Bekenova Aliya Absattarovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston muzeylari: millatlararo do‘stlik va diniy bag‘rikenglik tamoyillari kesimida (Toshkent shahri muzeylari misolida)”, 17.00.06 – Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy obektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: Falsafa doktori (PhD) dissertatsiya mavzusi Oliy attestatsiya komissiyasida B2023.2.PhD/Tar1516. raqam bilan ro‘yxatga olingan.
Ilmiy rahbar: Ismailova Jannat Hamidovna tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.02/09.07.2020.Tar.70.03. raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Saodat Tilovberdievna Davlatova, tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Vahopovich Hasanov. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston muzeylarining millatlararo do‘stlik va diniy bag‘rikenglik tamoyillarini Toshkent shahri muzeylari misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Dunyoda ijtimoiy adolat va xalqlar do‘stligi g‘oyalarini targ‘ib qilishga yoʻnaltirilgan muzeylar sifatida 1946-1956-yillarda Xamza nomidagi Respublika tabiiy fanlar targ‘iboti muzeyi, 1976-1989-yillarda «Xalqlar do‘stligi» muzeyi, 1970-1989-yillarda Buyuk Britaniya Kompartiyasi tarixi muzeylari faoliyat olib borganligi, ularda ateistik ruhdagi ekspozisiyalari bo‘lganligi, ommaviy-siyosiy targ‘ibot masalalariga qaratilganligi, siyosiy g‘oyalarning dinga qarshiligi aniq namoyish etilganligi tahlil qilingan;
O‘zbekiston muzeylarining turli millatlar ijtimoiy-madaniy hayotiga oid kolleksiyalari davriy jihatdan qadimgi davrdan to  bugungi kunga oidligi, asosan 1924-1940-yillarda ilmiy etnografik ekspedisiyalarda to‘planib shakllanganligi, kolleksiyalar tarkibi mato, gilam, kiyim-kechak, chinni, yog‘och, shisha, metall, suyak kabi 8 xil buyumlardan ishlanganligi, liboslar nomlanishida milliy atamalaridan (qoraqalpoq-jegde, dungan-mya-ngor, arman-armyachina, qirg‘iz-chach-kep, qozoq-saukele) foydalanganligi ochib berilgan; 
Toshkent shahridagi muzeylar ekspozisiyalarida millatlararo do‘stlik va diniy bag‘rikenglik tamoyillari xolisona yoritilganligi, ularning siyosiy mafkuradan holi ekanligi, har bir din yoki millat madaniyatiga oid buyumlar mavjudligi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining «Tosh davri» bo‘limida ilk diniy e’tiqodlarning paydo bo‘lishi, «Ilk davlatchilik» va  «Kushon davri» bo‘limlarida buddizm hamda  zardushtiylik dinlarining marosim ashyolari, «Islom» va «Birinchi Renassans davri» bo‘limlarida islom diniga oid manbalari, O‘zbekiston davlat san’at muzeyida davlatlar madaniyati jihatidan aks etganligi, uy muzeylarida bu tamoyillarning yoritilishi asosan sovg‘alar uy-ro‘zg‘or anjomlari va  milliy liboslar ko‘rinishida bo‘lganligi asoslangan;
«Millatlararo tinchlikni mustahkamlash» bilan turli millat va xalqlarning madaniyatlarini, urf-odatlarini va tarixini bir joyda namoyish qilish, «Bag‘rikenglikni targ‘ib qilish» bilan turli millatlarning bir-birini hurmat qilish va bag‘rikeng bo‘lishini, «Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish» bilan xalqaro hamkorlik va madaniy almashinuvni, «Maqsadga yoʻnaltirilgan ta’lim» bilan turli millatlar va madaniyatlar o‘rtasidagi farqlarni tushunishga yordam beruvchi ilmiy va ta’limiy dasturlarni yaratish zarurati asosida «Millatlararo do‘stlik va  bag‘rikenglik» muzeyining ilmiy konsepsiyasi ishlab chiqilgan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston muzeylari: Millatlararo do‘stlik va diniy bag‘rikenglik tamoyillari kesimida mavzusidagi tadqiqot doirasida olib borilgan ilmiy natijalar asosida:O‘zbekiston muzeylarining turli millatlar ijtimoiy-madaniy hayotiga oid kolleksiyalaming tadrijiy shakllanishi davrlarga ajratilganligi, o‘zbeklarning xorijiy davlatlar bilan madaniy aloqalari do‘stligi jamiyatining ko‘rgazmalari orqali (1950 yildan 1991-yilgacha), ularni rassomlarning kartinalari va amaliy san’at buyumlari muzey fondlariga doimiy saqlashga sovg‘a qilingani, jahon muzeylari bilan kelishuv memorandumlari asosida va turli davlatlarning elchixonalari (1991- yildan to bugungi kungacha) tomonidan taqdim etilgan ashyolar hisobiga ko‘payib borayotganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston tarixi telekanalida efirga uzatilgan «Taqdimot» ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, «O‘zbekiston» teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 3-oktyabrdagi 06-28-857-sonli ma’lumotnomasi). İlmiy natijalarning joriy qilinishi O‘zbekiston muzey fondlarining shakllanish tarixini o‘rganishga, hamda muzeyshunos xodimlarning fond ishi hujjatlarini yuritish ma’lumotlar bazasini kengaytirishga xizmat qilmoqda;
Toshkent shahridagi muzeylar ekspozisiyalari kompleks ravishda tarbiyaviy- g‘oyaviy hamda mavzuli tarixiy-tadrijiy jihatdan tahlil qilinib, millatlararo do‘stlik va diniy bag‘rikenglik tamoyillari xolisona yoritilganligi, ularning siyosiy mafkuradan holi ekanligi, har bir din yoki millat madaniyatiga oid materillardan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi hamda O‘zbekiston davlat san’at muzeyi ekspozisiyasini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 22-oktyabrdagi 02-05/3973-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar O‘zbekiston muzeylari ekspozisiyalarini mazmunan boyitishga xizmat qilgan.
O‘zbekistonda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, turistik jozibadorligini oshirish, yoshlar orasida bag‘rikenglik va milllatlararo totuvlik fazilatlarini shakllantirish uchun tashkil qilish zarur bo‘lgan zamonaviy interfaol uslubdagi « Millatlararo do‘stlik va bag‘rikenglik» muzeyining ilmiy konsepsiyasi asosida muzeylarda ekskursiya dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan(O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 22-oktyabrdagi 02-05/3973-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar O‘zbekistonda muzeyshunoslik sohasining rivojiga va zamonaviy muzey konsepsiyalarini shakllantirishga xizmat qilgan. 
O‘zbekistonda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, turistik jozibadorligini oshirish, yoshlar orasida bag‘rikenglik va milllatlararo totuvlik fazilatlarini shakllantirish hamda aholining ijtimoiy birligini ta’minlashga oid materiallardan O‘zbekiston tarixi telekanalida efirga uzatilgan «Taqdimot» ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, «O‘zbekiston» teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 3-oktyabrdagi 06-28-857-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar muzeylarning millatlararo do‘stlik va diniy bag‘rikenglik bo‘yicha bilim va fikrlarni kengaytirishda xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish