Saburov Ilhom Komilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yallig‘lanishga qarshi nosteroid preparatlarni ishlab chiqarishdagi uskunalar tozaligini baholash va validatsiyalash», 15.00.02 – Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Far92.
Ilmiy rahbar: Yunusxodjaeva Nodira Abdulxamitovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Zakirdjan Abidovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Jalilov Fazliddin Sodiqovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» Davlat muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yallig‘lanishga qarshi nosteroid dori moddalarini yot modda sifatida MASO miqdorlarda tahlil qila oladigan, ilmiy asoslangan, zamonaviy tahlil uslublarini ishlab chiqish va validatsiyalash, hamda ularni ishlab chiqarish uskunalari tozaligini baholashda tavsiya etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalarining in’eksion shakllari uchun terapevtik dozalar, ishlab chiqarish hajmlari va toksikologik ko‘rsatkichlariga asosan MASO miqdorlari aniqlangan;
birinchi marta ketorolak trometamin, ketoprofen, diklofenak natriy, meloksikam va deksketoprofen moddalari uchun ularni yot modda sifatida tahlil qilish imkonini beruvchi xususiy va sezgirligi yuqori YuSSX tahlil uslublari ishlab chiqilgan;
tenoksikam moddasini undan keyin ishlab chiqarilgan dori preparatlari tarkibida yot modda sifatida aniqlash imkonini beruvchi takomillashtirilgan SF tahlil uslubi ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan tahlil uslublari ICH Q2(R1) «Validation of Analytical Procedures: Text and Methodology» talablari asosida validatsiya qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yallig‘lanishga qarshi nosteroid preparatlarni ishlab chiqarishdagi uskunalar tozaligini baholash va validatsiyalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Atoksa» in’eksiya uchun liofillangan kukun uchun korxona farmakopeya maqolasi O‘zR SSV «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» Davlat muassasasi tomonidan tasdiqlangan (KFM 42 Uz-23433983-4988-2024) ) va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (guvohnoma, № DV/M 04158/06/22). Ushbu me’yoriy hujjatning tasdiqlanishi tenoksikam moddasini saqlagan ushbu dori vositasining yuqori sifatini ta’minlash imkonini bergan;
«Farmatsevtika korxonalarida tozalash jarayonlari validatsiyasini o‘tkazish» uslubiy tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan (15.01.2025 y., №11/65). Natijada, ishlab chiqaruvchi korxonalar va farmatsevtika institutlari uchun tozalash jarayoni validatsiyasini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyanoma bo‘lish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish