Xamraeva Sevaraxon Baxrom qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Murakkab tuzilishli funksional to‘qimalarni olish texnologiyasini ishlab chiqish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4922
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Nigmatova Fatima Usmanovna, texnika fanlari doktori, professor; Daminov Asror Maxmayusupovich, PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy to‘quv uskunalarida murakkab tuzilishga ega funksional to‘qimalarni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
belgilangan to‘qima xususiyatlari va texnologik parametrlari tahlili asosida turlicha o‘lchamdagi o‘zgaruvchan qalinlikdagi murakkab tuzilishli funksional to‘qimalar ishlab chiqilgan;
o‘zgaruvchan qalinlikdagi, murakkab tuzilishli funksional matolarning geometrik va texnologik omillar ko‘rsatkichlarini e’tiborga olgan holda yangi loyihalash usuli ishlab chiqilgan;
to‘quv dastgohida to‘qimani murakkab tuzilishini shakllantirish texnologiyasi funksional matolarni o‘zgaruvchan qalinligini hisobga olish asosida ishlab chiqilgan;
ko‘p omilli tajribalarni qayta ishlash usulini qo‘llagan holda murakkab tuzilishli funksional matolarni to‘quv dastgohida olish jarayonining texnologik muqobil parametrlari regression tenglamalarini tahlil qilish asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Funksional to‘qimalarni tuzilishini va ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha erishilgan natijalar asosida:
funksional xususiyatli choyshabbop to‘qima uchun O‘zbekiston Respublikasining ixtiroga patenti olingan ( № IAP 07369, 14.04.2023). Natijada mahalliy xom ashyodan murakkab tuzilishli funksional to‘qimalar assortimenti kengaytirilgan;
mahalliy xomashyodan ishlab chiqarilgan murakkab tuzilishli funksional to‘qimalarni olish texnologiyasi Toshkent shahridagi MChJ “RealTexTashkent”, MChJ “SunTex”" va Buxoro shahridagi MChJ "Al Hakimplus " korxonalarining zamonaviy to‘quv uskunalarida ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachilik sanoat” uyushmasining 2024-yil 13-sentyabrdagi № 03/25 2660-son ma’lumotnomasi). Natijada, maxalliy paxta aralash Modal iplaridan olingan funksional to‘qimaning uzilish kuchi 24%ga, havo o‘tkazuvchanligi 15% ga, gigroskopiklik xususiyatini 50% ga oshishiga va dastgohdagi uzilishlar sonini 33% ga kamaytirishga erishilgan.