Rustam Ravshanovich Galimovning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Janubiy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda Pokiston omili” mavzusidagi 23.00.04 - “Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari”. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ss338
Ilmiy rahbar: Niyazova Nargiza Muxtarovna, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02
Rasmiy opponentlar: 
Muhammadsidiqov Muhammadolim Muhammadroziq o‘g‘li, siyosiy fanlar doktori, professor;
Akmalov Shoislam Ikramovich, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Pokiston omilining Janubiy Osiyodagi mintaqaviy rivojlanish jarayonlari va xavfsizlik tizimini shakllantirishga ta’sirini kompleks tahlil qilish hamda Markaziy Osiyo bilan muvofiqlashtiruvchi hamkorlikni ta’minlashini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Janubiy Osiyo mintaqasi davlatlari munosabatlarida ularning xavfsizlik tahdidlariga qarshi kurashishda “transmintaqaviy xavfsizlik” konsepsiyasi siyosiy jihatdan muhimligi va bunda mintaqaviy hamkorlik sohasida zamonaviy mexanizmni yo‘lga qo‘yish ahamiyati ochib berilgan, hamda “xavfsizlik” fenomenining zamonaviy xususiyatlari ilmiy asoslangan. 
Pokiston tashqi siyosati yo‘nalishida strategik ustuvorliklarning o‘zgarishi, jumladan, aloqalarni diversifikatsiyalash, qo‘shni davlatlar bilan iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash, ko‘p tomonlama diplomatiyani shakllantirish va global tashabbuslarda ishtirokka yo‘naltirilganlik, shuningdek, “Transafg‘on transport koridori”, “TAPI”, “CASA-1000” va boshqa mintaqaviy loyihalarni amalga oshirishga bo‘lgan qiziqish asoslangan;
Janubiy Osiyo taraqqiyotining ustuvor va strategik yo‘nalishlarini takomillashtirish, davlatlararo ishonch borasida inqiroz kuchayib borayotgan sharoitda, Janubiy Osiyo mintaqaviy hamkorlik assotsiatsiyasiga a’zo davlatlar o‘rtasida mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida o‘zaro aloqalar va institutsional mexanizmlarni mustahkamlash zarurati ochib berilgan;
O‘zbekistonning Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslari, shuningdek, “O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ochiq va pragmatik tashqi siyosat, ShHT doirasidagi birdamlik tashabbusi bilan uyg‘unlashib, ShHT va Janubiy Osiyo mintaqaviy hamkorlik assotsiatsiyasi o‘rtasida institutsional hamkorlikni rivojlantirish zaruriyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Janubiy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda Pokiston omilini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar, nazariy va amaliy xulosalar, tavsiya va ishlanmalar asosida: 
Pokistonning Janubiy Osiyo mintaqasi xavfsizligidagi rolining rivojlanishi va “transmintaqaviy xavfsizlik” konsepsiyasining zamonaviy mexanizm sifatida Janubiy Osiyo mintaqasi davlatlari o‘rtasidagi xavfsizlikka tahdidlarni bartaraf etishdagi o‘zaro munosabatlarda aks etishi borasidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining “Janubiy Osiyo, Yaqin, O‘rta Sharq va Afrika davlatlari bilan hamkorlik” boshqarmasi tomonidan foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi TIVning 2024-yil 22-oktyabrdagi №18-107/31347 ma’lumotnomasi). Natijada mazkur takliflar sohaning me’yoriy-huquqiy va axborot-tahliliy bazasini takomillashtirish va ularni amaliy qo‘llashga xizmat qildi.
Pokiston tashqi siyosatidagi strategik ustuvorliklarning o‘zgarishi, jumladan, aloqalarni diversifikatsiyalash, qo‘shni davlatlar bilan iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash, ko‘p tomonlama diplomatiyani shakllantirish va global tashabbuslarda ishtirok etishga yo‘naltirilgan, shuningdek, “Transafg‘on transport koridori”, boshqa mintaqaviy loyihalarni amalga oshirishga bo‘lgan qiziqishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi tomonidan kadrlarini tayyorlash boʻyicha tegishli kurslarni tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabining 2024-yil 22-noyabrdagi 9088-son ma’lumotnomasi). Natijada Mazkur takliflar o‘quv qo‘llanmalar tayyorlashda axborot-analitik bazani takomillashtirilishga xizmat qildi.
Janubiy Osiyo taraqqiyotining ustuvor va strategik yo‘nalishlarini takomillashtirish, davlatlararo ishonch borasida inqiroz kuchayib borayotgan sharoitda, Janubiy Osiyo mintaqaviy hamkorlik assotsiatsiyasiga a’zo davlatlar o‘rtasida mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida o‘zaro aloqalar va institutsional mexanizmlarni mustahkamlash zaruratiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan vazirlik va idoralarga yuboriladigan axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2024-yil 1-noyabrdagi 14-07-1682-son maʼlumotnomasi). Natijada mazkur takliflar sohaning me’yoriy-huquqiy va axborot-tahliliy bazasini takomillashtirish va ularni amaliy qo‘llashga xizmat qildi.
O‘zbekistonning Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslari, shuningdek, “O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ochiq va pragmatik tashqi siyosat, ShHT doirasidagi birdamlik tashabbusi bilan uyg‘unlashib, ShHT va Janubiy Osiyo mintaqaviy hamkorlik assotsiatsiyasi o‘rtasida institutsional hamkorlikni rivojlantirish zaruriyatiga oid xulosalardan O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazning xalqaro tadbirlarni tashkil etish jarayonlarida foydalanilgan.(O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazning 2025-yil 7-apreldagi 179/25-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur takliflar tegishli hujjatlarni vazirliklar va idoralarga tayyorlashda axborot-analitik bazaning takomillashtirilishiga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish