Shapaotov Ruziboy Qurbonmurod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shimoli-sharqiy O‘zbekiston Rhipicephalus (Ixodidae) avlodi kanalarining faunasi va ekologik xususiyatlari», 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/B886.
Ilmiy rahbar: Mirzaeva Adolat Usmonboevna, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zoologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.B.52.01.
Rasmiy opponentlar: Shakarboev Erkinjon Berdiqulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Bobonazarov G‘appar Yadgarovich, biologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Rhipicephalus avlodi kanalarining faunasi va “parazit – xo‘jayin” tizimining shakllanishida ekologik omillarning ta’siri hamda ular sonini boshqarish choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonning Shimoli-sharqiy hududida Rhipicephalus avlodi kanalarining zamonaviy tur tarkibi tahlil qilinib, 7 ta turi - Rhipicephalus sanguineus (Latreille, 1806), R. turanicus Pomerantzev, 1940, R. rossicus Yakimov & Kol-Yakimova, 1911, R. pumilio Schulze, 1935, R. bursa Canestrini & Fanzago, 1878, R. annulatus (Say, 1821), R. schulzei Olenev, 1929 aniqlangan;
Shimoli-sharqiy O‘zbekiston faunasi uchun Rhipicephalus rossicus Yakimov & Kol-Yakimova, 1911 va Rhipicephalus schulzei Olenev, 1929 kana turlari ilk bor aniqlangan;
Rhipicephalus kanalari “parazit – ho‘jayin” tizimining shakllanishida abiotik va biotik omillarning ta’sir xususiyatlari ochib berilgan;
Rhipicephalus avlodi kanalarining mavsumiy dinamikasi turlar kesimida ochib berilgan;
Shimoli-sharqiy O‘zbekiston hududi qishloq xo‘jaligi va yovvoyi hayvonlarining Rhipicephalus avlodi kanalari bilan zararlanish ko‘rsatkichi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shimoli-sharqiy O‘zbekiston Rhipicephalus (Ixodidae) avlodi kanalarining faunasi va ekologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekistonning Shimoli-sharqiy hududidagi qishloq xo‘jaligi va yovvoyi hayvonlarda parazitlik qiluvchi 6 tur kanalarni mDNK sining 16S rRNK sohasi nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlar Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) bazasiga (https://www.ncbi.nlm.nih.gov) joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazining 2024 yil 24 martdagi ma’lumotnomasi). Natijada, Rhipicephalus sanguineus - (PQ200690), Rhipicephalus turanicus - (PQ238753), Rhipicephalus rossicus - (PQ238798), Rhipicephalus pumilio - (PQ238856), Rhipicephalus bursa - (PQ238874), Rhipicephalus annulatus - (PQ238903) turlarining identifikatsiya raqamlari olingan hamda ular xalqaro miqyosda turlarni aniqlash va filogeniyasini o‘rganish imkonini bergan;
chorva hayvonlarida parazitlik qiluvchi kanalarga qarshi kurashda “Achchik bodom” va “Bodomcha” o‘simliklaridan ajratib olingan spirtli ekstraktini qo‘llash yuzasidan ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi faoliyati amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2024 yil 7 fevraldagi 283-son ma’lumotnomasi). Natijada, chorva hayvonlarini (qoramol, qo‘y, echki) qon so‘ruvchi kanalar bilan zararlanishining oldini olish imkonini bergan.