Fayzullaev Doston Mahmud o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: O‘zbekistonda Davlat byudjeti ko‘rsatkichlarining ekonometrik tadqiqi. 
08.00.06 – Ekonometrika va statistika
Dissertatsiya mavzusi  ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4404
Ilmiy rahbar: Nasretdinova Shaxnoza Saidakmalovna, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: To‘raev Shavkat Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Muxiddinov Xudoyor Suyunovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti ko‘rsatkichlarini ekonometrik usullar yordamida tahlil qilish va istiqbollarini prognozlash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III .Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
xalqaro standartlarga tayangan holda, xorij tajribasini o‘rganish asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti samaradorlik ko‘rsatkichlarining ilmiy uslubiy jihatlarini takomillashtirish maqsadida integrallashgan statistik ko‘rsatkichlar tizimi taklif etilgan. 
milliy iqtisodiyot xususiyatlarini inobatga olgan holda, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni statistik tahlil qilish asosida, davlat byudjeti ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi omillar korrelyasion regression tahlil qilingan va ko‘p omilli chiziqli regressiya tenglamasi ishlab chiqilgan. Tuzilgan ekonometrik modellar parametrlarini tahlil qilish asosida Davlat byudjeti daromadlarini oshirish va taqchilligini kamaytirish bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqilgan.
jahonda yuz berayotgan murakkab tashqi vaziyat va buning O‘zbekiston va tashqi iqtisodiy sherik davlatlar iqtisodiyotiga makro-fiskal xatarlari ta’sirlarini, hamda O‘zbekistonda olib borilayotgan fiskal islohatlar, mavjud imkoniyatlarni inobatga olgan holda, vaqtli qator usulida SARIMA(1,0,0)(2,1,0)[4] va ARIMA(0,2,1) modellaridan foydalanib davlat byudjeti daromadlarining o‘rta muddatli prognoz variantlari ishlab chiqilgan. 
makroiqtisodiy barqarorlikni taminlashda YaIM tarkibiy siljishlarini barqarorlashtirishning xorij tajribasini o‘rganish asosida, YaIM tarkibiy siljishlarining integral koefisienti va davlat byudjeti daromadlari tarkibining YaIMdagi ulushlari o‘rtasidagi regressiya tenglamasini simpleks usuli yordamida optimallashtirish orqali, davlat byudjeti daromadlari tarkibining YaIMdagi ulushini oshirishning potensial imkoniyatlari va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning quyidagi natijalari amaliyotga tatbiq etildi:
xalqaro standartlarga tayangan holda, xorij tajribasini o‘rganish asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti samaradorlik ko‘rsatkichlarining ilmiy uslubiy jihatlarini takomillashtirish maqsadida taklif etilgan integrallashgan statistik ko‘rsatkichlar tizimidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi faoliyatida joriy etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 13 dekabrdagi 41-7-26039 -sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi PF-158-son Farmoni, 46-maqsadida “Fiskal  barqarorlikni ta’minlash va davlat majburiyatlarini samarali boshqarish” va ushbu maqsadga erishish uchun 5 ta samaradorlik ko‘rsatkichlaridan biri 2030 yilgacha “Natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish” amaliyotiga to‘liq o‘tish bo‘yicha ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirishda foydalanish orqali Davlat byudjeti samaradorlik ko‘rsatkichlarini kengroq baholash imkoniyatiga erishilgan.
milliy iqtisodiyot xususiyatlarini inobatga olgan holda, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni statistik tahlil qilish asosida, davlat byudjeti ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi omillar korrelyasion regression tahlil qilingan va ko‘p omilli chiziqli regressiya tenglamasi ishlab chiqilgan. Tuzilgan ekonometrik modellar parametrlarini tahlil qilish asosida Davlat byudjeti daromadlarini oshirish va taqchilligini kamaytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi faoliyatida joriy etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 13 dekabrdagi 41-7-26039 -sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifdan 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri – byudjet barqarorligini taminlash, byudjetni konsolidatsiyalash orqali taqchillikni  o‘rta muddatli davrda YaIMga nisbatan 3 foizdan oshib ketmasligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora tadbirlarning samaradorligini oshirishga erishildi.
jahonda yuz berayotgan murakkab tashqi vaziyat va buning O‘zbekiston va tashqi iqtisodiy sherik davlatlar iqtisodiyotiga makro-fiskal xatarlari ta’sirlarini, hamda O‘zbekistonda olib borilayotgan fiskal islohatlar, mavjud imkoniyatlarni inobatga olgan holda, vaqtli qator usulida SARIMA(1,0,0)(2,1,0)[4] va ARIMA(0,2,1) modellaridan foydalanib davlat byudjeti daromadlarining o‘rta muddatli ishlab chiqilgan prognoz variantlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi faoliyatida joriy etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 13 dekabrdagi 41-7-26039 -sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifdan o‘rta muddatli davr uchun soliq va byudjet siyosati yo‘nalishlarini tizimlashtirish maqsadida 2025–2030 yillarga mo‘ljallangan Davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanish orqali davlat byudjeti daromadlari prognozlarini ishlab chiqish va mo‘ljallarini belgilashning ilmiy asosini takomillashtirishga erishildi.
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda YaIM tarkibiy siljishlarini barqarorlashtirishning xorij tajribasini o‘rganish asosida, YaIM tarkibiy siljishlarining integral koefisienti va davlat byudjeti daromadlari tarkibining YaIMdagi ulushlari o‘rtasidagi regressiya tenglamasini simpleks usuli yordamida optimallashtirish orqali, davlat byudjeti daromadlari tarkibining YaIMdagi ulushini oshirishning potensial imkoniyatlari va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi faoliyatida joriy etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 13 dekabrdagi 41-7-26039 -sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifdan 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan Byudjetnomada belgilangan soliq va byudjet siyosatining ikkinchi va uchunchi asosiy maqsadlari – makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash hamda fiskal barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida foydalanish orqali, ushbu chora-tadbirlarning ilmiy asosini mustahkamlashga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish