Yo‘ldosheva Maftuna Baxtiyor qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xorijiy investisiyalarni jalb etishning samarali usullarini takomillashtirish ”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3753. 
Ilmiy rahbar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Turaev Shavkat Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xorijiy investisiyalarni jalb etishning samarali usullarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
iqtisodiy o‘sishning yangi va ustuvor-istiqbolli manbalarida potensial va manfaatli investorlarning “investision mavqei”ni mustahkamlash strategiyasi ishlab chiqilgan;
xorijiy investisiyalardan foydalanish samaradorligi darajasini investision faollik va jalb etilgan sarmoyaning daromadliligi ko‘rsatkichlari asosida investision reytingni baholash tartibi taklif etilgan; 
istiqbolda xorijiy investorning yuqori qiymatli va o‘z mablag‘lari ulushi 25 foizdan kam bo‘lmagan qo‘shma investisiya loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi asoslangan; 
ming kvadrat metrdan ortiq er uchastkalari va bino-inshootlarga nisbatan mulk huquqini qo‘lga kiritgan tadbirkorlik sub’ektlariga mol-mulk solig‘i va er solig‘i bo‘yicha hisoblangan soliqlarni to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berish tartibi ishlab chiqilgan.  
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xorijiy investisiyalarni jalb etishning samarali usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
iqtisodiy o‘sishning yangi va ustuvor-istiqbolli manbalari hisobidan milliy iqtisodiyotga  xorijiy investisiyalarni jalb etish usullarini takomillashtirish maqsadida potensial va manfaatli investorlarning “investision mavqei”ni mustahkamlashning milliy Strategiyasini ishlab chiqishga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28 yanvar 2022 yildagi “Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi №PF-60-son Farmonida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil  26 yanvardagi 03/41-7-1986-son ma’lumotnomasi). mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida 2022-2023 yillarda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy investisiya ishtirokidagi korxonalarning maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari bilan hamkorlikdagi shartnomani uzaytirish haqida qo‘shimcha arizalari soni 23,9 foizga oshgan;
iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish faoliyati samaradorligini oshirish, xorijiy investorlarni mamlakatimiz imkoniyatlari va salohiyati to‘g‘risida xabardor qilish, xorijiy investisiyalarni jalb etish va o‘zlashtirish sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni yaxshilash maqsadida xorijiy investisiyalardan foydalanish samaradorligi darajasini investision faollik va jalb etilgan sarmoyaning daromadlilik ko‘rsatkichlari asosida investision reytingni baholash tartibi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4300-son Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil  26 yanvardagi 03/41-7-1986-son ma’lumotnomasi). mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatga jalb etilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar hajmi 2020-2022 yillarda 1,42 martaga oshgan;
jahon va mintaqaviy investisiya bozorlarida raqobat kuchayib borayotganligi sharoitida mamlakatda yana ham qulayroq investisiya muhitini yaratish, ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investisiyalar jalb etilishini rag‘batlantirish maqsadida istiqbolda xorijiy investorning yuqori qiymatli va o‘z mablag‘lari ulushi 25 foizdan kam bo‘lmagan qo‘shma investisiya loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi zarurligi haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2022 yil 7 iyundagi “Xorijiy va mahalliy investorlarning investisiya loyihalari tashqi infratuzilmasini yaratish xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 306-son Qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil  26 yanvardagi 03/41-7-1986-son ma’lumotnomasi). mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi xorijiy investorlar uchun yanada qulay investisiya muhitining yaratilishiga xizmat qilgan va 2023 yilning 9 oyida xorijiy investorning yuqori qiymatli va o‘z mablag‘lari ulushi 25 foizdan kam bo‘lmagan 14 ta qo‘shma investisiya loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash uchun davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 41,2 mlrd so‘m hajmida xarajatlar qilingan;
Respublikamizda investision muhitni yanada yaxshilash, mahalliy va xorijiy investorlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish bo‘yicha 2021 yil 20 avgust kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan masalalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2022 yil 1 yanvardan boshlab tadbirkorlik sub’ektlariga (bundan davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan korxonalar, er qa’ridan foydalanuvchilar va aksiz osti mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar mustasno) umumiy maydoni 1 000 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan er uchastkalariga va (yoki) bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini qo‘lga kiritganda mol-mulk solig‘i va er solig‘i bo‘yicha hisoblangan soliqlarni to‘lashni olti oy muddatga kechiktirish huquqi berish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 noyabrdagi “mahalliy va xorijiy investorlar tomonidan soliqlarni to‘lashni kechiktirish mexanizmlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-5274-son Farmonida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil  26 yanvardagi 03/41-7-1986-son ma’lumotnomasi). 2023-2024 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida qiymati 1 million AQSh dollari va undan ortiq ekvivalentdagi, qolgan tumanlarda qiymati 300 ming AQSh dollari va undan ortiq ekvivalentdagi investisiya kiritish majburiyatini yuklagan holda loyiha tashabbuskorlariga er uchastkalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berilishi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2023 yil 10 avgustdagi “Yirik investisiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida» 2021 yil 21 sentabrdagi 592-son qaroriga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi VMQ-353-son Qarorida inobatga olingan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish