Rasulov Oybek Xoldarali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy bo‘r va ammoniy sul`fati qo‘shimchali ohakli-ammiakli selitra olish texnologiyasi», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4831.
Ilmiy rahbar: Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02./05.05.2023.K/T.35.02.
Rasmiy opponentlar: Kucharov Baxrom Xayrievich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Sherqo‘ziev Doniyor Shermamatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ammiakli selitra suyuqlanmasi, mahalliy bo‘r va ammoniy sul`fat asosida ohakli-ammiakli selitra olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maydalangan bo‘r va ammoniy sul`fatining fizik-mexanik xossalarini aniqlash asosida ularni selitraga modifikator sifatida qo‘llashga yaroqliligi isbotlangan;
NH4NO3 : SaSO3 = 100 : (2-58) nisbatida olingan mahsulotlarda 0,28% MgO qo‘shimchali AS bilan solishtirilganda donalar mustahkamligining oshishi 1,7 dan 5,5 gacha va yopishqoqligi, g‘ovakligi hamda dizel` moyini shimishining mos ravishda 1,6 dan 5,02 gacha; 1,04 dan 1,87 gacha, 1,20 dan 2,31 gacha kamayishi aniqlangan;
donadorlash jarayonida karbonat-nitratli suyuqlanmaning kristallanish harorati 164 dan 151,6⁰S gacha keskin pasayishini faqatgina, (NH4)2SO4 qo‘shish orqali olidini olish mumkinligi isbotlangan;
AS suyuqlanmasiga bo‘r uni va ammoniy sul`fatini qo‘shish orqali yopishqoqligi bo‘lmagan va termik stabillashgan oltingugurtli OAS olish jarayonlari aniqlangan;
AS suyuqlanmasiga nisbatan tarkib va xossalar (donalar mustahkamligi, yopishqoqligi, g‘ovakligi, dizel` moyini shimishi) o‘zgarishining SaSO3 va (NH4)2SO4 massa ulushiga bog‘liqligi aniqlangan;
dastlabki komponentlar va qo‘shimchalar miqdori maqbul og‘irlik nisbatlarda ma’lum tarkib va xossalarga ega bo‘lgan yopishqoqligi bo‘lmagan va termik barqarorlashgan AS olish jarayonlari asoslangan;
oltingugurtli OAS ning dastlabki parchalanish harorati mahsulotda (258⁰S), toza ammiakli selitraga (211⁰S) nisbatan 47⁰S gacha oshganligi isbotlangan;
AS suyuqlanmasi, mahalliy bo‘r asosida modifikatsiyalangan AS hamda ammiakli selitra suyuqlanmasi, bo‘r va ammoniy sul`fati asosida OAS olishning samarali texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ammoniy nitrat suyuqlanmasi, mahalliy bo‘r va ammoniy sul`fati asosida ohakli-ammiakli selitra olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy bo‘r qo‘shimchali modifikatsiyalangan AS olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJning «2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2024 yil 26 noyabrdagi 133-son ma’lumotnomasi). Natijada, ammiakli selitraga qaraganda yaxshi fizik-kimyoviy va tovar xossalarga ega donador ohakli-ammiakli selitrasining tajriba partiyalarini ishlab chiqarish imkonini beradi;
ammiakli selitra suyuqlanmasi, ammoniy sul`fat va bo‘r uni asosida oltingugurt tutgan ohakli-ammiakli selitra olishning ishlab chiqilgan texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJning «2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2024 yil 26 noyabrdagi 133-son ma’lumotnomasi). Natijada, eksportga mo‘ljallangan, raqobatbardosh azotli o‘g‘itlar hajmi va turlarini kengaytirish imkonini beradigan oltingugurt tutgan ohakli-ammiakli selitra olish imkonini beradi.