Raxmonov Abduxalil Xomidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Sun'iy intellekt va raqamli texnologiyalar asosida kasbiy ta'lim tizimini takomillashtirish», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1605.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Abduraxmonov Kalandar Xodjaevich, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01
Rasmiy opponentlar: Xudoyberdiev Zayniddin Yavkachevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xolmuxamedov Muxsinjon Murodullaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar asosida kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish va shunga ko‘ra mehnat bozorining real ehtiyojlariga mos yuqori malakaga ega mutaxassislarni tayyorlash samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim jarayonining iqtisodiy samaradorligini kompleks baholash va mehnat bozori ehtiyojlarini prognoz qilish imkonini kengaytirishda SIni individual ta’lim traektoriyalarini adaptiv shakllantirish, talabalarning akademik natijalarini avtomatlashtirilgan monitoring qilish va bilimlaridagi bo‘shliqlarni o‘z vaqtida aniqlash uchun qo‘llash asoslangan holda sun’iy intellekt (SI) va raqamli texnologiyalar asosida kasbiy ta’lim tizimini moliyalashtirish modellari ishlab chiqilgan;
kasbiy ta’limni raqamli transformatsiya qilishning konseptual modellarini virtual laboratoriyalar, interaktiv trenajyorlar, to‘ldirilgan va virtual reallik (AR/VR) texnologiyalari hamda intellektual ta’lim tizimlariga ko‘ra ishlab chiqishning maqsadga muvofiqligi asoslanib, uning iqtisodiy-texnologik ta’minoti taklif etilgan;
kasbiy ta’lim muassasalarini boshqarish tizimi akademik avtonomiyani kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalari va xalqaro ta’lim sheriklari bilan tarmoqli hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, moslashuvchan ta’lim dasturlarini joriy etishga ko‘ra takomillashtirilgan;
dual ta’lim tizimini modernizatsiya qilishga ko‘ra unga intellektual texnologiyalarni joriy etish, jumladan, amaliy ko‘nikmalarni baholashning avtomatlashtirilgan tizimlari, ishlab chiqarish jarayonlarining raqamli simulyasiyalari va bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha prognostik modellarni kiritish asoslanib, uning amaliy ta’minoti taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar asosida kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish vashunga ko‘ra mehnat bozorining real ehtiyojlariga mos yuqori malakaga ega mutaxassislarni tayyorlash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ta’lim jarayonining iqtisodiy samaradorligini kompleks baholash va mehnat bozori ehtiyojlarini prognoz qilish imkonini kengaytirishda SIni individual ta’lim traektoriyalarini adaptiv shakllantirish, talabalarning akademik natijalarini avtomatlashtirilgan monitoring qilish va bilimlaridagi bo‘shliqlarni o‘z vaqtida aniqlash uchun qo‘llash asoslangan holda sun’iy intellekt (SI) va raqamli texnologiyalar asosida kasbiy ta’lim tizimini moliyalashtirish modellari bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 6 oktyabrdagi PF-158-son «Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonining 1-bandi 5-xatboshisida, 6-bandi "b" kichik bandida hamda 6-ilova va 11-ilovaning 9-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 25 avgustdagi 03/11-2082-sonli ma’lumotnomasi). SIni individual ta’lim traektoriya-larini adaptiv shakllantirish va talabalar akademik natijalarini avtomatlashtirilgan monitoring qilishga joriy etish quyidagi natijalarga olib kelishiga taklif muayyan darajada xizmat qilgan: baholashda sub’ektivlikning 85,0%ga kamayishi, kasbiy tayyorgarlik darajasining 60,0%ga oshishi, hujjatlardagi xatolarning 30,0%ga kamayishi, ta’lim jarayonidagi xatarlarning 35,0-50,0%ga pasayishi va mehnat bozori uchun kadrlar prognozini yaxshilanishi;
kasbiy ta’limni raqamli transformatsiya qilishning konseptual modellarini virtual laboratoriyalar, interaktiv trenajyorlar, to‘ldirilgan va virtual reallik (AR/VR) texnologiyalari hamda intellektual ta’lim tizimlariga ko‘ra ishlab chiqishning maqsadga muvofiqligi asoslanib, uning iqtisodiy-texnologik ta’minoti bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 6 oktyabrdagi PF-158-son «Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonining 11-ilovasi 20-bandi va 8-ilovasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 25 avgustdagi 03/11-2082-sonli ma’lumotnomasi). Virtual laboratoriyalar, interaktiv trenajyorlar va AR/VR texnologiyalaridan foydalangan holda kasbiy ta’limni raqamli transformatsiya qilishning konseptual modellarini joriy etish quyidagi natijalarga olib kelishiga taklif muayyan darajada xizmat qilgan: uskunalar va materiallar xarajatlarining 40,0%ga kamayishi, mutaxassislar tayyorgarlik sifatining 35,0%ga oshishi, bitiruvchilarning moslashuv davrining 25,0%ga qisqarishi va ishlab chiqarishdagi xatolarning 30,0%ga kamayishi;
kasbiy ta’lim muassasalarini boshqarish tizimi akademik avtonomiyani kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalari va xalqaro ta’lim sheriklari bilan tarmoqli hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, moslashuvchan ta’lim dasturlarini joriy etishga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 6 oktyabrdagi PF-158-son “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 8-ilovasi 5-bandi va 11-ilovasi 22-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 25 avgustdagi 03/11-2082-sonli ma’lumotnomasi). Akademik avtonomiya, tarmoqli hamkorlik va moslashuvchan ta’lim dasturlariga asoslangan kasbiy ta’lim muassasalarini boshqarish tizimini joriy etish quyidagi natijalarga olib kelishiga taklif muayyan darajada xizmat qilgan: byurokratik jarayonlarning 30,0%ga kamayishi, talabalarning akademik mobilligi 45,0%ga oshishi, xalqaro ta’lim sherikliklari 50,0%ga o‘sishi va bitiruvchilarning ishga joylashish darajasining 20,0%ga ko‘tarilishi;
dual ta’lim tizimini modernizatsiya qilishga ko‘ra unga intellektual texnologiyalarni joriy etish, jumladan, amaliy ko‘nikmalarni baholashning avtomatlashtirilgan tizimlari, ishlab chiqarish jarayonlarining raqamli simulyasiyalari va bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha prognostik modellarni kiritishning modellar taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 6 oktyabrdagi PF-158-son «Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonining 11-ilovasi 5-bandi va 6-ilovasi 4-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 25 avgustdagi 03/11-2082-sonli ma’lumotnomasi). Intellektual texnologiyalar asosida dual ta’lim tizimini modernizatsiya qilishda quyidagi natijalarga olib keliiga taklif muayyan darajada xizmat qilgan: amaliy tayyorgarlik xarajatlarining 35,0%ga kamayishi, bitiruvchilarni muvaffaqiyatli ishga joylashtirish ko‘rsatkichining 40,0%ga oshishi, kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni prognoz qilish aniqligining 45,0%ga yaxshilanishi va amaliy ko‘nikmalarni baholashdagi xatolarning 30,0%ga kamayishi.