Akramov Axror Adxamjon o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Suv tozalash inshootlarida ichimlik suvini tindirish usulini takomillashtirish”, 05.09.04 - «Suv ta’minoti. Kanalizatsiya. Suv havzalarini muhofazalovchi qurilish tizimlari»  ixtisosligi bo‘yicha, (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T.4522 
Ilmiy rahbar: Juraev Sherali Sharipovich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona Politexnika instituti va Namangan muhandislik qurilish institutlarida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Toshkent arxitektura-qurilish  universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.26/30.12.2019.t.11.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Gapparov Furqat Axmatovich, texnika fanlari doktori, professor, Maxmudova Dildora Ernazarovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi  tashkilot:  Jizzax Politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ichimlik suvi manbaalarining mexanik tarkibini inobatga olib gorizontal tindirgichlarda tozalash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichimlik suvi tindirgichlarida oqiziqlarning cho’kindilarining oqim uzunligi bo’yicha taqsimotini hisoblash usuli fraksion tarkibini inobatga olib takomillashtirilgan; 
tindirgichlarda oqim uzunligi bo’yicha cho’kindilar taqsimotining gidravlik modeli gorizontal tindirgichning texnologik, konstruktiv va gidravlik parametrlari inobatga olib ishlab chiqilgan; 
yupqa qatlamli blokli tindirgichlarning konstruktiv elementlarini hisoblash usuli cho’kindilarning gidromexanik va oqimning gidrodinamik parametrlarini inobatga olib takomillashtirilgan; 
yupqa qatlamli blokli tindirgichlarni  yupqa qatlam elementlari o’rtasida notekis taqsimlanishini  inobatga olib hisoblash usuli va yupqa qatlamli bloklardan foydalanish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yupqa qatlamli blokli tindirgich blokining optimal burchagini aniqlash maqsadida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar tahlili bo‘yicha olingan gidravlik hisoblash usullarini takomillashtirish natijalari asosida:
oqimning yupqa qatlamlar orasida taqsimlanish xarakterini inobatga olgan holda oqimi yuqoriga yo‘naltirilgan yotiq (qiya) joylashtirilgan yupqa qatlami tindirgichning takomillashtirilgan gidravlik hisobi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Farg‘ona viloyat uy-joy va kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasiga, loyiha korxonalari «COMPLEX-PROJEKT» MChJ ga, «ASAD-PROEKT» MChJ ga va «COMPLEX-BUILDER» MChJ ga joriy qilingan (Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 24 iyundagi 08-06/6361-son ma’lumotnomasi). Natijada yupqa qatlamli blokli tindirgichda oqimning qatlamlarga teng taqsimlanish xarakterini va blokning o‘lcham parametrlari inobatga olingan holda yupqa qatlamli blokli tindirgich blokining samaradorligi yuqori bo‘lgan konstruktiv parametrlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
er usti suv manbaidan suv oluvchi ichimlik suvi tozalash inshootlarining gorizontal tindirgichlarida cho‘kmalarni tindirish jarayonini tezlashtirishda yupqa qatamli elementlarning gidravlik parametrlari inobatga olib takomillashtirilgan usuli Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi O‘zsuvta’minot AJ qarashli “Namangan suv ta’minot” MChJ, “Andijon suv ta’minot” MChJ va “Farg‘ona  suv ta’minot” MChJ ga joriy qilingan (Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 24 iyundagi 08-06/6361-son ma’lumotnomasi). Natijada gorizontal tindirgichlar ish samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
ichimlik suvini tozalashda yupqa qatlamli blokli tindirgichlardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi  tasarrufidagi Farg‘ona viloyat uy-joy va kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasiga joriy qilingan (Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 24 iyundagi 08-06/6361-son ma’lumotnomasi). Natijada QMQ 2.04.02-19 “Suv ta’minoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar" da  yupqa qatlamli blokli tindirgichlarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish