Xushmurodov Jobir Panjievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘oriladigan tuproqlarning agroekologik holati, mosh va loviya ekinlarida og‘ir metallarning akkumulyasiyasi (Nurobod tumani tuproqlari misolida)”, 06.01.04 – Agrokimyo (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Qx1251
Ilmiy rahbar: Karimov Xusniddin Nagimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, DSc.25/30.12.2019.Qx/V.43.01.
Rasmiy opponentlar: Sanaqulov Akmal Lapasovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Karimberdieva Amina Azimovna, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Sh.Rashidov nomli Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida mosh va loviya ekinlarining qismlari toksik elementlarning tuproqdan o‘zlashtirish miqdorlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida mikroelementlarning va og‘ir metallarning ko‘p mobilizatsiyalanishi sho‘rlanish ximizimiga, tipiga, zaharli tuzlar zahirasiga bog‘liqligi asoslangan;
loviya va mosh ekinlari qismlarida toksik elementlarning o‘zlashtirish qatori (Cr, Ni, Cd, Co, Pb, Cu, Zn element ionlari ildiz→poya→barg→don) aniqlangan;
og‘ir metallarning va mikroelementlarning ruxsat etilgan meyordan yuqori bo‘lishi mosh va loviya ekining unuvchanligiga 5-7 kunga salbiy ta’sir etishi aniqlangan;
loviya va mosh ekinlari tuproqdan ionlarning REM dan 5 barobardan yuqori bo‘lganda Cu elementining akkumulyasiya qilinishi Co, Pb, Cd elementlariga nisbatan yuqori bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘oriladigan och-tusli bo‘z tuproqlarning agroekologik holati, mosh va loviya ekinlarida og‘ir metallarning akkumulyasiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Nurobod tumani «Sirojiddin dalasidagi chorva» fermer xo‘jaligi maydoni tuproqlarining 1 metrli qatlamdagi mis, qo‘rg‘oshin, kadmiy hamda xrom elementlarini o‘rtacha miqdorini aks ettiruvchi 1:5000 masshtabli ekologik kartasi fermer xo‘jaligining 96,2 ga maydonida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jalik vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi 05/05-02-862-son ma’lumotnomasi). Natijada, fermer xo‘jaligining sug‘oriladigan tuproqlarini toksikantlar bilan ifloslanish holatiga ko‘ra kimyoviy elementlarni kam akkumulyasiya qiluvchi o‘simliklarni tanlab ekish hamda tuproqlarning ifloslanishini oldini olishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazilishga imkon bergan;
Nurobod tumani «Sirojiddin dalasidagi chorva» fermer xo‘jaligining 1:5000 masshtabli agroximkartogrammalari fermer xo‘jaligining 96,2 gektar maydoniga amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jalik vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi 05/05-02-862-son ma’lumotnomasi). Natijada, fermer xo‘jaligining sug‘oriladigan och-tusli bo‘z tuproqlari gumus va oziqa elementlari bilan ta’minlanganlik darajasiga bog‘liq holda o‘g‘itlarni maqbul me’yor va muddatlarda qo‘llash orqali tuproqlarni agrokimyoviy holatini yaxshilash imkonini bergan.