Yusupov Nuriddin Xasanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yumshoq bug‘doyning (Triticum aestivum L.) issiqlikka va suvsizlikka chidamli, mahsuldorlik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan navlarini yaratish”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Qx300.
Ilmiy rahbar: Baboev Saidmurat Kimsanboevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Lalmikor dexqonchilik ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/08.05.2024.Qx.42.02.
Rasmiy opponentlar: Ziyadullaev Zoxidjon Fayzullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Alikulov Safar Menglikulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Qarshieva Umida Shukurovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sug‘oriladigan maydonlar uchun yumshoq bug‘doyning issiqlikka, qurg‘oqchilikka, kasalliklarga chidamli qimmatli-xo‘jalik belgilari bo‘yicha yuqori mahsuldorlikka ega bo‘lgan yangi navlarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor turli ekologik tipdagi yumshoq bug‘doyning introduksiya qilingan jahon kolleksiyasi nav namunalari morfologik, biologik va qimmatli-xo‘jalik belgi va xususiyatlarini aniqlanib, tashqi muhit noqulay omillariga (issiqlikka, qurg‘oqchilikka, kasalliklarga) chidamli bo‘lgan namunalar boshlang‘ich manba sifatida tanlab olingan;
umumiy don xosildorligiga eng katta xissa qo‘shuvchi struktura elementlari bir boshoqdagi don soni (r=0,58) va vazni (r=0,60) ekanligi, eng yuqori korrelyasion bog‘liqlik bir boshoqdagi don soni va vazni orasida (r=0,86) bo‘lib, eng past ko‘rsatkich 1000 dona don vazni bilan boshoqchalar soni (r=0,02) ga teng ekanligi aniqlangan;
issiqlikka chidamliligi bo‘yicha tanlab olingan namunalarda bayroq bargning egilish burchagi 150 - 300 ni tashkil etishi va issiqlikka chidamli navlarning vertikal tik o‘suvchi bayroq barglarga ega ekanligi aniqlangan;
bir boshoqdagi don soni, 1000 dona don vazni belgilari dominant va oraliq xolda, F1 bo‘g‘inda boshoq uzunligi ko‘rsatkichlari dominant holda ba’zi kombinatsiyalarda salbiy geterozis holida irsiylanishi va bu F2 bo‘g‘inda o‘ng tomonlama transgressiyaga ega bo‘lgan shakllarni ajralib chiqishini ta’minlashi aniqlangan;
kuzgi yumshoq bug‘doyning geografik uzoq shakllarini tur ichidagi duragaylash usuli bilan olingan duragay avlodlarida (F1-F3) mahsuldorlik belgilari birinchi avlodda oraliq va dominant xolda irsiylanishi, ikkinchi avlodda o‘ng tomonlama transgressiya ega bo‘lgan shakllar aniqlangan;
yumshoq bug‘doyning duragaylarining F1-F3 avlodlarida mahsuldorlik belgilarining irsiylanishi, o‘zgaruvchanligi, shakllanishi va miqdoriy belgilardan bir boshoqdagi don soni (r=0,58) va vazni (r=0,62), 1000 dona don vazni bilan (r=0,412), umumiy xosildorlik bilan ijobiy korrelyativ bog‘liqlik mavjudligi va bu tanlovlar samarali bo‘lishini ta’minlashi isbotlangan;
oddiy chatishtirishlar asosida duragay kombinatsiyalarning F1-F3 bo‘g‘inlarida qimmatli xo‘jalik belgilariga ega duragay populyasiyalari ichidan issiqlikka va suvsizlikka bardoshli hosildor yangi tizmalar tanlab olingan, “Muzbuloq” va “Sanzar-40” navlari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘oriladigan maydonlarda yumshoq bug‘doyning issiqlikka, qurg‘oqchilikka, kasalliklarga chidamli yuqori mahsuldorlikka ega bo‘lgan navlarini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
kuzgi yumshoq bug‘doyning issiqlikka, qurg‘oqchilikka, kasalliklarga chidamli chidamli “Muzbuloq” navi yaratilgan hamda Lalmikor dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti tajriba xo‘jaligida birlamchi urug‘chiligi yo‘lga qo‘yilib, 1,5 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 8 oktyabrdagi 05/05-02/866-son ma’lumotnomasi). Natijada, yumshoq bug‘doyning “Zamin-1” naviga nisbatan gektariga 10,8-14,3 sentnergacha yuqori sifatli urug‘lik tayyorlash imkonini bergan;
kuzgi yumshoq bug‘doyning issiqlikka, sho‘rga, qurg‘oqchilikka, kasalliklarga chidamli, don sifati, hosildorligi yuqori bo‘lgan “Sanzar-40” navi yaratilgan hamda Lalmikor dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti tajriba xo‘jaligida birlamchi urug‘chiligi yo‘lga qo‘yilib, 1,0 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 8 oktyabrdagi № 05/05-02/866-son ma’lumotnomasi). Natijada, navning ekin maydonini kengaytirish maqsadida etarli miqdorda yakka tanlov va oilaviy terim namunalari urug‘ligi tayyorlangan;
yumshoq bug‘doyning “Sanzar-40” navi Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi “Zafarobod ishonchi” fermer xo‘jaligida 24 gektar, “Toshtemir ota” fermer xo‘jaligida 18 gektar, Do‘stlik tumanidagi “Kanan bobo” fermer xo‘jaligida 20 gektar, jami 62,0 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 8 oktyabrdagi № 05/05-02/866-son ma’lumotnomasi). Natijada, yumshoq bug‘doyning “Do‘stlik” naviga nisbatan 8,5-11,4 s/ga qo‘shimcha hosil olinib, rentabellik darajasi 34,7-36,5 foizni tashkil etishiga imkon bergan;
yumshoq bug‘doyning “Muzbuloq” va “Sanzar-40” navlarining original urug‘lari O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti kolleksiya genofondiga topshirilgan va amaliy seleksiyada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 8 oktyabrdagi № 05/05-02/866-son ma’lumotnomasi). Natijada, bug‘doyning kolleksiya genofondi mahalliy tuproq-iqlim sharoitlariga mos, issiqlikka, sho‘rga, qurg‘oqchilikka chidamli yuqori mahsuldorlikka ega yangi navlari bilan boyitilgan va yangi manbalar yaratish imkonini bergan.