Suyunova Barno Safarali qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yaponiya tashqi siyosatida Markaziy Osiyo yo‘nalishi” mavzusidagi 23.00.04 – “Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari”. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ss497
Ilmiy rahbar: Madaminova Durdona Iskandarovna, siyosiy fanlar doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02
Rasmiy opponentlar: 
Karimova Natalya Ermanovna, tarix fanlari doktori, professor.
Elmurodov Eldorbek Shodiyorovich, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yaponiya tashqi siyosatida Markaziy Osiyo yo‘nalishining shakllanish va rivojlanish xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Yaponiya o‘z tarixida amalga oshirgan militarizm uslublaridan hozirgi kunda tamomila voz kechib, kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik, davlatlarning suveren tengligini hurmat qilish, hududiy yaxlitlik va nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish kabi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari hamda Yaponiyaning “dunyo – bir oila” tamoyiliga asoslangan tashqi siyosiy yondashuvi patsifizm konsepsiyasiga ko‘ra asoslab berilgan.
Yaponiyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro munosabatlari rivojiga muhim ta’sir ko‘rsatgan nodir metallarga bo‘lgan ehtiyojning ortishi va energetika resurslari bilan bogʻliq omillar mintaqadagi transport va logistika tarmogʻining keng rivojiga xizmat qilishi, energetika resurslari savdosi, transport infratuzilmasining barpo etilishi va qayta tiklanadigan energiya manbalarini takomillashtirishga qaratilgan tashqi siyosati “resurs diplomatiyasi” asosida isbotlangan.
Yaponiya tashqi siyosatida Markaziy Osiyo respublikalarining barqaror iqtisodiy-ijtimoiy o‘sishiga ko‘maklashish maqsadida mintaqaning har bir davlatiga nisbatan ishlab chiqilgan “o‘zaro hamkorlik siyosati” maqsadli loyihasi doirasida belgilab olingan ustuvor yo‘nalishlar va Yaponiyaning rivojlanayotgan davlatlar taraqqiyotini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan strategiyasi Yaponiya xalqaro hamkorlik tashkilotining Taraqqiyotga rasmiy yordam dasturi asosida dalillangan. 
O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi strategik hamkorlik aloqalarining jadal sur’atlarda rivojlanishi va uning “Markaziy Osiyo+Yaponiya” ko‘p tomonlama formati orqali rivojlanish tendensiyalarida Yaponiyaning mintaqa davlatlari qishloq xo‘jaligi, transport-kommunikatsiya, xavfsizlik, ekologiya, yashil energiya va turizm sohasidagi tizimli muammolarini hal qilishga ko‘maklashish maqsadlarini inobatga olgan holda, “Katta Markaziy Osiyo+Yaponiya” hamkorlik muloqotini tashkil etish taklifi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yaponiya tashqi siyosatida Markaziy Osiyo yo‘nalishini yoritish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Yaponiya tashqi siyosatida Markaziy Osiyo respublikalarining barqaror iqtisodiy-ijtimoiy o‘sishiga ko‘maklashish maqsadida mintaqaning har bir davlatiga nisbatan ishlab chiqilgan “o‘zaro hamkorlik siyosati” maqsadli loyihasi doirasida belgilab olingan ustuvor yo‘nalishlar va Yaponiyaning rivojlanayotgan davlatlar taraqqiyotini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan strategiyasi Yaponiya xalqaro hamkorlik tashkilotining Taraqqiyotga rasmiy yordam dasturi asosida dalillangani xususidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi tomonidan tahliliy materiallarni tayyorlashda foydalanildi. (Tashqi ishlar vazirligining 2024-yil 22-noyabrdagi 16506-sonli dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada bildirilgan ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalar sohaga oid axborot-tahliliy bazani takomillashtirishga va amalda qo‘llashga xizmat qilgan.
Yaponiyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro munosabatlari rivojiga muhim ta’sir ko‘rsatgan nodir metallarga bo‘lgan ehtiyojning ortishi va energetika resurslari bilan bogʻliq omillar mintaqadagi transport va logistika tarmogʻining keng rivojiga xizmat qilishi, energetika resurslari savdosi, transport infratuzilmasining barpo etilishi va qayta tiklanadigan energiya manbalarini takomillashtirishga qaratilgan tashqi siyosati “resurs diplomatiyasi” asosida isbotlangani borasidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi Yaponiya parlamenti bilan hamkorlik bo‘yicha guruhning ish rejalarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi tomonidan berilgan 2024-yil 23-oktyabrdagi 04/6-10-2512-sonli dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyadagi xulosalar, taklif va tavsiyalar sohaga oid axborot-tahliliy bazani takomillashtirishga va amalda qo‘llashga xizmat qilgan.
Yaponiya o‘z tarixida amalga oshirgan militarizm uslublaridan hozirgi kunda tamomila voz kechib, kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik, davlatlarning suveren tengligini hurmat qilish, hududiy yaxlitlik va nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish kabi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari hamda Yaponiyaning “dunyo – bir oila” tamoyiliga asoslangan tashqi siyosiy yondashuvi “patsifizm” konsepsiyasiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar tashkil etishda, ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risidagi tahliliy materiallar tayyorlashda, shuningdek, madaniy-ma’rifiy sohadagi tadbirlarni tashkil etishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2024-yil 9-iyuldagi 14-07-1135-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan taklif va xulosalar Yaponiya va Markaziy Osiyo xalqlari o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlash, ular bilan manfaatli ilmiy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilgan.
O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi strategik hamkorlik aloqalarining jadal sur’atlarda rivojlanishi va uning “Markaziy Osiyo+Yaponiya” ko‘p tomonlama formati orqali rivojlanish tendensiyalarida Yaponiyaning mintaqa davlatlari qishloq xo‘jaligi, transport-kommunikasiya, xavfsizlik, ekologiya, yashil energiya va turizm sohasidagi tizimli muammolarini hal qilishga ko‘maklashish maqsadlarini inobatga olgan holda, “Katta Markaziy Osiyo+Yaponiya” hamkorlik muloqotini tashkil etish taklifi va ilmiy xulosalaridan TDShUda bajarilgan IL-5221091507 “Markaziy va Janubiy Osiyo o‘zaro bog‘liqligining barqaror rivojlanish omillari va istiqboli (O‘zbekistonning tashabbuslari asosida)” loyihasi doirasida Markaziy va Janubiy Osiyo o‘zaro bog‘liqligining siyosiy va iqtisodiy masalalarini yoritishda foydalanilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2024-yil 28-iyundagi 01-04-01/1445-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, davlatlar o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan siyosatni muvofiqlashtirishda manba sifatida xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish