fluorex” preparati bugungi kunda surunkali pielonefrit kasalligiga chalingan bolalar uchun kariesning samarali oldini oluvchi vosita hisoblanadi. Iqtisodiy samaradorligi: Surunkali pielonefrit bilan og‘rigan bemor bolalarda karies kasalligini davo-profilaktika kilish maksadida tavsiya etilayotgan kompleks davolash usuli “Fluorex+biokal`siy tish pastasi” yordamida o‘tkazilgan chuqur ftorlash va remineralizatsiya terapiyaning yuqori iqtisodiy samaradorligi aniklandi. Stomatologik davo-muolajalarini o‘tkazish jarayonida har 1 nafar bemorga sarflangan mablag‘ning 250000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa mablag‘ tejalishi, mukammallashtirilgan tashxislash jarayonini ta’minladi. Davo muddatini esa 5 kunga qisqartirdi. Xulosa. Curunkali pielonefrit kacalligiga chalingan bolalarda klinik namoyon bo‘lmacdan kechadigan curunkali kataral gingivitda milkning yallig‘lanish reaksiyacini aniqlash maqcadida parodont yumshoq to‘qimalarining curtmalarini sitologik o‘rganish ko‘rcatkichlaridan foydalanish zarur. Bunda hujayra to‘plamida epitelial hujayralarning 2,4% dan ortiq kamayishi va shu acnoda sitoplagiya belgili hujayralar to‘plamining ishonchli o‘cishi kuzatildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali pielonefrit mavjud bolalarda kariesni davolashda kasallikning etiopatogenetik mexanizmlarini bartaraf etishga asoslangan davo-profilaktik usullarini taklif etish. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Stomatologik davo-profilaktik kompleksi kursining o‘tkazilishi an’anaviy davolash bilan taqqoslaganda surunkali pielonefrit kasalligiga chalingan bolalarda asosiy stomatologik kasalliklarning profilaktikasi va davolanishi uchun etarlicha samarali usul ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (2179-2-208-TV/2024-son), Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (01.07.2024 y.; №01-33) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Olingan natijalar curunkali pielonefrit mavjud bemor bolalarda erta tashxiclash va davolashga imkon berdi. Yuqoridagi davolash ucullari ushbu kontingentdagi bemorlarda klinik-laborator yordamni tashkil qilish hamda kacalliklarning acoratlarini oldini olish uchun xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: Surunkali pielonefrit bilan og‘rigan bemor bolalarda karies kasalligini davo-profilaktika kilish maksadida tavsiya etilayotgan kompleks davolash usuli “Fluorex+biokal`siy tish pastasi” yordamida o‘tkazilgan chuqur ftorlash va remineralizatsiya terapiyaning yuqori iqtisodiy samaradorligi aniklandi. Stomatologik davo-muolajalarini o‘tkazish jarayonida har 1 nafar bemorga sarflangan mablag‘ning 250000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa mablag‘ tejalishi, mukammallashtirilgan tashxislash jarayonini ta’minladi. Davo muddatini esa 5 kunga qisqartirdi. Xulosa: Acociy kacallik fonida o‘tkaziladigan kariecning oldini oluvchi, davolash va gigiena tadbirlari komplekcining uyg‘unligidan tashkil topgan davolash-profilaktik algoritmi ctomatologik yordam camaradorligini oshirishga va bemor bolalarda og‘iz cuyuqligining reminerallashtiruvchi qobiliyatning kuchayishiga yordam berish orqali bir nafar bemorga sarflanadigan byudjet mablag‘larini 250000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 180000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish