Nurmatova Shaxnoza Ibrohimovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mustaqil ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7872.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Muhitdinova Nodira Mamalatipovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Juraevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Kenjaeva Muhayyo Abdumurodovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqil ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqil ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligining didaktik imkoniyatlari loyihalashtirish, konstruktiv, tashkiliy, kommunikativ komponentlar uyg‘un elementlarini yaxlit integratsiyalash, o‘zini o‘zi mustaqil rivojlantirish  hamda  shaxsiy va kasbiy sifatlarning didaktik aloqadorligini uzviy  ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
mustaqil ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirish modeli o‘zini-o‘zi faollashtirish tamoyillariga ustuvorlik berish, o‘quv, pedagogik va loyihalashtirish faoliyatini rivojlantirish hamda jarayonli va texnologik funksiyalar va o‘quv jarayonini ketma-ket rejalashtirish, bashorat qilish va muayyan o‘quv sharoitlariga qarab  uyg‘unlashtirish asosida  takomillashtirilgan; 
mustaqil ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi “Vaqt kapitali“ texnologiyasi, “Rotatsiya”, “Yo‘naltiruvchi topshiriq”, “Exspert baholash” metodlarining o‘zaro to‘ldirish imokniyatlarini aniqlash hamda  ta’lim subektlarining o‘zaro ijodiy faol aloqadorligini izchil ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
mustaqil ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligini rivojlantirish samaradorligi reproduktiv mustaqil, produktiv-o‘zgaruvchan, kreativ- mustaqillik darajalarini didaktik tasniflash hamda  mantiqiy-rivojlantiruvchi mashq va topshiriqlarni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqil ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflari asosida:
mustaqil ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligining didaktik imkoniyatlari loyihalashtirish, konstruktiv, tashkiliy, kommunikativ komponentlar uyg‘un elementlarini yaxlit integratsiyalash, o‘zini o‘zi mustaqil rivojlantirish hamda shaxsiy va kasbiy sifatlarning didaktik aloqadorligini uzviy ta’minlash asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Ona tili-o‘qitish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 12-noyabrdagi 11-05-6472/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, mustaqil ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan; 
mustaqil ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirish modeli o‘zini-o‘zi faollashtirish tamoyillariga ustuvorlik berish, o‘quv, pedagogik va loyihalashtirish faoliyatini rivojlantirish hamda jarayonli va texnologik funksiyalar va o‘quv jarayonini ketma-ket rejalashtirish, bashorat qilish va muayyan o‘quv sharoitlariga qarab uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ona tili- o‘qitish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 12-noyabrdagi 11-05-6472/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, mustaqil ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirish darajasining oshirilishiga sharoit yaratilgan;
mustaqil ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi “Vaqt kapitali“ texnologiyasi, “Rotatsiya”, “Yo‘naltiruvchi topshiriq”, “Exspert baholash” metodlarining o‘zaro to‘ldirish imkoniyatlarini aniqlash hamda ta’lim subektlarining o‘zaro ijodiy faol aloqadorligini izchil ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ona tili- o‘qitish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 12-noyabrdagi 11-05-6472/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, mustaqil ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirishga yo‘naltirilgan texnologiyalarni takomillashtirish ko‘lami kengaytirilgan;
mustaqil ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligini rivojlantirish samaradorligi reproduktiv mustaqil, produktiv-o‘zgaruvchan, kreativ- mustaqillik darajalarini didaktik tasniflash hamda mantiqiy-rivojlantiruvchi mashq va topshiriqlarni kiritish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ona tili- o‘qitish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 12-noyabrdagi 11-05-6472/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, mustaqil ta’lim asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligining takomillashganligini baholash samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish