Djumaniyazov Shavkat Raximovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Fermer xo‘jaliklarida iqtisodiy jarayonlarni ekonometrik modellashtirish (Toshkent viloyati misolida)” 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika”. 
Dissertatsiya mavzusi  ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3229
Ilmiy rahbar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: B.X.Mamatqulov iqtisodiyot fanlari doktori,   professor, X.S.Muxiddinov iqtisodiyot fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Hududlarda fermer xo‘jaliklarini iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini ekonometrik modellarni tuzish asosida baholash, statistik axborotlar bazasini takomillashtirish  hamda istiqbollarini o‘rta muddatli prognozlash yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III .Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
xalqaro standartlarga muvofiq keluvchi iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi (IFUT-2) asosida fermer xo‘jaligi iqtisodiy rivojlanish jarayonlaridagi tarkibiy o‘zgarishlarni ekonometrik usullar yordamida baholash yo‘nalishlari asoslangan;
Toshkent viloyati fermer xo‘jaligi iqtisodiy rivojlanish jarayonlaridagi tarkibiy o‘zgarishlar va ularning samaradorligi ko‘p omilli statistik tahlil usullarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
Toshkent viloyati fermer xo‘jaliklari faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini integral ko‘rsatkichlar asosida statistik baholash bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqilgan;
ko‘p omilli ekonometrik modellarni tuzish asosida Toshkent viloyati fermer xo‘jaliklarining asosiy rivojlanish tendensiyalarining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning quyidagi natijalari amaliyotga tatbiq etildi:
fermer xo‘jaliklari innovatsion faoliyatini kengaytirish maqsadida  integral ko‘rsatkichlarni qo‘llash hisobiga  hududning shahar va tumanlar kesimida asosiy ko‘rsatkichlarni statistik baholashning uslubiy jihatlari bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqilgan. Ushbu ilmiy takliflar hududlarda fermer xo‘jaliklarining faoliyatini innovatsion asosda tashkil etish, kengaytirilgan tahlil qilish va boshqarish imkoniyatini oshirgan; (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (vazirlikning 2024-yil 9-avgustdagi № BK-01/1163–son ma’lumotnomasi)).
ko‘p omilli tahlil usullarini qo‘llash hisobiga indekslar tizimidan foydalanib, Toshkent viloyati fermer xo‘jaligi iqtisodiy rivojlanish jarayonlaridagi tarkibiy o‘zgarishlar va ularning samaradorligi takomillashtirilgan. Mazkur takliflar hududlarda fermer xo‘jaliklarining  barqaror rivojlanishi, samaradorligi va raqobatbardoshligini zamonaviy usullarda tahlil qilish hamda statistik baholashning turli uslubiyatlaridan keng foydalanish imkonini bergan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (vazirlikning 2024-yil 9-avgustdagi № BK-01/1163–son ma’lumotnomasi)).
xalqaro standartlarga muvofiq keluvchi iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi (IFUT-2) asosida hududiy fermer xo‘jaligi iqtisodiy rivojlanish jarayonlaridagi tarkibiy o‘zgarishlarini ekonometrik usullarda baholashning uslubiy jihatlari takomillashtirilgan. Ushbu ilmiy yangilik xalqaro tavsiyalarni hisobga olib, hududlarda fermer xo‘jaliklaridagi iqtisodiy jarayonlarni ko‘p omilli tahlil qilish va samaradorligini kompleks baholashga xizmat qiladigan ko‘rsatkichlar va indikatorlarni takomillashuviga olib kelgan; (Toshkent viloyati statistika boshqarmasi (boshqarmaning 2023 yil 31-oktyabrdagi 01/1-02-10/2-728 – son ma’lumotnomasi)).
ko‘p omilli ekonometrik modellarni tuzish asosida hududlardagi fermer xo‘jaliklari asosiy rivojlanish tendensiyalaridagi natijaviy ko‘rsatkichlarining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari tuzilgan. Mazkur ilmiy yangilik hududlardagi fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy faoliyatini istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash, boshqarish bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlarni asoslash  imkoniyatini kengaytirgan. (Toshkent viloyati statistika boshqarmasi (boshqarmaning 2023 yil 31-oktyabrdagi 01/1-02-10/2-728 – son ma’lumotnomasi)). 
institutning malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida, xususan, “Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi uslubiyoti va amaliyoti”, “Statistika”, “Statistika uslubiyoti va amaliyoti” o‘quv kurslarini tashkil etish va amalga oshirishda foydalanib kelinmoqda.  (Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti (institutning 2024-yil 5-yanvardagi № 01/1-01-15/2-07–son ma’lumotnomasi)).

Yangiliklarga obuna bo‘lish