Ishanova Muxayoxon Muxtarovnaning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarni oilaviy hayotga tayyorlashda sharq allomalari merosidan foydalanish metodikasini takomillashtirsh”, 13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped4775 
Ilmiy rahbar: Azimova Ziyoda Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rstayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Azizbek Abdumalikovich, falsafa fanlari doktori, professor; Dilova Nargiza Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarni oilaviy hayotga tayyorlashda Sharq allomalari merosidan foydalanish metodikasini takomillashtirishga oid ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sharq allomalari merosi vositasida talabalarni oilaviy hayotga tayyorlash mazmuni aksiologik, akmeologik yondashuvga asoslangan o‘z-o‘zini namoyon etish, hissiy-emotsional aloqalarni o‘rnatish, hamkorlik qilish, o‘zaro tenglik, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, tarixiy tajribalardan foydalanish zarurligini dalillovchi jarayon ekanligi aniqlashtirilgan; 
talabalarni oilaviy hayotga tayyorlashda Sharq allomalari merosidan foydalanish jarayoni muloqot madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan motivatsion, evristik, refleksiv bosqichlardagi taklif etilgan interfaol metodlar hamda o‘z-o‘zini anglash, empatiya, muloqotchanlik, madaniy kompetensiya, mentorlik va qo‘llab-quvvatlash strategiyalari uzviyligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarni oilaviy hayotga tayyorlash mazmuni o‘quv jarayonidagi qadriyatli (o‘z kasbida muvaffaqiyatga erishish, oilani baxtli qilish, jamiyatga foyda keltirish) maqsadlar, (halollik, adolat, mehr-oqibat, vatanga muhabbat, bilimga chanqoqlik) me’yorlar, muloqotga asoslangan munosabatlar darajasini belgilash asosida takomillashtirilgan; 
Sharq allomalari merosi vositasida talabalarni oilaviy hayotga tayyorlash metodikasi ajdodlar merosi konsepsiyasiga ustuvorlik berish hamda shaxsning o‘z imkoniyatlari va muloqotchanligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan (mas’uliyat, intizom, mehnatsevarlik, bilimga chanqoqlik) qadriyatli-maqsadli tavsiyalar asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarni oilaviy hayotga tayyorlashda Sharq allomalari merosidan foydalanish metodikasini takomillashtirish asosida:
Sharq allomalari merosi asosida talabalarni oilaviy hayotga tayyorlash aksiologik, akmeologik yondashuvga asoslangan o‘z-o‘zini namoyon etish, hissiy-emotsional aloqalarni o‘rnatish, hamkorlik qilish, o‘zaro tenglik, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, tarixiy tajribalardan foydalanish zarurligini dalillovchi aniq o‘lchamli pedagogik fenomen ekanligini aniqlashtirishga oid tavsiyalar pedagogik ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun “Umumiy pedagogika” o‘quv qo‘llanma mazmunga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 20i24-yil 30-iyuldagi 11-05-3889/01son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarni oilaviy hayotga tayyorlashda Sharq allomalari merosidan foydalanishning nazariy asoslari tarixiy-madaniy modellar, konsepsiyalar, tarixiy-metodologik yondashuvlar vositasida aniqlashtirilgan; 
talabalarni oilaviy hayotga tayyorlashda Sharq allomalari merosidan foydalanish jarayoni muloqot madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan motivatsion, evristik, refleksiv bosqichlardagi taklif etilgan interfaol metodlar hamda o‘z-o‘zini anglash, empatiya, muloqotchanlik, madaniy kompetensiya, mentorlik va qo‘llab-quvvatlash strategiyalari uzviyligini ta’minlash asosida “Umumiy pedagogika” o‘quv qo‘llanmasi mazmuni takomillashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 30-iyuldagi 11-05-3889/01son ma’lumotnomasi). Natijada, Sharq allomalari merosidan foydalanib oilaviy hayotga tayyorlashning mazmuni yangi ma’lumotlar bilan mazmunan boyigan;
Sharq allomalari merosi vositasida talabalarni oilaviy hayotga tayyorlash mazmuni o‘quv jarayonidagi qadriyatli (o‘z kasbida muvaffaqiyatga erishish, oilani baxtli qilish, jamiyatga foyda keltirish) maqsadlar, (halollik, adolat, mehr-oqibat, vatanga muhabbat, bilimga chanqoqlik) me’yorlar, muloqotga asoslangan munosabatlarni rivojlanganlik darajasini belgilash asosida takomillashtirilgan tasiyalar tadqiqot jarayonida amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 30-iyuldagi 11-05-3889/01son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy pedagogik ta’lim jarayoni Sharq mutafakkirlarining pedagogik merosini qo‘llash asosida takomillashtirilgan; 
talabalarni oilaviy hayotga tayyorlashda Sharq allomalari merosidan foydalanish metodikasi tarixiy va zamonaviy yondashuvlarni integratsiyalash, ajdodlar merosi konsepsiyasiga ustuvorlik berish, shaxsning o‘z imkoniyatlari va muloqotchanlik kompetensiyalarinin rivojlantirishga yo‘naltirilgan (mas’uliyat, intizom, mehnatsevarlik, bilimga chanqoqlik) qadriyatli-maqsadli metodik tavsiyalar takomillashtirilgan va amaliyotga taqbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 30-iyuldagi 11-05-3889/01son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni shaxslararo munosabatlarga tayyorlash tizimi nazariy jihatdan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish