Hojiqulova Feruza Dona qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
“Sanoat tarmog‘ida investisiyalardan samarali foydalanish jarayonlarini statistik baholash (Surxondaryo viloyati misolida)”  
08.00.06 – “Ekonometrika va statistika”  (iqtisodiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4. PhD/Iqt4695
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Xatamov Ochildi Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi  PhD.03/30.07.2024.I.78.06 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent Otajonov Umid Abdullaevich va iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash ilmiy kotibi Raximov To‘xtabek Jumaboevich.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi hudud sanoat tarmog‘ida investisiyalardan samarali foydalanish jarayonlarini iqtisodiy-statistik tahlili va mazkur soha rivojlanish tendensiyalarini prognozlashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
hudud investisiya samaradorligini oraliq indeksi shkalalari ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu shkala bo‘yicha Sherobod tumani “past samaradorlik“ (0.1 - 0.2), Sho‘rchi, Uzun, Qiziriq, Jarqo‘rg‘on tumanlari “o‘rtacha samaradorlik” (0.2 - 0.4), Termiz tumani “o‘rtachadan yuqori samaradorlik“ (0.4 - 0.6), Oltinsoy, Denov, Muzrabot tumanlari “yuqori samaradorlik” (0.6 - 0.8) va Termiz shahar, Angor, Boysun, Qumqo‘rg‘on tumanlari“ juda yuqori samaradorlik” (0.8 - 1.0) guruhlarda  ekanligi aniqlangan;
sanoat tarmog‘iga kiritilgan investisiya samaradorligini baholashda ko‘rsatkichlar tizimiga hudud infratuzilmasi ko‘rsatkichini  kiritish asosida “birinchi darajali infratuzilma”, “ikkinchi darajali xizmatlar” va “integratsiyalashgan infratuzilma ko‘rsatkichlari” mezonlaridan foydalanish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
tarmoqqa jalb etilgan investisiya samaradorligini baholash uslubiyoti uning moliyaviy, iqtisodiy, sifat, tavakkalchilik, ijtimoiy va ekologik hamda hududiy infratuzilma ko‘rsatkichi samaradorligini umumlashtirilgan integral ko‘rsatkichi   ishlab chiqish yordamda   me’zoni hisobiga takomillashtirilgan;
ko‘p omilli ekonometrik modellar tuzish asosida Surxondaryo viloyati sanoatiga investisiya jalb etish hamda uning tarmoq ishlab chiqarish va yalpi hududiy mahsulot hajmi o‘sishiga ta’sirini 2024-2029-yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hudud investisiya samaradorligini oraliq indeksi shkalalari ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu shkala bo‘yicha Sherobod tumani “past samaradorlik“ (0.1 - 0.2), Sho‘rchi, Uzun, Qiziriq, Jarqo‘rg‘on tumanlari “o‘rtacha samaradorlik” (0.2 - 0.4), Termiz tumani “o‘rtachadan yuqori samaradorlik“ (0.4 - 0.6), Oltinsoy, Denov, Muzrabot tumanlari “yuqori samaradorlik” (0.6 - 0.8) va Termiz shahar, Angor, Boysun, Qumqo‘rg‘on tumanlari“juda yuqori samaradorlik” (0.8 - 1.0) guruhlarga ajratish hisobiga “Surxondaryo viloyati hokimining 2024-yil 30-iyuldagi “Surxondaryo viloyatining sanoat salohiyatini oshirish hamda sanoat korxonalari bilan ishlashning monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi 552-8-0-Q/24-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 11-yanvardagi 04-04/42-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi Surxondaryo viloyati Denov tumanida sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish darajasi joriy qiymatiga nisbatan 10,9 foizga qo‘shimcha oshirishda muayyan darajada xizmat qilgan.
Sanoat tarmog‘iga kiritilgan investisiya samaradorligini baholashda ko‘rsatkichlar tizimiga hudud infratuzilmasi ko‘rsatkichini  kiritish asosida “birinchi darajali infratuzilma”, “ikkinchi darajali xizmatlar” va “integratsiyalashgan infratuzilma ko‘rsatkichlari” mezonlaridan foydalanish maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2024-yil II-choragiga mo‘ljallangan investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 16-maydagi 286-sonli qarori hamda shu mazmundagi 2024-yil 4-iyundagi 446-8-0-Q/24-sonli Surxondaryo viloyat hokimligi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, ushbu qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 11-yanvardagi 04-04/42-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi hududlarning infratuzilmasini jadallashtirib, aholi turmush darajasini 6,8 % ga oshirishda muayyan darajada xizmat qilgan.
Tarmoqqa jalb etilgan investisiya samaradorligini baholash uslubiyati uning moliyaviy, iqtisodiy, sifat, tavakkalchilik va ijtimoiy va ekologik hamda hududiy infratuzilma ko‘rsatkichi samaradorligini umumlashtirilgan integral ko‘rsatkichi   ishlab chiqish yordamida   me’zoni hisobiga takomillashtirilib, ishlab chiqilgan modeli bo‘yicha taklifi Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati hokimining 2024-yil 30-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektrotexnika sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 10-yanvardagi PQ-15-sonli qarori ijrosini ta’minlash haqida”gi 75-8-0-Q/24-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida“ gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 11-yanvardagi 04-04/42-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijalaridan Surxondaryo viloyatidagi sanoat korxonalariga infratuzilma ko‘rsatkichlari orqali investorlar tomonidan kiritiladigan investisiya hajmini oshirishda muayyan darajada xizmat qilgan.
Ko‘p omilli ekonometrik modellar tuzish asosida Surxondaryo viloyati sanoatiga investisiya jalb etish hamda uning tarmoq ishlab chiqarish va yalpi hududiy mahsulot hajmi o‘sishiga ta’sirini 2024-2029-yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan natijalari bo‘yicha taklifi Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat hokimining 2023-yil 5-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida investisiyalar, sanoat va savdo sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 21-iyuldagi PF-111-son Farmoni ijrosini ta’minlash haqida”gi 470-8-0-Q/23-son qarorining ijrosini ta’minlash to‘g‘risida qarori ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 11-yanvardagi 04-04/42-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu yangilik natijalaridan loyiha doirasida Surxondaryo viloyati, viloyatning Sariosiyo, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Bandixon hamda Boysun tumanlari hududlarida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishda muayyan darajada xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish