Xazratqulova Dilfuza Xamroqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talabalarda oilaviy kelishmovchiliklarni bartaraf etishning ijtimoiy-psixologik jihatlari»,19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/P56.
Ilmiy rahbar: Sharapova Saboxat Jabbarovna, psixologiya fanlar doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baxriddin Mengboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Bilolova Zamira Baxtiyarovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarda oilaviy kelishmovchiliklarni bartaraf etishning ijtimoiy-psixologik jihatlarini o‘rganish asosida zaruriy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oilaviy kelishmovchiliklarni bartaraf etishning ijtimoiy psixologik jihatlari er-xotinning farzand tarbiyasi va dunyoqarashdagi tafovutlarini psixologik etuklikni shakllantirish orqali barqarorlashuvi tufayli talabalarning oilaviy hayotga tayyorligi bilan bog‘liq holda namoyon bo‘lishi asoslangan.
talabalardagi oilaviy kelishmovchiliklarning kelib chiqishi bilan bog‘liq aybdorlik hissini namoyon bo'lishida ayollardagi o‘zaro rashkning kuchliligi, erkaklardagi avtonomiyaga intilish, oilaviy rollarni taqsimlanishidagi buzilishlar vaziyatli super ego blokinglarni kuchaytirganligi tufayli gender farqlarning mavjudligi isbotlangan.
oilali talabalarning ziddiyatli vaziyatlardagi er-xotin munosabatlarida turmush o‘rtoqlardan birining hukmronllikka intilish xulq-atvor me’yorlarining nomuvofiqligiga va «farzand tarbiyasiga» noturg‘un yondashuvni shakllanishiga olib kelganligi tufayli «er-xotin o‘rtasidagi rollarni taqsimlanishidagi buzilishlar» ustuvor ijtimoiy omil ekanligi dalillangan.
talabalarda oilaviy kelishmovchiliklarni bartaraf etishning psixologik tuzilmasi shaxslararo munosabatlarda axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash uchun tafakkur operatsiyalari, burch, o‘zaro hurmat bilan bog‘liq hissiy va oilaviy qadriyatlarning rivojlanganligi muhimligi tufayli «bilish», «motiv», «iroda» komponentiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Talabalarda oilaviy kelishmovchiliklarni bartaraf etishning ijtimoiy - psixologik jihatlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
oilaviy kelishmovchiliklarni bartaraf etishning ijtimoiy psixologik jihatlari er-xotinning farzand tarbiyasi va dunyoqarashdagi tafovutlarini psixologik etuklikni shakllantirish orqali barqarorlashuvi tufayli talabalarning oilaviy hayotga tayyorligi bilan bog‘liq holda namoyon bo‘lishi asoslangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM 296- son ilmiy metodik Kengash bayonnomasiga asosan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM 296- son ilmiy metodik Kengash bayonnomasi). Natijada er-xotinning farzand tarbiyasi va dunyoqarashdagi tafovutlarini shakllantirish orqali barqarorlashuvi tufayli talabalarning oilaviy hayotga tayyorligi bilan bog‘liq holda namoyon bo‘lishini tadqiq etish imkoniyati yaratilgan.
talabalardagi oilaviy kelishmovchiliklarning kelib chiqishi bilan bog‘liq aybdorlik hissini namoyon bo'lishida ayollardagi o‘zaro rashkning kuchliligi, erkaklardagi avtonomiyaga intilish, oilaviy rollarni taqsimlanishidagi buzilishlar vaziyatli super ego blokinglarni kuchaytirganligi tufayli gender farqlarning mavjudligi isbotlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM 296- son ilmiy metodik Kengash bayonnomasiga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM 296- son ilmiy metodik Kengash bayonnomasi). Natijada oilaviy kelishmovchiliklarning kelib chiqishi bilan bog‘liq aybdorlik hissini namoyon bo‘lishida ayollardagi rashkning kuchliligi, erkaklardagi avtonomiyaga intilish tufayli gender farqlarning mavjudligini aniqlash imkoniyati yaratilgan.
oilali talabalarning ziddiyatli vaziyatlardagi er-xotin munosabatlarida turmush o‘rtoqlardan birining hukmronllikka intilish xulq-atvor me’yorlarining nomuvofiqligiga va «farzand tarbiyasiga» noturg‘un yondashuvni shakllanishiga olib kelganligi tufayli «er-xotin o‘rtasidagi rollarni taqsimlanishidagi buzilishlar» ustuvor ijtimoiy omil ekanligi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM 296- son ilmiy metodik Kengash bayonnomasiga asosan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM 296- son ilmiy metodik Kengash bayonnomasi). Natijada oilali talabalarning ziddiyatli vaziyatlaridagi «er-xotin o‘rtasidagi rollarni taqsimlanishidagi buzilishlar» ni emperik jihatdan ochib berilgan.
talabalarda oilaviy kelishmovchiliklarni bartaraf etishning psixologik tuzilmasi shaxslararo munosabatlarda axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash uchun tafakkur operatsiyalari, burch, o‘zaro hurmat bilan bog‘liq hissiy va oilaviy qadriyatlarning rivojlanganligi muhimligi tufayli «bilish», «motiv», «iroda» komponentiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM 296- son ilmiy metodik Kengash bayonnomasiga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM 296- son ilmiy metodik Kengash bayonnomasi). Natijada talabalarda oilaviy kelishmovchiliklarni bartaraf etishning psixologik tuzilmasi takomillashtirilgan.