Muratova Fotima Normaxmat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talabalik davrida «Talaba pozisiyasi» namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari», 19.00.06 –  Yosh va pedagogic psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi . 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P932.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Dilbar Ubaydullaevna, psixologiya fanlar doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Kamoliddin Botirovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Ubaydullaev Nuriddin Toxir o‘g‘li, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalik davrida «talaba pozisiyasi» namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlarini tadqiq qilish va zaruriy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talaba pozisiyasi shakllanishi diagnostika qilinishiga ko‘ra, o‘z-o‘zini namoyon qilishda vaqtni yo‘naltirish, xulq-atvor va ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘ziga munosabat, kognitiv ehtiyojlarga bog‘liq holda kurslar kesimida farqlar mavjudligi dalillangan;
talabalik pozisiyasi shakllanishida namoyon bo‘ladigan vaqtni taqsimlash, qadriyat yo‘nalishi, o‘zini namoyon qilishdagi spontanlik, kreativlikning rivojlanishi o‘quv motivatsiyasiga bog‘liq tarzda kurslar kesimida tafovutlar bo‘lishi asoslangan;
talaba pozisiyasining darajaviy namoyon bo‘lishiga ko‘ra o‘quv motivatsiyasining talaba o‘z-o‘zini namoyon qilishiga ta’siri tufayli “muloqot”, “qochish”, “obro‘”, “kasbiy”, “ijodiy”, “ta’lim” va “ijtimoiy” motivlarning ta’lim jarayonida “vaqtni yo‘naltirish”, “qo‘llab-quvvatlash”, “xulq-atvor moslashuvchanligi”, “spontanlik”, “o‘zini hurmat qilish va qabul qilish”, “g‘oyalar”, “sinergiya”, “agressiyani qabul qilish”, “aloqa”, “kognitiv ehtiyojlar” va “ijodkorlik” ko‘rsatkichlari bilan ahamiyatli darajada korellyasion bog‘lanishga ega ekanligi isbotlangan;
talabalik davrida «talaba pozisiyasi» namoyon bo‘lishiga ko‘ra ularda maxsus tashkil qilingan rivojlantiruvchi dastur natijasida vaqtni to‘g‘ri yo‘naltirish, xulq-atvor moslashuvchanligi, o‘zini qabul qilish va ijodkorlik darajasi va muloqot, obro‘, ta’lim motivlarini oshirishga erishish isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  
talaba pozisiyasi shakllanishining diagnostika qilinishiga ko‘ra, o‘z-o‘zini namoyon qilishda vaqtni yo‘naltirish, xulq-atvor va ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘ziga munosabat, kognitiv ehtiyojlarga bog‘liq holda kurslar kesimida farqlar mavjudligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 29-yanvardagi PM-313 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. differensial psixologiya» moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 24-yanvardagi PM-313 -a-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba pozisiyasining shakllanishida xulq-atvor va ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘ziga munosabat, kognitiv ehtiyojlarga bog‘liq holda kurslar kesimida farqlarni o‘rganish imkoniyati yaratilgan.
talabalik pozisiyasi shakllanishida namoyon bo‘ladigan vaqtni taqsimlash, qadriyat yo‘nalishi, o‘zini namoyon qilishdagi spontanlik, kreativlikning rivojlanishi o‘quv motivatsiyasiga bog‘liq tarzda kurslar kesimida tafovutlar bo‘lishi asoslangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 29-yanvardagi PM-313 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. differensial psixologiya» moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 24-yanvardagi PM-313 -a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalik pozisiyasi shakllanishida namoyon bo‘ladigan o‘z-o‘zini namoyon qilishda o‘quv motivatsiyasiga bog‘liq tarzda kurslar kesimida tafovutlarni ilmiy tadqiq etish imkoniyati ochib berilgan.
talaba pozisiyasining darajaviy namoyon bo‘lishiga ko‘ra o‘quv motivatsiyasining talaba o‘z-o‘zini namoyon qilishiga ta’siri tufayli “muloqot”, “qochish”, “obro‘”, “kasbiy”, “ijodiy”, “ta’lim” va “ijtimoiy” motivlarning ta’lim jarayonida “vaqtni yo‘naltirish”, “qo‘llab-quvvatlash”, “xulq-atvor moslashuvchanligi”, “spontanlik”, “o‘zini hurmat qilish va qabul qilish”, “g‘oyalar”, “sinergiya”, “agressiyani qabul qilish”, “aloqa”, “kognitiv ehtiyojlar” va “ijodkorlik” ko‘rsatkichlari bilan ahamiyatli darajada korellyasion bog‘lanishga ega ekanligi isbotlangan; Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 29-yanvardagi PM-313 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. differensial psixologiya» moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 24-yanvardagi PM-313 -a-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba pozisiyasining shakllanishida o‘quv motivatsiyasini oshirish, kasbiy va ijodiy jihatdan rivojlantirish, motivatsion tizimni to‘g‘ri yo‘naltirish orqali kognitiv, emotsional va xulq-atvor sohasiga ta’sir ko‘rsatishda psixologik yordamning samarali ekanligini asoslash imkoniyati yaratilgan. 
talabalik davrida “talaba pozisiyasi” namoyon bo‘lishiga ko‘ra ularda maxsus  tashkil qilingan rivojlantiruvchi dastur natijasida vaqtni to‘g‘ri yo‘naltirish, xulq-atvor moslashuvchanligi, o‘zini qabul qilish va ijodkorlik darajasi va muloqot, obro‘, ta’lim motivlarini oshirishga erishish isbotlangan ma’lumotlar “ arali ekanligiga oid Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 29-yanvardagi PM-313 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. differensial psixologiya» moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 24-yanvardagi PM-313 -a-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich kurslarda «talabalik pozisiyasi» ni rivojlantirish maqsadida rivojlantiruvchi dastur ishlab chiqilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish