Xudoyberdieva Ma’rifat Osimjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysi sharoitida tarqalgan qandalalar (Heteroptera: Miridae) faunasi va asosiy turlarining bioekologiyasi», 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/B984.
Ilmiy rahbar: Mirzaeva Gulnara Saidarifovna, biologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.B.52.01.
Rasmiy opponentlar: Bekchanov Xudaybergan O‘rinovich, biologiya fanlari doktori, professor; Shermatov Malikjon Raxmatjonovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi sharoitida tarqalgan Miridae oilasiga mansub qandalalarning zamonaviy holatini baholash, bioekologik hususiyatlarini asoslash hamda zararli turlari sonini boshqarishga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Farg‘ona vodiysi Miridae oilasi qandalalari faunasining zamonaviy holati tahlil qilinib, 5 kenja oila 9 triba 27 avlodga mansub 49 turi aniqlangan; 
Farg‘ona vodiysining turli hududlarida Miridae oilasiga mansub qandalalarning 4 ta turi - Orthocephalus coreaceus, Globiceps flavomaculatus, Asciodema obsoleta, Chlamydatus wilkinsoni O‘zbekiston faunasi uchun ilk bor qayd etilib, 13 ta turi esa, hudud uchun birinchi bor aniqlangan;
Deraeocoris, Adelphocoris, Notostira va Stenodema avlodlariga mansub 8 ta turning mtDNK ni COI sohasiga tegishli nuklotidlar ketma-ketligi molekulyar-genetik tasniflangan va morfologik xulosalari tasdiqlanib, filogenetik aloqalari ochib berilgan;
Miridae oilasiga mansub qandalalarning ozuqa spektri va biotsenotik aloqalari ochib berilgan, oziqlanishiga ko‘ra, fitofaglar 35 turni va zoofitofaglar 14 ta turni tashkil etishi aniqlangan;
Farg‘ona vodiysi Miridae oilasiga mansub qandalalarning hayotiy shakllari asoslangan va landshaftlararo hamda zoogeografik tarqalishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysi sharoitida tarqalgan qandalalar (Heteroptera:Miridae) faunasi va asosiy turlarining bioekologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida: 
Farg‘ona vodiysi hududi uchun yangi bo‘lgan Heteroptera turkumiga mansub 7 oila, 32 avlod 42 turga mansub qandalalar namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan “Zoologiya kolleksiyasi” noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2023 yil 6 oktyabrdagi 4/1255-2199-son ma’lumotnomasi). Natijada, namunalar Heteroptera turkumi qandalalar fondini boyitgan, turlar xilma-xilligini aniqlash va turlarni sistematik tahlil qilish imkonini bergan;
Miridae oilasi qandala turlarining mtDNK (COI) sohasi nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha olingan ma’lumotlar Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) ning 2024 yil 29 apreldagi ma’lumotnomasi). Natijada, Stenodema laevigata -  OR708643, S. calcarata -  OR708642, Notostira erratica - OR708641,  N. elongata - OR708640, Deraeocoris serenus - OR708637,  D. punctulatus - OR708636,  Adelphocoris seticornis - OR188717  va A. lineolatus - OR188706 turlari uchun identifikatsiya raqamlari olingan va ular xalqaro miqyosda turlarni aniqlash va filogeniyasini o‘rganish imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish