Riskulov Shoxjaxon Narmaxamatovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar: 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Afg‘onistonning Markaziy Osiyo mintaqasida tutgan o‘rni va uning Turkiston bilan aloqalari”, 07.00.03 – Jahon tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2020.2.PhD/Tar714.
Ilmiy rahbar: Jannat Hamidovna Ismailova tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03
Rasmiy opponentlar: Erkin Zuhriddinovich Nuriddinov, tarix fanlari doktori, professor; Azizbek Go‘zalovich Holliev, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Angliya va Rossiyaning Afg‘oniston hamda Markaziy Osiyo mintaqasidagi siyosati, ularning geosiyosiy jarayonlarga ta’siri, Afg‘onistonning Angliya, Rossiya hamda Turkiston bilan aloqalari tarixini yoritishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi  quyidagilardan iborat: 
XIX asr – XX asr boshlarida Markaziy Osiyo mintaqasini o‘zining siyosiy va iqtisodiy ta’siri ostiga olishga intilgan Buyuk Britaniya va Rossiya imperiyalari o‘rtasidagi tarixda “Katta o‘yin” deb nom olgan siyosat doirasida “Afg‘oniston masalasi” va uning Turkiston bilan aloqadorligi arxiv xujjatlari ma’lumotlari bilan asoslab berilgan;
Mustamlakachi mamlakatlar o‘z manfaatlarini ko‘zlab, o‘zlarining Afg‘onistonda o‘ziga xos maxfiy xizmat tizimi hamda josuslik tarmog‘ini  yaratganliklari, mahalliy aholi vakillaridan josuslarni moliyaviy ta’minot evaziga tayyorlab, ularning xizmatidan foydalanganliklari ochiqlangan;
Afg‘on erlarida siyosiy va harbiy maqsadlarda olib borilgan  ingliz va rus ekspedisiyalari natijasida Afg‘oniston va uning Turkiston o‘lkasi bilan aloqalari tarixiga oid keng ko‘lamli ma’lumotlar to‘planganligi, ular mintaqa tarixini o‘rganishda qimmatli manba ekanligi dalillab berilgan;
afgon aholisining Angliya va Rossiya imperiyalariga qarshi, mustaqillik va erk uchun, mamlakatni birlashtirish maqsadida olib borgan kurashlari, Do‘stmuhammad, Sheralixon, Abdurahmonxon kabi amirlar boshchiligidagi xarakatlar misolida ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Afg‘onistonning Markaziy Osiyo mintaqasida tutgan o‘rni va uning Turkiston bilan aloqalari mavzusi tahlili bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida: 
XIX asr – XX asr boshlarida Markaziy Osiyo mintaqasini o‘zining siyosiy va iqtisodiy ta’siri ostiga olishga intilgan Buyuk Britaniya va Rossiya imperiyalari o‘rtasidagi tarixda “Katta o‘yin” deb nom olgan siyosat doirasida “Afg‘oniston masalasi” va uning Turkiston bilan aloqadorligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Mavzu” ko‘rsatuvining 2022 yil 14 dekabrdagi ssenariysini yozishda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” DUKning 2023 yil 11 yanvardagi O‘zR-31-63-son ma’lumotnomasi). Natijada bu davrdagi mintaqadagi vaziyatni to‘liq tasavvur qilishga  xizmat qilgan. 
Mustamlakachi mamlakatlar o‘z manfaatlarini ko‘zlab, o‘zlarining Afg‘onistonda o‘ziga xos maxfiy xizmat tizimi hamda josuslik tarmog‘ini  yaratganliklari, mahalliy aholi vakillaridan josuslarni moliyaviy ta’minot evaziga tayyorlab, ularning xizmatidan foydalanganliklariga oid materiallardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Mavzu” ko‘rsatuvining 2022 yil 14 dekabrdagi ssenariysini yozishda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” DUKning 2023 yil 11 yanvardagi O‘zR-31-63-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘sha davrdagi aholining o‘zaro munosabatlarini bilishga xizmat qilgan.  
Afg‘on erlarida siyosiy va harbiy maqsadlarda olib borilgan  ingliz va rus ekspedisiyalari natijada Afg‘oniston va uning Turkiston o‘lkasi bilan aloqalari tarixiga oid keng ko‘lamli ma’lumotlar O‘zR FA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi bo‘limlari ekspozisiyasini yangi ma’lumotlar bilan boyitishda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 2024-yil 27-fevral 3/1255-474-son ma’lumotnomasi). Natijada  ingliz va rus ekspedisiyalari materiallari Afg‘oniston va Turkiston aloqalari tarixini o‘rganishga xizmat qilgan.
Afg‘on aholisining Angliya va Rossiya imperiyalariga qarshi, mustaqillik va erk uchun, mamlakatni birlashtirish maqsadida olib borgan kurashlari Do‘stmuhammad, Sheralixon, Abdurahmonxon kabi amirlar boshchiligidagi xarakatlar bo‘yicha ma’lumotlar O‘zR FA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi bo‘limlari ekspozisiyasini boyitishda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 2024-yil 27-fevral 3/1255-474-son ma’lumotnomasi). Natijada taqdim etilgan ma’lumotlar Angliya va Rossiya mustamlakachiligiga qarshi kurashlar tarixini yoritishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish