Narzieva Shaxnoza Rustamjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Deviant xulk-atvorli o‘smirlar ijtimoiylashuvining psixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/P403.
Ilmiy rahbar: Elov Ziyodullo Sattorovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baxriddin Mengboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Qodirov Obid Safarovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: deviant xulq-atvorli o‘smirlar ijtimoiylashuvining psixologik xususiyatlari tadqiq qilish asosida zarur taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
deviant xulq-atvorli o‘smirlarda yo‘nalganligi va xulq-atvori ifodasi har doim ularning turmush tarzi, ijtimoiy muhit va tarbiyalanganlik darajasi hamda hayot yo‘llari bilan o‘zaro integratsiyasi tufayli differensial farqlarning mavjudligi asoslangan.
deviant xulqatvorli o‘smirlarning ijtimoiylashuvida o‘zini va boshqalarni qabul qilish, ijobiy hissiyot, internallik, hukmronlikka intilish kabi xususiyatlarining ustivorligi tufayli deviant xulq motivlariga psixokorreksion ta’sir etish usullari asoslangan.
deviant xulq-atvorli o‘smirlarning ijtimoiylashuvi emotsional intellekt va refleksivlik negizida namoyon bo‘lishiga ko‘ra barqaror ijtimoiy-psixologik munosabatlar tizimini shaxslararo, ishki, emotsional intellekt, hissiyotlarni tushunish va uni boshqarish, his-tuyg‘ularning ifodali nazorati, vaziyatli, retrospektiv, perspektiv refleksiya xususiyatlarini shakllanganligiga bog‘liq ravishda anglashning muhimligi tufayli emotsional intellekt va refleksivlik xususiyatlarini uyg‘un holda rivojlantirish orqali ularning ijtimoiy-psixologik moslashishi jarayonini takomillashtirish mumkinligi isbotlangan.
deviant xulq-atvorli o‘smirlar shaxsiga xos bo‘lgan individual-psixologik xususiyatlar bilan nosog‘lom ijtimoiy muhit o‘rtasidagi o‘zaro moslik va ularning bir-birini qo‘llab-quvvatlashi deviant xulq-atvorning kelib shiqishiga sabab bo‘lishi tufayli ijtimoiy, shaxsiy, oilaviy, fiziologik omillarga nasbatan faol ijobiy munosabatni rivojlantirish orqali ijtimoiylashuv moslashishi jarayonini samarali ta’minlash mumkinligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
deviant xulq-atvorli o‘smirlarda yo‘nalganligi va xulq-atvori ifodasi har doim ularning turmush tarzi, ijtimoiy muhit va tarbiyalanganlik darajasi hamda hayot yo‘llari bilan o‘zaro integratsiyasi tufayli differensial farqlarning mavjudligi asoslangan yangilik Toshkent davlat pedagogika universiteti universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 29-yanvardagi PM-PM-306 son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-24-yanvardagi PM-PM-306 a-son ma’lumotnomasi).  Natijada o‘smirlarda deviant xulq-atvorni keltirib shiqaruvshi ijtimoiy, shaxsiy va oilaviy omillarni asoslash imkoniyati yaratilgan. 
deviant xulq-atvorli o‘smirlarning ijtimoiylashuvida o‘zini va boshqalarni qabul qilish, ijobiy hissiyot, internallik, hukmronlikka intilish kabi xususiyatlarning ustuvorligi tufayli deviant xulq motivlariga psixokorreksion ta’sir etish usullari asoslangan yangilik Toshkent davlat pedagogika universiteti universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 29-yanvardagi PM-PM-306 son buyrug‘i bilan “Deviantologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-24-yanvardagi PM-PM-306 a-son ma’lumotnomasi). Natijada deviant xulq-atvorli o‘smirlarning ijtimoiylashuv jarayonlariga ta’sir etuvshi omillarni aniqlash imkoniyati yaratilgan.
deviant xulq-atvorli o‘smirlarning ijtimoiylashuvi emotsional intellekt va refleksivlik negizida namoyon bo‘lishiga ko‘ra barqaror ijtimoiy-psixologik munosabatlar tizimini shaxslararo, ichki, emotsional intellekt, hissiyotlarni  tushunish va uni boshqarish, his-tuyg‘ularning ifodali nazorati, vaziyatli, retrospektiv, perspektiv refleksiya xususiyatlarini shakllanganligiga bog‘liq ravishda anglashning muhimligi tufayli emotsional intellekt va refleksivlik xususiyatlarini uyg‘un holda rivojlantirish orqali ularning ijtimoiy-psixologik moslashishi jarayonini takomillashtirish mumkinligi isbotlangan yangilik Toshkent davlat pedagogika universiteti universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 29-yanvardagi PM-PM-306 son buyrug‘i bilan “Deviantologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-24-yanvardagi PM-PM-306 a-son ma’lumotnomasi). Natijada deviant xulq-atvorning o‘smirlarning ijtimoiy-psixologik moslashuviga ta’sir qiluvchi komponentlari ochib berilgan. 
deviant xulqatvorli o‘smirlar shaxsiga xos bo‘lgan individual-psixologik xususiyatlar bilan nosog‘lom ijtimoiy muhit o‘rtasidagi o‘zaro moslik va ularning bir-birini qo‘llab –quvvatlashi deviant xulq-atvorning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi tufayli ijtimoiy, shaxsiy, oilaviy, fiziologik omillarga nisbatan faol ijobiy munosabatni rivojlantirish orqali ijtimoiylashuv moslashishi jarayoni samarali ta’minlash mumkinligi isbotlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 29-yanvardagi PM-PM-306 son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-24-yanvardagi PM-PM-306 a-son ma’lumotnomasi).  Natijada o‘smirlarda deviant xulq-atvorni korreksiyalash asosida ularning ijtimoiylashuv mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan psixotexnikalar kombinatsiyasi ishlab chiqilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish