Axmedov Shuxrat Kurvondurdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Baqlajonni (Solanum melongena L.) turli usullarda quritish texnologiyasini takomillashtirish”, 06.01.11 – Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Qx1557.
Ilmiy rahbar: Islomov Soxib Yaxshibekovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Muminov Najmiddin Shamsiddinovich, texnika fanlari doktori, professor; Usmanova Kamola Abdujabbarovna, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Baqlajonni turli nav va duragaylari xomashyosini tabiiy sharoitda turli usullarda quritish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor baqlajonni turli xil nav va duragaylarini quritish uskunasida quritilganda tayyor mahsulot chiqish miqdori 10 kg xomashyodan “Avrora” navida 0,95 kg, Anet F1 duragayida 0,97 kg, Barselona F1 duragayida 1,2 kg tayyor quritilgan mahsulot olinishi aniqlangan;
tabiiy sharoit va quritish uskunasida quritilgan turli xil o‘lchamdagi baqlajon mahsulotlari organoleptik baholanganda tayyor mahsulotlarni tashqi ko‘rinishi, rangi, mazasi, xushbo‘yligi va tovarboplik ko‘rsatkichlari bo‘yicha Zamin F1 duragayi, Pantera F1 duragayi va Barselona F1 yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan duragayilari tanlab olingan;
quritish uchun tayyorlangan baqlajon bo‘laklariga K2S2O5 kaliy metan-bisulfitning 2 % ishchi eritmasida ishlov berilib, quritilganda nazoratga nisbatan 0,8-0,9 kg ko‘p mahsulot olinishi isbotlangan;
baqlajon xomashyosiga K2S2O5 kaliy metan-bisulfitning (2%) ishchi eritmasida ishlov berilganda quruq mahsulot tarkibidagi qoldiq namlik standartga mos ravishda Surxon go‘zali navida 17,1 %, Anet F1 da 17,7 %, Zamin F1 duragayida 17,5 %, Pantera F1 duragayida 17,6 % bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Baqlajonning nav va duragaylarini quritishda tayyor mahsulot chiqishiga turli omillar ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
baqlajonning nav va duragaylari xom-ashyosini quritish ishlanmasi Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani hududidagi “Fayzulla bog‘bon” fermer xo‘jaligi er maydonida etishtirilgan baqlajonnig Avrora navi va Anet F1 duragayi hosilidan 4 tonna xomashyo quritish uchun tayyorlanib, ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining 18.03.2025 yil. 18-28/03-25 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Avrora navidan 3 mln 700 ming so‘m, Anet F1 duragayidan esa 3 mln 900 ming so‘m sof foyda olingan. Rentabellik darajasi esa Avrora navidan 63,7 %, Anet F1 duragayida esa 67,2 % ni tashkil etgan.
Baqlajonning nav va duragaylari xomashyosini quritish ishlanmasi Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani hududidagi “Komiljon bog‘bon” fermer xo‘jaligi er maydonida etishtirilgan Avrora navi va Anet F1 duragayi va Barselona F1 duragayi hosilining har biridan 1 tonnadan jami 3 tonna xom-ashyo quritish uchun tayyorlanib, ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining 18.03.2025 yil. 8-28/03-25 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Avrora navidan 925 ming so‘m, Anet F1 duragayidan esa 975 ming so‘m Barselona F1 duragayidan esa 1 mln 100 ming so‘m sof foyda olishga erishilgan. Rentabellik darajasi esa Avrora navidan 63,7 %, Anet F1 duragayida 67,2 %, Barselona F1 duragayida esa 75,8 % ni tashkil etgan.
Baqlajonning nav va duragaylari xom-ashyosini quritish ishlanmasi Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani hududidagi “Baxrombek” fermer xo‘jaligi er maydonida etishtirilgan baqlajonning Avrora navi va Anet F1 duragayi hosilidan 6 tonna xomashyo quritish uchun tayyorlanib, ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining 18.03.2025 yil. 18-28/03-25 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Avrora navidan 2 mln 775 ming so‘m, Barselona F1 duragayidan esa 3 mln 300 ming so‘m sof foyda olingan. Rentabellik darajasi esa Avrora navidan 63,7 %, Barselona F1  duragayidan  75,8 % ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish