Safarova Mohidil Axmadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy malakalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7531.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Kenjaeva Muxayyo, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy malakalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy malakalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari ta’lim paradigmasi kontekstida intuitiv layoqat va qobiliyatlarni qiyosiy tavsiflash, subektiv va obektiv omillarni mazmunan tahlil qilish, faol-ijodiy muhitning ahamiyatini yoritish hamda mantiqiy-mazmunli va modulli bosqichlarning didaktik yaxlitligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy malakalarini rivojlantirish texnologiyalari muammoli masalalar echimlarining variativligini ta’minlashga barqaror ustuvorlik berish, ta’limiy maqsadlarga mos ravishda podcast, vodcast, pre-vodkasting materiallaridan foydalanish hamda tashqi va ichki motivlar integratsiyasining amaliy natijadorligini oshirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy malakalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish modeli klasterli va tizimli yondashuvga ko‘ra didaktik shart-sharoitlarini asoslash, muammoli ta’lim texnologiyalari va Flipped Class texnologiyasini amalda qo‘llash natijadorligini oshirishga dinamik ustuvorlik berish hamda subektlar individualligini hisobga olish, guruhlarda ishlashning maqbulligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy malakalarini rivojlantirish samaradorligi kognitiv, motivatsion, refleksiv mezonlarining ma’lumotlar bilan ishlash, kognitiv mustaqillik, ijobiy munosabat, shaxsiy fazilatlar muvofiqligi, faol izlanuvchanlik, ongli qaror qabul qilishga tayyorlik, o‘z-o‘zini rivojlantirish ko‘rsatkichlarini tahliliy aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy malakalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy malakalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari ta’lim paradigmasi kontekstida intuitiv layoqat va qobiliyatlarni qiyosiy tavsiflash, subektiv va obektiv omillarni mazmunan tahlil qilish, faol-ijodiy muhitning ahamiyatini yoritish hamda mantiqiy-mazmunli va modulli bosqichlarning didaktik yaxlitligini ta’minlash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Ona tili o‘qitish metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7577/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy malakalarini rivojlantirish imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy malakalarini rivojlantirish texnologiyalari muammoli masalalar echimlarining variativligini ta’minlashga barqaror ustuvorlik berish, ta’limiy maqsadlarga mos ravishda podcast, vodcast, pre-vodkasting materiallaridan foydalanish hamda tashqi va ichki motivlar integratsiyasining amaliy natijadorligini oshirish asosida takomillashtirishga oid takliflar Ona tili o‘qitish metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7577/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy malakalarini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy malakalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish modeli klasterli va tizimli yondashuvga ko‘ra didaktik shart-sharoitlarini asoslash, muammoli ta’lim texnologiyalari va Flipped Class texnologiyasini amalda qo‘llash natijadorligini oshirishga dinamik ustuvorlik berish hamda subektlar individualligini hisobga olish, guruhlarda ishlashning maqbulligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar Ona tili o‘qitish metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7577/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy malakalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish modelini takomillashtirish mazmuni boyitilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy malakalarini rivojlantirish samaradorligi kognitiv, motivatsion, refleksiv mezonlarining ma’lumotlar bilan ishlash, kognitiv mustaqillik, ijobiy munosabat, shaxsiy fazilatlar muvofiqligi, faol izlanuvchanlik, ongli qaror qabul qilishga tayyorlik, o‘z-o‘zini rivojlantirish ko‘rsatkichlarini tahliliy aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar Ona tili o‘qitish metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7577/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy malakalarini rivojlantirish samaradorligini takomillashtirishga erishilgan.