Xamraeva Sitoraxon Baxrom qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kiyimbop cho‘ziluvchan to‘qimalarn ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xom ashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4922 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Ilmiy rahbar: Daminov Asqarali Davlatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Matismailov Saypilla Lalashbaevich,  texnika fanlari doktori, professor; Valiev G‘ulom Nabijonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kiyimbop cho‘ziluvchan matolarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori tezlikdagi zamonaviy to‘quv dastgohlarida arqoqqa  cho‘ziluvchan elastanipini qo‘shish asosida aralash tarkibli to‘qima ishlab chiqarish takomillashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan;  
turlicha tolaviy tarkibli elastan aralash arqoq ipidan, eni bo‘yicha  cho‘zilish xususiyatiga ega  kiyimbop matolarining texnologik va  tuzilish parametrlari ko‘rsatikichlari to‘qimani texnik hisobi yordamida ishlab chiqilgan;
 kiyimbop matolarini loyihalashning ma’lum cho‘ziluvchanlik koeffisientini hisobga olgan holda  tanda va arqoq iplarning qisqarish formulasi ishlab chiqilgan; 
 kiyimbop cho‘ziluvchan to‘qimaning sifatini kompleks baholash usuli asosida fizik-mexanik va iste’mol xususiyatlariga elastan ipining ulushini bog‘liqlik qonuniyati ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yuqori tezlikka ega to‘quv dastgohlarida kiyimbop cho‘ziluvchan to‘qimalarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida: 
cho‘ziluvchan ko‘ylak va kostyumbop to‘qimalarini mahalliy xomashyodan elastan iplari qo‘shilgan ishlab chiqarish texnologiyasi MChJ “Real Tex Tashkent” va MChJ “Al Hakim plus” to‘qimachilik korxonalarida joriy etilgan. (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024-yil 14 oktyabrdagi 03/25-2749-son ma’lumotnomasi). Natijada takomillashtirilgan texnologiya asosida mahalliy elastan aralash xom ashyodan olingan kiyimbop to‘qimalarga cho‘ziluvchanlik xususiyati 15-30 % gacha o‘rnatilgan, havo o‘tkazuvchanlik xususiyati 40% ga, buraluvchanligi 13% ga yahshilanishiga, ishlab chiqarilayotgan cho‘ziluvchan to‘qimalar rentabelligini 24 % ga oshirishga erishishga imkoniyat yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish